3-Mavzu. O’zbek estrada san’ati


 Estradaning turlari va uning tarqalish oqimalari


Download 207.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi207.06 Kb.
#1580223
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-4 Ma\'ruza Word

 
2. Estradaning turlari va uning tarqalish oqimalari. 
Zamonaviy o’zbek estradasidagi oqimlari.O’zbek tinglovchisi uchun yangi 
bo’lgan musiqiy estrada oqimi ―rep‖ning ―g’arblashgan‖, paydar-pay so’zlari 
ummoniga ko’mib borayotgan qalqib yurishi, yoshlar uning kelib chiqishi haqida 
o’ylashga vaqti yo’q. Aytish lozimki, ―rep‖ning tahlildan yiroq tovush 
kombinatsiyasi, ma’lum bir tartibga tushirilmagan usullari va ohanglari mazmunini 
―yangilik‖ deb, ko’r-ko’rona baholovchilar soni ko’plab kuzatilmoqda. 


Tanqidchilar repni yo’nalish sifatida biron-bir estetik ta’sir beruvchi badiiy janr 
sifatida ham qabul qilmayaptilar. ―Rep‖ning ifoda xususiyati, ya’ni ―siniq‖ 
usullari, noaniq ohang tizimi ―yangilik‖ deb baholanishi yangi oqimning 
boshlanishi, qolaversa, uning badiiy jihatlarining asosiy belgisi paydar-paylik 
ekanligi ―repchi‖lar tomonidan o’zlariga ma’qul darajada izohlanib turibdi. Bu 
masala musiqashunoslik mezonlari bo’yicha ham g’ayritabiy - bepardalikka 
moslashishi mumkin. 
―Rep‖ga jo’rnavozlik qilish nafaqat milliy, balki pop, rok va hokazo ijro 
uslublarida foydalaniladigan cholg’ularni ham noqulay, to’g’rirog’i, noaniq 
ifodaga chorlaydi. Bu uslub ijrochidan ovoz kuchi, tembr va diapazon talab 
qilmaydi. Ohang tizimi ham aytib o’tganimizdek, musiqiy ohang kanonlaridan 
yiroq, ―ohanglashuvgacha‖ bo’lgan intonatsiyada shakllangan. U qo’shiqchining 
gavda harakatlari, oyoq va qo’l harakatlari bilan mazmunan bog’lanmagan. Fon 
sifatida ―raqs‖ ijro qiluvchilar harakatlari va ―rep‖chi harakati orasida sinxronlik 
yo’q. Ularning harakatlarida yaxlitlik - kompozitsiya kuzatilmaydi. Mavjud 
harakatlar va ―rep‖chi ijrosi bir maqsadga bo’ysundirilmagan. ―Rep‖chi ham, 
raqqoslar va raqqosalar ham o’zlarining alohida harakat turi atrofida chegaralanadi. 
Sof intonatsiya yo’qligi tufayli jo’rnavozlik qiluvchi cholg’ular safida 
milliylik alomatlarini keltirib chiqaruvchi tovushlar harakati haqida fikr yuritish 
mumkin ham emas. Sababi, qayd qilganimizdek, bu ijro yo’nalishida sof 
intonatsiya ―g’alizlik‖ belgisi sifatida tushuniladi. Qo’shiqchi intonatsiyasining 
―tozaligi‖ bepardalikka yaqin tovushlar majmuidan tashkil topishi ular uchun 
muhim omil sanaladi. 
Xorij ―rep‖ tovush tizimini to’g’ridan-to’g’ri ko’chirib, badiiy ―boyitish‖ 
maqsadini amalga oshirishda ham, ijroga shaxsiy talqin - ifodasini qo’llashda ham 
noaniqliklar mavjud. Pop, qisman rok yo’nalishida ijod qiladigan ijrochilar 
sahnalardan tashqari turli xalq marosimlari (to’ylar, bayramlar va hokazo)da 
ishtirok etsalar, rep faqat sahnada qolib ketmoqda. Unda mujassam bo’lgan 
repperona g’oya zamonaviy xorij musiqa psixologiyasidan sharq, xususan, o’zbek 
tinglovchisi tafakkuriga moslab, tabiiy tarzda singdirilmas ekan, uning faoliyati 
ommalashmaydi. Uning estetik ma’naviy ta’siri milliy musiqa va uning haqiqiy 
durdonalari bilan hali tanishib, bahra olib ulgurmagan yoshlar ruhiyatini badiiy 
jihatdan nomukammal, mavhum mazmun bilan chalg’itmasligi kerak. Sharqona 
estetik vazifa ular uchun ham ijod mahsuli bo’lishi lozim. 
―Rep‖ oqimining dastlabki shakllanishi davridagi omadsiz ―izlanishlar‖ 
davri o’tdi. Bunday asarlar ijodkorlari yangi topilma qilayotganlar kabi, sharq va 
g’arb ijodkorlaridan ko’chirma qila boshlashlari bilan birgalikda ana shu ijod 
printsipini o’zlari darajasidagi fikrlovchi san’atkorlarga ham singdira boshladilar. 
Chunonchi, ―rep‖ yo’nalishi ijodkorlari yaratayotgan qo’shiqlar shou-biznes 


talablariga moslashtirilib, xalq badiiy tafakkuri qobig’idan chiqishi oddiy holga 
aylanib bormoqda.Bu borada ayrim taniqli estrada qo’shiqchilarining fikrlarida 
ham noaniqliklar mavjud. Xususan, ―...maqomlarni maromiga etkazib ijro etadigan 
san’atkorlar nega uch-to’rtkun kontsert bera olmayapti-yu, kecha chiqqan ―repper‖ 
uch kun kontsert berdi? Chiptalar etmay qoldi‖.Shou-biznesni to’g’ri qabul qilish 
kerak.Qanaqa rep uslubi yoki yo’nalishida ijod qilayotgan yoshlarning yo’li 
to’silishi yoki ushbu yo’nalishga barham berilishi kerak, degan fikrdan endi 
ko’plar voz kechdi. Shuning bilan birgalikda ularning niyati faqat chipta sotib, 
odam yig’ishdan iborat, xalq badiiy tafakkuridan yiroq bo’lgan ―Chet‖ andazasini 
milliy musiqiy talablarga zid qo’yib, sharm-hayo, ibo, qolaversa, qo’shiq aytish 
san’atini o’zlashtirmasdan ―kuylash‖dir deganlar ham o’zgardi. 
Shuningdek, ―rep‖ yo’nalishidagi ―qo’shiq‖, ―raqs‖ va ularga jo’rnavozlik 
qiluvchi cholg’ular sadosidagi ayrim tovushlar badiiy nuqtai nazardan repning 
spetsifik xususiyatiga mos kelsada, asar sifatida bajaradigan vazifasi estetik nuqtai 
nazardan uzoq, mazmunsiz, fikri o’rinli, bular ham falsafiy mulohaza yurita oladi, 
degan tushuncha egallamoqda. 
Endi ―rep‖chi qaysi musiqiy janr yo’nalishida tarbiyalanishi jumboq bo’lib 
turibdi, sababi, nomukammal tovush fonini tuzish, raqssimon gavda harakatlari va 
―qo’shiq‖ mazmunini qo’l orqali ifodalash – yaxlit badiiy to’kislikdan uzoqligi 
bunga sabab bo’lmoqda. Demak, bu yo’nalishda ham sharqona me’yor bo’lishi 
ushbu oqim mazmuniga oydinlik kiritadi. Tamomila mustaqil janr sifatida mavjud 
estrada yo’nalishlari qobig’ida, ularga qaram bo’lmasada,―Qo’shiq kuylash‖ 
printsiplari ―rep‖chilar tomonidan o’zlashtirilishi kerak bo’ladi. Aks holda, uning 
yaratilishi va ijro printsiplari mavhumligicha qolib ketishi mumkin. 
Estradada zamonaviylik va milliylik.Bastakor aranjirovkachilar I.Akbarov, 
Ye.Shiryaev, E.Salixov, E.Jivaev va boshqalar ijodida milliylikka tayanib 
yaratilgan musiqiy asarlar paydo bo’ldi. XX asr - o’tgan asrning ikkinchi yarmi 
estrada musiqasi ham alohida janr darajasida san’at turi sifatida shakllana boshladi. 
Chunki, ularning dastlabki asarlari estrada-simfonik orkestr jo’rligida ijro qilingan 
bo’lsa, so’ngra elektrlashtirilgan gitaralar, undan keyinroq gitaralar safiga 
qo’shilgan organlar va boshqa cholg’ular ishtirokidagi ansambllarda amalga 
oshirila boshlandi. Qayd qilingan cholg’ular o’zbek milliy musiqa ijrochiligida 
ishtirok etmasa-da, ular orqali milliy ―ifoda‖ berish uchun turli yondashuvlar, 
izlanishlarga olib borildi. 
Shunday bo’lsa-da, milliy musiqa tovush vositasi - milliy cholg’ulardan 
foydalanish keng miqyosda o’z aksini topgani emas edi. Keyingi yillarda milliy 
cholg’ular ijrosi Madaniyat va sport ishlari vazirligi qoshidagi estrada-simfonik 
orkestr faoliyatida o’z ifodasini topmoqda. 


Endilikda estrada qo’shiqlari orasida milliylik kanonlariga tayanib 
yaratilgan asarlar qatorida qo’yilayotgan ―ko’chirmachilik‖, g’aliz intonatsiya, 
―quroqlashgan‖ ohang tizimi va hokazo ijrochilik bilan bog’liq unsurlarni 
yoritishga urg’u berilmoqda. 
Estrada xonandasining kasbiy darajasi mumtoz musiqa ijrochilari qatorida 
millat badiiy g’oyasi va ichki dunyosini anglash bilan birgalikda, xalq tarixi, sotsial 
o’zgarishlar va ma’naviy talab asosida to’ldirilishi lozim. Bu ma’lum bir musiqiy 
oqim yoki shaklga intilish bilan belgilanmasdan, davr badiiy g’oyasiga, xalq 
merosiga bog’liq kechishi maqsadli hisoblanadi. 
Musiqadagi estrada janri, bu - turli madaniyatlar, xalqlar badiiy g’oyalari 
aks etgan musiqa turidir. Lekin, uning barcha ko’rinishlariga yengil musiqa - inson 
ruhiga faqat hayotbaxshlik kayfiyatini olib kiruvchi omil sifatida qaraladi. 
Bu yo’ldagi izlanishlar ohang o’g’irligi, ya’ni qaroqchilik nokasbiy 
darajadagi mutaxassislar orasida ―o’zi yozib‖, ―o’zi kuylovchilar‖ safini 
kengaytirib yubordi.Sun’iy tarzda to’qiladigan jo’rovozlik bilan birga qo’shiqchi 
ovozidagi nuqsonlarni kompyuter yordamida ―tekislash‖ ham yo’lga qo’yildi. Bu 
haqiqiy san’atda an’ana bo’lib kelgan uzviylikni, hatto davomiylikni ham inkor 
qiluvchi ―inkubator‖ ko’rinishni joriy qilishdir. 
Jahon estradasi yulduzlari orqasidan izlab quvish, ularga ko’r- ko’rona 
taassub qilish, hatto nazardan qolganlariga ham sajdada bo’lish hozirgi kunda keng 
avj oldi. Bu o’zbek estradasidagi musiqa janriga nisbatan o’tkinchi janr yoki 
nomustaqil ijod turi sifatida qarovchilar safini kengaytirdi. 
Estrada musiqasi boshqa tizimga o’tib ketdi, uning endi xalqchil bo’lishi 
qiyin yoki mumkin emas qabilida aytilayotgan tezislarning ko’payishiga imkon 
yaratildi. Natijada ―milliy estrada‖ degan tushuncha hali-hanuz mezonsiz 
qolmoqda va unga milliy musiqa janrlari qatorida o’z estetik qiymatiga ega san’at 
turi sifatida jiddiy qaralmay kelinmoqda. 
Vaholanki, o’zbek milliy estrada qo’shiqchiligi tamal toshini qo’ygan Botir 
Zokirov va uning izdoshlari, zamondoshlari Yunus To’raev, Staxan Rahimov, Alia 
Yoshpe va boshqalar o’zbek estradasi sahnasida milliy va nomilliy kuylash 
uslubini sintezlashtirish natijasida uni shaklan va mazmunan uyg’unlashtirishga 
erishganlar. 
Mazkur bog’liqlik turli me’yoriy ko’rinishlarga ega. Pirovardida, o’zbek 
kasbiy qo’shiqchiligidagi nola, qochirimlaridek bezaklari ko’p xalqlarda mavjud 
emas. Hatto qator jahon estrada yulduzlari tabiatida ham bizchalik tovush bezaklari 
mujassamlashmagan.Shunday ekan, nima uchun ayrim yulduzlar uslublari bizda 
majburan ifoda topishi shart bo’lishi kerak?! 
Mumkin, ularda mujassam bo’lgan ijro texnikasi ko’p jihatlari bilan 
bizning kasbiy estrada qo’shiqchilarimiznikidan ustundir. Lekin, ular o’ta qadimiy 


madaniyati, urf-odatlariyu qadriyatlarini asrlar davomida saqlab, boyitib 
kelayotgan xalq vakillaridan badiiy-g’oyaviy jihatdan ustun bo’lmasalar kerak. 
Ana shu milliylik unsurlari mushtarak bo’lgan ijrochilik tizimi hayot qonuniyatlari 
kesimida dunyoviy tasavvurga ega bo’lgan B.Zokirov, Yu.To’raev,N.Abdullaeva, 
M.Mavlonov, G’.Yoqubov, O.Nazarbekov, M.Nomozov, G.Mamazoitova, kabi 
qator ijod sohiblarini etkazib berdi. Ularning ovoz dinamikasi, diapazonlari va 
tembrlari naqadar rang-barngaldigini ko’rish mumkin. 
Taniqli munaqqidlardan birining maqola muallifi tilga olgan: ―Axloqi 
buzuq, ma’nan qashshoq odam sahnadan turib tomoshabinni poklik va 
olijanoblikka da’vat eta olmaydi‖, degan so’zlari, nazarimizda, nafaqat teatr 
aktyorlariga, balki sahnaga chiqayotgan har bir ijrochiga (xonanda, raqqosa, 
qiziqchi va hokazo) ham tegishli. 
Xalqimizning ma’naviy kamolotida barcha san’atlarning o’ziga xos o’rni 
bor. Jumladan, qo’shiqchilik san’ati ham bu borada alohida ahamiyat kasb etib 
borayotgani hammamizga ma’lum. Negaki, qo’shiqni har uni televidenie, radio 
to’lqinlari, ko’cha-kuyda, bozorlarda, hatto avtotransport vositalarida ham 
eshitamiz. Quloqqa yoqadimi-yo’qmi eshitishga (tinglashgaemas) majburmiz. 
Yoshi ulug’lar ham buholatga ko’nikib bo’lishdi. Shuning uchun bugun qaerga 
bormaylik, kim bilan suhbatlashmaylik, gap aylanib estrada xonandalariga kelib 
taqalyapti. Haqiqatan, yangi-yangi ovozlar ko’payib boryapti. 
Yurtimiziste’dodlarga boy. Ana shu yoshlarningemin-erkin ijod qilishi 
uchun barcha shart-sharoitlarya ratilgan. Ayniqsa, ―O’zbekiston — Vatanim 
manim‖, ―Yagonasan, muqaddasVatan‖, ―Nihol‖, ―Yangi avlod‖, ―Yangi nomlar‖, 
―Kelajak ovozi‖ kabiko’rik-tanlov va festivallar iste’dodlarning yuzaga chiqishida 
katta omil bo’lyapti. Ammo sholi orasida kurmagi ham bo’lganidek, bu sohaga 
muayyan tayyorgarliksiz kirib kelayotganlar ham oz emas. Ana shunday chala 
savod xonandalar tufayli sayoz, tumtaroq matnli qo’shiqlar ko’payib bormoqda. Bu 
borada ommaviy axborot vositalari orqali tez-tez chiqishlar ham bo’lyapti. Afsuski, 
bunday chiqishlarni ko’p hollarda aksariyat ziyolilar o’qiydi.Xonandalarning 
birortasi tanqidiy maqolalarni o’qirmikan, deb o’ylab qolasan kishi. Ochig’inia 
ytish kerak, bugun qo’shiqchilik san’ati va qo’shiqchilar oldida talay vazifalar 
turibdi. Professor Sharif Yusupovning ―Hofizning so’nggi xonishi‖ maqolasida
2
ustoz san’atkorlarimiz Shoqosim, Shoolim Shojalilov va ularning ustozi Jo’raxon 
Sultonov,Komiljon Otaniyozovlarning el oldida o’zini tutishi, bir-birlariga iltifot
san’atkor odobi haqida juda ibratli voqealar tilga olingan. 
Bularni o’qib, ustoz san’atkorlarning buyukligi nafaqat ularning san’atida, 
oddiyligiyu kamtarligida bo’lsa kerak, degan o’y xayolimizdan o’tdi.

Download 207.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling