3-mavzu: Oʻzbek adabiy tili me’yorlari. Reja: Fonetik, leksik-semantik me’yor. Orfogrfik, orfoepik me’yor


Download 41.51 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi41.51 Kb.
#1600850
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu

Topshiriq. Matnni o‘qing. Yozuvchining fikrlariga munosabatbildirib, so‘z qo‘llashning ahamiyatini asoslang.
Gap shundaki, hozirgi vaqtda, tilimizning boyligini,uning qochiriqlarini o‘rganishga eringan, so‘z san’atiga hunardeb emas, kasb deb qaraydigan, bisotidagi bir hovuch so‘zniyillar davomida aylantirib kun ko‘rib yurgan bir turkum qalamahlining «faoliyati», chala mulla ba’zi olimlarning «ilmiy xulosa
»lari natijasida ajib bir til bunyodga kelgan. Bu tilda hechkim gapirmaydi, zotan gapirish mumkin ham emas, faqatyozib o‘qib berish mumkin. Bu tilda yozilgan narsani birqiyomda o‘qimasdan ham iloj yo‘q. Bu tilning hech qayerga
yozilmagan, lekin amalda joriy bo‘lgan temir qonuniga ko‘ra«yaxshi ovqat yedim!» deb yozib bo‘lmaydi, albatta, «sifatliovqatlandim» deb yozish shart! «Papiros chekadigan kishigugurtini olib yurishi kerak» deb yozish to‘g‘ri emas. «Papiroschekish odatiga ega bo‘lgan kishi o‘zini tegishli gugurt bilanta’minlab yurishi kerak» deb yozilsa to‘g‘ri bo‘ladi! Bu tilde latifa aytib bo‘lmaydi, yozib bo‘lmaydi! Bu tilda hazilga,maqolga, matalga, ajoyib xalq iboralariga o‘rin yo‘q. Bu tilhar qanaqa jonli fikrga kafan kiygizadi, har qanaqa o‘ynoqimazmunni taxtaga tortadi, har qanaqa lektorni g‘urbatninguyasiga, har qanaqa auditoriyani o‘lik chiqqan hovligaaylantiradi!A. Qahhor, «Quyushqon» hajviyasidan.
Imlo me’yorlari, ya’ni to‘g‘ri yozish me’yorlarinutqiy savodxonlikni belgilovchi asosiy mezon sanaladi.Imlo me’yorlari til vakillari tomonidan ongli ravishdakelishilgan holda yaratiladi. Bu me’yorlarning amal qilishimaxsus imlo qoidalari bilan tasdiqlanadi.Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi asosidagiyozuv me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasi tomonidan 1995- yil 24- avgustda tasdiqlangan«O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ga tayanadi.
Unga harflar imlosi, o‘zak va qo‘shimchalar imlosi,bo‘g‘in ko‘chirish, so‘zlarni qo‘shib va ajratib yozishkabilarga oid qoidalar kiritilgan. Yozma nutqda bu
qoidalarga amal qilish majburiydir.
Topshiriq. Matnni o‘qing va shu asosda to‘g‘ri yozish uchunnimalarni bilish kerakligi haqida taklif-tavsiyalaringizni yozmaravishda bayon qiling.
So‘z va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish, qo‘shib va ajratibyoziladigan so‘z va so‘z shakllarini bilish, bosh harflar bilanyozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni farqlash kabi imlo amallarinio‘zlashtirmasdan turib yozma savodxonlikka erishish mumkin
emas. Imlo qoidalarini bilish faqat to‘g‘ri yozishni o‘rganishuchungina zarur deyish xato bo‘ladi. So‘zlarni to‘g‘ri o‘qish,nutq jarayonida to‘g‘ri talaffuz qilish, hatto so‘zning matndagima’nosini to‘g‘ri anglash va o‘rinli qo‘llay bilish uchun ham
imlo qoidalarini puxta egallash taqozo etiladi.Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan«O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ni chuquro‘rganish va yozma nutqda ularga to‘la amal qilish har biro‘quvchi, qolaversa, barcha fuqarolarning burchidir. Afsuski,ko‘zga tashlanib turgan ko‘cha peshtoqlarida, idoralar nomiyozilgan lavhalarda Yunus—obod, Yangi—bozor, orom—baxsh,koz oynak, elektro texnika kabi xato yozuvlar uchrab turibdi.Vatanini, millatini sevgan har bir kishi yozuv madaniyatiazal-azaldan milliy qadriyatlarning ko‘zgusi, ilmiy-ma’rifiysalohiyatning belgisi bo‘lib kelayotganini aslo unutmasligilozim. Ulug‘lanayotgan qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan milliyyozuvimizga hurmat va e’tiqodni to‘g‘ri va chiroyli yozish orqalitarbiyalashimiz maqsadga muvofiqdir.

Download 41.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling