3-Mavzu: O`rta podsholik davrida Misr davlati. Rеja


Download 36.67 Kb.
bet2/12
Sana02.04.2023
Hajmi36.67 Kb.
#1320689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Mavzu Orta podsholik davrida Misr davlati

Gеraklеоpоl kuchayishi. Geraleopol va Fiva O’rtasidagi kurash. Bu shaharlar geografik jixatdan qulay yerga joylashganliklari uchun ham mamlakatning iqtisodiy hayotida katta o’rin tutgan. Gerakleopol delta bilan vodiy o’rtasiga joylashgan bo’lib, territoriyasi butun Fayum voxasini o’z ichiga olgan. Gerakleopol anchagina katta pasttekislikdan iborat bo’lib, tuprog’i unumli va Nildan ichadigan suvi serob bo’lgan. Fayum voxasida kattakon ko’l bo’lib, kat­ta toshqinlar vaqtida unda juda ko’p suv to’planib qoladigan bo’lgan. Mana shu sharoitlar tufayli bu yerdagi axolining bemalol dehqonchilik qilishi mumkin bo’lgan. Bundan tashqari, Gerakleopol savdo yo’llari tutashgan yerga joy­lashgan bo’lib, u savdo yo’llari deltani vodiy bilan hamda Misrni G’arbdagi voxxalar bilan va Sinay yarim oroli bilan tutashtirgan. SHunday qilib, Gerakleopol nomining xokimlari Misrni o’z qo’ ostlarida birlashtirish maqsadida kurash boshlab yuborish uchun hamma imkoniyatlarga ega bo’lganlar. Misrning janubiy markazi Fiva shaxri ham geografik jixatdan qulay yerga joylashgan edi. Bu yer ham shimoldagi singari muxim savdo yo’llarining tutashgan joyi bo’lgan, bu savdo yo’llari Fivani Nubiyaning eng muxim viloyatlari bilan birlashtirib, Nubiyadan Fivaga doim oltin, fil suyagi va qullar keltirilib turgan. Fivadan yana boshqa bir muxim savdo yo’li o’tgan, bu yo’l Misrni Qizil dengiz qirg’oqlari bilan bog’lagan. Misrliklar bu yerdan Qizil deygiz bilan shimolga, mis konlariga juda boy bo’lgan Sinayga va janubga, boyliklari bilan misrliklarning diqqatini do­im o’ziga tortib kelgan, olis va sirli Punt mamlakatiga borganlar. Gerakleopol bilan Fiza Misrda ustun kelish va unga xukmronlik qilish uchun eramizdan avvalgi uchnnchi ming yillik o’rtalarida kurash boshlab, ertami-kechmi o’zaro to’qnashishi muqarrar bir xol bo’lgan.
Aхtоy nasiхati. Dastlab siyosiy kurashni Gerakleopol boshlab bergan, Misr bo’linib borayotgan davrda markaziy xokimiyat kuchsizlangan sari Gerakleopol xokimlari kuchayib borgan, ular butun Misrni o’z ta’siriga olishga va uni o’z qo’l ostlarida birlashtirishga intilib kelganlar. Xeti-Meri-ib-Ra Misr­ni qaytadan birlashtirib, Misr fir’avnlarining Gerakleo­pol (umumiy xisobda to’qqizinchi) dinastiyasiga asos solgan. Xeti-Meri-ib-Raning nomi birinchi ostona yaqinidagi qoya toshga yozilgan; aftidan, uning davlatining janubiy chegaralari shu yerdan o’tgan bo’lsa kerak. Xeti (Axtoy) Misrni birlashtiribgina qolmasdan, balki qadimgi Podsholik fir’avnlarining istilochilik siyosatini tiklashga ham urin­gan. Biroq Gerakleopol podsholarining xokimiyati mustax.kam bo’lmagan. Mamlakat ichida qattiq sinfiy kurash borgan. Kambag’allar boylarga qarshi bosh ko’targan. Ikkinchi tomondan, nomarxlar va nom aristokratiyasi xali barcha nomlar ustidan o’z xokimiyatini mustaxkamlashga uringan Gerakleopol podsholarnga qarshilik ko’rsatish uchun o’zlari yetarli kuch borliginn xis qilganlar. «Gerakleopol poshosining nasixatnomasi”da (bu «nasixxatnoma»ning teksti Ermitajdagi 1116—A raqamli papirusda saqlangan) bunay deyiladi: podsho o’sha kimsaga qarshi, o’ziga qarashli odamlari yaxshi ko’radigan, o’z atrofiga juda ko’p muxlislar to’plab olgan kishiga qarshi ustalik bilan qattiq kurash olib bormog’i kerak, chunki u o’z qo’llari nazarida juda yaxshi odamdir. Nasixatnomada aytilishicha, ayniqsa odamning «gapga chechani xavflidir». SHuning uchun nasixatnomaning avtori bundan keyin keladigan podshoga: «Uni xaydagil, uni o’ldirgil... nomini yo’qotgil, uning tarafdorlarini qirib tashlaginki, undan va uni yaxshi ko’radigan muxlislaridan nom-nishon ham qolmasin» deb maslaxat bergan.

Download 36.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling