3-Mavzu: O`rta podsholik davrida Misr davlati. Rеja


Qishloq xo’jligining rivojlanishi


Download 36.67 Kb.
bet4/12
Sana02.04.2023
Hajmi36.67 Kb.
#1320689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Mavzu Orta podsholik davrida Misr davlati

Qishloq xo’jligining rivojlanishi bilan birga, xunarmandlik ham taraqqiy etgani toshdan buyumlar yasash xunari ilgarigi axamiyatini ancha saqlab qolgan. Misrda juda qa­dim zamonlgrdan boshlab toshdan xar xil idishlar, qurol- asbob va yarog’lar yasaganlar. Metallurgiya yana ham taraqqiy qila boshlagan. Bronzaning paydo bo’lishi texnika jixati­dan juda katta axamiyatga ega bo’lgan. Bronzadan endi sifat jixatidan avvalgiga qaraganda yaxshiroq yarog’ va qurol-asboblar tayyorlanadigan bo’lgan. Zargarlik san’ati ham juda takomillashtirilgan, bu san’atning ajoyib namunalari Daxshurdan topilgan edi. To’qimachilik katta axamiyatga ega bo’lgan va u mamlakatning o’zidan chiqadigan xomashyo (zig’ir poya) hamda aloxida pastak gorizontal to’quv stanogi ishlatish negizida taraqqiy qildirilgan. Yigiruv va to’quv ustaxonasining o’sha davrdagi maqbara devorlariga ishlangan tasvirlari va Dayral-Baxridagi XI dinastiya zamonidan qolgan mozorni qazish vaqtida topilgan mukammal model to’qimachilikning qanday rivojlanganligini juda yaxshi ko’rsatadi. Yog’ochsozlikda ham xilma-xil qurol-asboblar ish­latilgan; bu xunarning o’sishi esa kemasozlikning rivojlanib borishi bilan chambarchas bog’langan. Nixoyat bu davrda quruqlikdagi transport bilan kemachilikning rivojlanganligi, shaharlarning o’sishi, ham tashqi, ham ichki savdoning kengayishi butun xo’jalikning gullab-yashnaganligidan gu­voxlik beradi. Nubiya va Suriyaga katta-katta savdo ekspedi- tsiyalari uyushtirilgan. Sinayning mis konlari va Nubiyaning oltin konlaridan keng suratda foydalanilgan. Misrga yondoshgan yerlarga, jumladan cho’l voxalariga misrliklar ko’chib borib o’rnashganlar. Misr ekonomikasining rivojlani­shi uchun katta axamiyatga ega bo’lgan savdo yo’llari solingan va mustaxkamlangan. Masalan, shunday yo’llardan biri Nil vodiysini Qizil dengiz qirg’oqlari (Vodi-Xammamat) bi­lan birlashtiruvchi yo’ldir. Yana XI va XII dinastiya fnr’avnlarining qurilish ishlarini keng ko’lamda rivojlantirib yuborganliklari ham mamlakatning iqtisodiy jixatdan gullab-yashnaganligidan guvoxlik beradi. Fivada xudo Amonga atab birinchi katta ibodatxona qurilgan. Danral-Baxri- da burungi piramida shakli saqlangan o’ziga xos bir ibodat­xona bino qilingan. Yangigina o’zlashtirilgan Fayum voxasida, xususan bu yerda barpo etilgan yangi shaharda ayniqsa kat­ta qurilish ishlari qizitib yuborilgan. Antik tarixchilarning asarlarida bu yerda qurilgan va keyinchalik Labirint deb atalgan muhtasham bino tilga olinadi. Mamlakatning o’ziga xos diniy va ma’muriy markazi bo’lgan bu bino to so’nggi vaqtlargacha saqlanib kelgan va grek yozuvchisi Strobon tamonidan ta’rif etilgandir.
3.Savdoning rivojlanishi Yagona Misr davlatining tiklanishi Misr savdosining yanada rivojlanib ketishiga sabab bo’lgan. Misrning qo’shni mamlakatlar bilan savdo aloqasi tobora mustaxkamlangan, bu mamlakatlardan Misrga minerallar, tuz, o’simliklar, yog’och, teri, parranda, xususan kaptarlar keltirilgan. «Gapga chechan dexqon qissasi»da Nil deltasining janubi-g’arbiy o’lkasiga yaqin «sho’rxok voxa»da yashovchi bir qishloqlikning Misrga olib borish uchun eshaklarga har xil molar (maxalliy maxsulotlar bo’lsa kerak) yo’qlayotganligi tasvirlangan. U o’z bola-chaqalariga ovqat olib kelish niyatida o’zining bu kichik karvonini shu yerga yaqinroq bo’lgan katta shaxarlardan Gerakleopolga xaydab borgani ko’rsatilgan. Misrliklar O’rta Podsholik davridayoq o’z extiyojlaridan ortiq qishloq xo’jalik maxsulotlarini, extimolki, g’allani tuzga, ko’n, teri va ko’proq asosan Nil vodiysi va deltasi atrofidagi vohalardan keltirilgan har xil hunarmandlik xom ashyolariga ayirbosh qilgan bo’lsalar ajab emas. Ammo Misr savdosi olisroq mamlakatlarga ham yetib borgan. Falastin va Suriyada keyingi vaqtlarda utkazilgan qazishlar shuni ko’rsatdiki, O’rta Podsholik davrida bu mamlakatlardagi ba’zi shaharlar Misr savdosining xamda umuman iqtisodiy va madaniy ta’sirning oldingi punktlariga aylangan. Quddusdan shimoli-g’arbroqda joylashgan qadimgi Gezer shaxri ana shunday punktlardan bo’lgan. Gezer xarobalarida qumtosh va harsang toshdan yasalgan Misr haykalchalari hamda fil suyagi va boshqa materiallardan ishlangan har xil buyumlar saqlangan; bu narsalar Falastinga Misrdan olib kelingan bo’lsa kerak. Gezerdagi o’sha butun arxeologiya qatlami yangi eradan avvalgi ikkinchi ming yillik boshlariga, ya’ni fir’avnlarning XII dinastiyasiga mansub desa bo’ladi. Gezer axolisi misrliklar bilan savdo qilishgan, Falastin shaxrida misrliklar turgan bo’lsa kerak va bu yerda Misr uslubida bir imorat ham bino qilingan, bu bino Misr ibodatxonasi bo’lsa ajab emas. Bu imoratda ieroglif yozuvli tosh parchalar saqlanganlngi buni isbot qiladi. Masalan, Suriyadagi Bibl shaharining vayronalaridan juda ko’p miqdorda Misr buyumlari topilgan, ustidagi yozuvlarga qaraganda, bu buyumlar O’rta Podsholik davridan qolgandir. Absidiandan yasalib, ustiga oltin bilan fir’avn Amenemxet III ning ismi yozilgan bir idish va qimmatbaxo narsalardan yasalib, ustiga Amenemxet IV ning nomi yozilgan boshqa idishlar bu yerdan topilgan. Suriyaning boshqa bir shaxari Katnala ham Misr buyumlari, chunonchi, Amenemxet II o’zining ismi yozilgan sfinks topilgan edi. Nixoyat, SHimoliy Suriyada, Ras-Shamrada, Ugaret podsholigi poytaxtining harobalarini qazish vaqtida O’rta Podsholik davriga oid Misr yodgorliklari, xususan malika Xnumitning haykallari, Amenemxet III ning ismi yozilgan sfinks parchalari, «shahar boshlig’i, vazir, sudya Senusertanx»ning ismi yozilgan haykallar gruppasi topilgan edi, bu xam Misr savdosining Shimoliy Suriyagacha kirib borganligini ko’rsatadi.
Mashxur «Sinuxet hikoyasi»da Misr bilan Suriya o’rtasidagi savdo aloqalarining mustaxkamlanib borishi juda yaxshi tasvir etilgan. Misrdan qochib kelgan amaldor Sipux Suriya xokimlaridan birining xuzuriga kelganda xokim misrlik kishi Suriyada odamlarning Misr tilida gaplashganligini eshitishi mumkin, deydi, o’sha xikoyaning o’zida Misr karvonlari Suriyadan o’tganligi xaqida gapiriladi. Suriyada o’rnashib qolgan Sinuxet o’z vatani bilan aloqani uzmaydi. Bu to’g’rida u g’urur bilan: «Shimolga yoki janubga podsho saroyiga ketayotgan elchi menikiga tushar edi, men hammaga boshpana berar edim» deydi. Misrdagi O’rta Podsho­lik davridan qolgan maqbaralardan birining devorlariga (bundagi yozuvlarda aytilishicha) amu qabilasidan bo’lgan 37 osiyolikning rasmi solingan. Bu osiyoliklar, Misr bilan savdo aloqalarini yanada yaxshilash maqsadida bo’lsa kerak, o’z boshliqlari Ibsha bilan Misrga kelganlar. O’sha davrdan qolgan yozuvlarda Suriyaga borish uchun tayyorlangan Misr ekspeditsiyalari to’g’isida gapiriladi. Masalan, Amenem­xet III podsholigining 45-yili (eramizdan avvalgi 1804- yil) Pta-Ur boshliq, bir ekspeditsiya Suriyaning juda ichkarisigacha, «sirli vodiylargacha, mutlaqo quloq eshntmagan uzoq yerlargacha kirib borgan». Bu davrda Misrning Su­riya bilan, xususan Bibl bilan olib boradigan savdos Misrning xo’jalik xayotida shu qadar katta rol uynaganki, qullar va kambagallarning katta qo’zg’oloni vaqtida bu savdoning to’xtab qolishi og’ir musibat xisoblangan. Nixoyat, bu davrda Misr bilan Bobil o’rtasida birinchi marta sav­do aloqasi o’rnatiladi. 1935- yili Toddagi ibodatxona xarobalaridan Osiyoda yasalgan har xil buyumlar solingan to’rtta mis yashik topildi, bu buyumlar orasida xuddi Mesopotamiyaga xos tumorlar va muxrlar bor. Buyumlardagi yozuvlarga qaraganda ular Misrga Amenemxet II ning podsholik davrida keltirilgan. SHu bilan birga, Misrning janub mamlakatlari — Nubiya bilan hamda Afrikaning sharqiy qismida, xozirgi Somali rayonida joylashgan uzoq Punt mamlakati bilan xam savdo aloqalari kuchaygan. X1 dinastiya vaqtidagi xazinachi- Yotdan qolgan bir yozuvda janubi-sharqdagi bu mamlakat juda katta savdo ekspeditsiyasi uyushtirilganligi to’g’risida gapirilgan. Misrliklar bu yerda mashaqqat bilan uzoq yol bosib, katta qiyinchiliklarni boshlaridan kechirganlar. Ularga cho’llarni kesib o’tishga to’g’ri kelgan va shuning uchun suvszik-ovqat va yengil oyoq kiyimi g’amlab olish to’g’ri kelgan. Ular Qizil dengiz qirg’orida kemalar qurganlar va Punt mamlakatining boyliklarini Misrga olib ketish uchun dengiz orqali Punt mamlakatiga junab ketgan. Bu ekspeditsiyalarni katta harbiy otryadlar kuzatib brogan. SHuning uchun bu ekspeditsiyalar ba’zan yarim harbiy ekspeditsiyalarga aylanib ketgan. «Quyi Misr podshosininh xazinachisi va saroy boshlig’i Xentxet-ur»dan qolgan yozuvda Puntdan sog’-salomat qaytib kelganligi, askarlarning hammasi u bilan birga omon-eson qaytib kelganligi va kemalaraning Sauga kelib to’xtaganligi» to’g’risida gapiriladi. Sau degan bu gavan Qizil dengiz qirg’og’ida, Koseyrdan shimolroqda bo’lgan bo’lsa kerak. Koptosdan Qizil deng­iz qirg’oqlariga qarab ketgan yo’llardan o’tgan karvonlar ketidan ko’pincha Punkta yoki o’sha vaqtda SHarqiy Afrikada joylashgan viloyatlarni misrliklar ataganidek, «Xudo mamlakati»ga tomon jangchi otryadlar yurib borgan. Koseyrdan shimolroqda bir joydan topilgan yozuvda, fir’avn Senusert II podsholik qilgan birinchi yilda «Xudo mamlakatida unga xaykal qurilganligi» aytiladi. XII dinastiya fir’avilari O’rta Podsholik gullab-yashnagan davrda Nil vodiysining janubi-shartsiy tomonida joylashgan olis mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlari olib borishga harakat qilganlar. Punt bilan bo’lgan savdo-sotiq ishlari XIII dinastiya zamonida ham davom etgan. Noferxotepdan qolgan yozuvda «Puntdan keltirilgan xushbo’y buyumlar» va «Xudolar mamlakatidan keltirilgan asl toshlar» to’g’risida gapiriladi.
O’sha vaqtdan qolgan yozuvlarda shimol xalqlari bilan misrliklar «xanebu», ya’ni «orqa tomondagi» deb atalgan xalqlar bilan bo’lgan savdo aloqalari to’g’risida ham gapi­riladi. U vaqtda shimoldagi shu xanebu qabilalari bilan aloqa ishlarini olib borgan aloxida boshqarmalar bo’lgan; ba’zi amaldorlar qoldirgan yozuvlarida, bu qabilalar ustidan g’alaba qilganliklari to’g’risida gapirganlar. Misrda Senusert II tomonidan bino qilingan Xa-Senusert-Xotep (xozzirgi Kaxun) shaxrining harobalaridan Senusert II ning Fayum voxasiga kiraverishdagi piramidasi yaqinidan «Kamares tipli» deb atalgan va Krit orolidan keltirilgan idishlarning parchalari topildi. SHu bilan birga, Kritdagi qazishlar vaqtida ham O’rta Podsholik davrining idishlari topilgan edi. Bu narsa O’rta Podsholik davrida Misr bilan Krit o’rtasida savdo aloqalari bo’lganligidan guvoxlik beradi.

Download 36.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling