3-mavzu: Oʻzbek adabiy tili me’yorlari. Reja: Fonetik, leksik-semantik me’yor. Orfogrfik, orfoepik me’yor


Download 41.51 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi41.51 Kb.
#1600850
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu


3-MAVZU: OʻZBEK ADABIY TILI ME’YORLARI.
REJA:
1. Fonetik, leksik-semantik me’yor.
2.Orfogrfik, orfoepik me’yor.
3.Morfologik va sintaktik me’yorlar.
4.Soʻz yasash me’yorlari.
Tayanch so`z va iboralar: imlo me’yorlari, talaffuz me’yorlari, fonetik, leksik, grammatik me’yor tushunchalari
SO‘Z TANLASH VA QO‘LLASHME’YORLARI
Adabiy tilda mavjud bo‘lib, shu tilda gaplashuvchilargatushunarli bo‘lgan so‘zni qo‘llash nutqning muhimme’yorlaridan sanaladi. So‘zni to‘g‘ri qo‘llashdaquyidagilarnie’tiborga olish lozim:
– so‘zning nutqda ortiqcha takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikuchun uning ma’nodoshlaridan o‘rinli foydalanish;
– shakldosh va paronim so‘zlarni ma’nolarinifarqlagan holda ishlatish;
– so‘zlashuvchilar uchun tushunarsiz bo‘lgan shevaso‘zlari yoki ijtimoiy guruhlarga oid argolarni qo‘llamaslik;
– o‘zlashma so‘zlarni noo‘rin qo‘llashdan cheklanish,ularning milliy tildagi muqobillaridan foydalanish;
– so‘z qo‘llashda ixchamlik, tejamkorlikka erishish.
Mashq. Gaplarni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang va ma’nodoshlarini toping.
1. Temur tug‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi, Alisher(A.Oripov.). 2. Tiliga kuchi yetadigan kishi aql podshosidir;so‘zga ahamiyat bermaydigan kishi la’natlangan, pastdir(A. Navoiy). 3. Xalq oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin,
bu so‘zni xalq qabul qilsin («Qobusnoma»). 4. Xullas, yaxshinutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidanfoydalanish zarur bo‘ladi. Ularning birontasiga ahamiyatbermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasigata’sir qilmay qolmaydi (Beruniy). 5. Agar so‘z senikimiyoki sen so‘znikimi, deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki vaso‘z menikidir, chunki so‘z insonlik daraxtining mevasidir,daraxtni mevadan, mevani esa daraxtdan ajratib bo‘lmaydi.Agar nuqsonli so‘z qaysidir, deb so‘rasalar, Xudo vaRasulning so‘ziga muvofiq kelmaydigan so‘z, deb javob bergil(Koshifiy). 6. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’nogaega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushnito‘ti deydilar (Kaykovus).
Mashq. Gaplarni o‘qing, noo‘rin ishlatilgan so‘zlarni to‘g‘rilaribilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring.
1. Yigitcha raso charchagan ekanmi, ovqat yeb darrovuxlab qoldi. 2. Ko‘lning zilol suvida tonggi quyosh nurlaritoblanmoqda edi. 3. Asl shoyidan tikilgan ko‘ylak bu qomatdorqizga yoqishini bildi. 4. Ishimiz shunday suratda davom etsa,
qurilishni bayramgacha tugatamiz. 5. Qara, o‘g‘lim, eshikkabir inson keldi. 6. Cho‘pon ozg‘in qo‘ylarni yaylovga haydab,o‘z makoniga qaytib keldi. 7. Nachalnikka uchrashsam, sudgadavo qilishingiz mumkin, dedi.

Download 41.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling