3-mavzu: Oʻzbek adabiy tili me’yorlari. Reja: Fonetik, leksik-semantik me’yor. Orfogrfik, orfoepik me’yor
Download 41.51 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- -ning
II. TALAFFUZ ME’YORLARI
Ttopshiriq. Matnni o‘qing, so‘zlarning talaffuzi va yozilishidagixatolarni aniqlab, o‘zaro munosabatini izohlang. — Modarni ko‘rdilarmu? — so‘radi Vafo attor kemshiktishlarini ko‘rsatib. — Xo‘sh, qalaylar, kampir tuzuklarmu? — Rahmat! — Bashirjon gapni qisqa qilib, o‘tib ketmoqchiedi, lekin Vafo attor: — Bir daqiqa! — deya uning yengidan tortdi. — Xo‘sh! — Indi, uka o‘rtoq Zaynishuv! — dedi u mitti ko‘zlariniyiltiratib. — Biz o‘zimiz betobdurmiz, hovlida nogiron kurrachaningholi ne kechdi? Kecha o‘g‘ul kelib erdi, eshshakbolasiga yem va beda kerak deydur... Bashirjonning jahli chiqib ketdi, attorning qo‘lini qahrbilan siltab tashladi. — Bas-da endi! — dedi u qip-qizarib. — Hozirga qadaro‘ttiz so‘m oldiyiz... O‘sha kurrayiz ikki pulga qimmat! — Mani, bemorni siltamang, uka o‘rtoq Zaynishuv! —dedi Vafo attor yig‘lamsirab. — Bobongiz tengiman,siltamang mani!Ne’mat Aminov Og‘zaki nutq jarayonida til birliklarini adabiy tilme’yorlariga muvofiq aytilishi talaffuz me’yorlariga asoslanadi. Talaffuzda tovushlarning to‘g‘ri aytilishi muhim bo‘lib, o‘ziga xos qonuniyatlarga asoslanadi.Nutq tovushlarining so‘z tarkibida alifboda belgilanganidektalaffuz qilinishi me’yoriy sanalishi bilanquyidagi holatlar ham talaffuz me’yoriga muvofiqdir: 1. So‘z oxirida b tovushining jarangsizlanib, p tarzidaaytilishi: hisob > hisop, kelib > kelip. 2. So‘z oxirida d tovushining t tarzida talaffuzqilinishi, d yoki t tovushlarida tushib qolishi: dard >dart, band > bant, go‘sht > go‘sh, past > pas kabi. 3. Ayrim so‘zlarda l tovushining tushib qolishi: bo‘lgan> bo‘gan, kelsa > kesa kabi. 4. Bank, tank, disk kabi o‘zlashma so‘zlarga a tovushiqo‘shib aytilishi, ba’zi o‘zlashmalar talaffuzida vtovushining f tarzida o‘zgartirilishi me’yordan chekinish hisoblanmaydi. III. GRAMMATIK ME’YORLAR So‘z shakllari, qo‘shimchalar, so‘z birikmalariningyozilishi, gapda so‘zlarning tartiblanishi, moslashuvigrammatik me’yorga asoslanadi. Nutqning grammatik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi adabiy tilning asosiy talabidir.Gapda so‘z va o‘shimchalarning to‘g‘ri bog‘lanishi, egakesimmosligi, gap bo‘laklarining tartibi grammatikaqoidalari asosida shakllanadi.Shuning uchun gap tuzishda, jumla qurishda quyidagilargaamal qilish lozim: – kelishik qo‘shimchalarining ma’no va vazifalarinifarqlash hamda o‘rinli qo‘llash.Masalan, -ning qo‘shimchasi ot bilan otni, -ni esa otbilan fe’lni o‘zaro bog‘laydi: ukamning kitobi, kitobni olmoqkabi; – ot va sifat yasovchi qo‘shimchalarni farqlash: – tuzdon (ot) gapdon (sifat), kiyimlik (ot) yashil – kiyimli (sifat), tenglama (ot) – ko‘chma (sifat) kabi; – fe’l nisbatlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalarnito‘g‘ri qo‘llash: tadbir o‘tkazmoq – ko‘chat o‘tqazmoq, kuldir– keltir kabi; – ega va kesimning shaxs-sonda mosligini ta’minlash:Ular o‘qiydilar. (Ular o‘qiydi tarzida emas); – gapda so‘z tartibiga amal qilish:Uyga shoshib kirdi. (Kirdi shoshib uyga emas). Izoh: She’riy janrlar tilida nutq maqsadiga ko‘ra misralardaso‘zlar tartibining o‘zgarishiga yo‘l qo‘yiladi. Download 41.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling