3-Mavzu. O’zbek estrada san’ati
Vokal va zamonaviy musiqa ijrochiligi
Download 207.06 Kb. Pdf ko'rish
|
3-4 Ma\'ruza Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
3.Vokal va zamonaviy musiqa ijrochiligi.
Mustaqillik yillarida alohida ijrochilik salohiyatiga ega bo’lgan milliy estrada musiqasi va qo’shiqchiligiga to’xtalib o’tish joizdir. O’tgan asrning 70-yillariga kelib qo’shiqchiligimizning va musiqa madaniyatimizning yangi yo’nalishi, ya’ni estrada janri tarkib topdi. Bu esa san’atimizda yangilik deb qabul qilindi. Taniqli kompozitorlar M. Burxonov, I. Akbarov, M. Leviev, A. Berlin, X. Izomov, E. Solixov, F. Qodirov, A. Muxamedovlar ommaviy estrada yo’nalishida xam muvaffaqiyatli ijod qildilar. O’zbek estradasining dastlabki qaldirg’ochlari yetishib chiqdi. B.Zokirov, L.Zokirova, K.Jalilova, B.Mavlonov, N.Zokirov, R.Sharipova, Yu.To’raev, S.Raximov, A.Ioshpe singari estrada xonandalari shular jumlasidandir. Yuqorida tilga olingan kompozitor va xonandalar o’zbek estradasining maktabini yaratdilar. Estrada qo’shiqlari teleradio dasturlari, kino va sahnaviy asarlar, kontsertlar orqali ommalashdi va o’zining muxlislariga ega bo’ldi. Xatto xalqaro sahnalarda ham o’rnini topib oldi. Mashhur estrada qo’shiqchisi, o’zbek estradasining so’nmas yulduzi Botir Zokirovning jahon sahnalaridagi muvaffaqiyati o’zbek estrada san’atini jahonga tanitdi. Uning o’z ona tili bilan bir qatorda turli tillarda aytgan qo’shiqlari estradamiz jahon sahnasiga chiqib olishida ko’prik bo’lib xizmat qildi. Istiqlol yillarida estrada ijrochilik san’atimiz yangi bosqichga ko’tarildi. SHu yillarda ―O’zbeknavo‖ gastrol-kontsert birlashmasining tashkil etilishi, ―O’zbekiston-Vatanim manim‖ qo’shiqlar bayramining o’tkazilishi, ―O’zbekistonda estrada san’atini yanada rivojlantirish to’g’risida‖gi Prezident farmonlari bu borada yuksalish yulini belgilab berdi. «Ofarin», «Ona zamin yulduzlari», «Nixol» sovrinlari taxsis etildi. Yangi-yangi ijrochilar kashf etildi. Estrada kollektivlari, guruhlari, alohida ijrochi yoshlar xalqaro festivallarda, tanlov va kontsertlarda muvaffaqiyatga erisha boshladilar. Uzbek estradasining Farrux Zokirov va ―Yalla‖ vokal - cholgu ansambli, Mansur Toshmatov, Fulomjon Yoqubov, Nasiba Abdullaeva singari ustoz ijrochilari ketidan yangi avlod estrada vakillari barakali ijod qilmoqdalar. Yulduz Usmonova, Kozim Qayumov, Kumush Razzoqova, Nuriddin Haydarov, Ravshan Nomozov, Azim Mullaxonov, Fiyos Boytoev, Mavluda Asalxujayeva, Yulduz Abdullaeva, Mardon Mavlonov, Sofiya Saftarova, Salohiddin Azizboyev, Moxira Asadova, Ozoda Nursaidova Gulbahor Sulaymonova singari xonandalar shular jumlasidandir. Hozirgi zamonaviy o’zbek estrada san’atining yorqin yulduzi bulmish Yulduz Usmo- novaning ijodi taxsinga sazovordir. Uning ijrosidagi unlab qo’shiqlar xalkimizning, ayniksa, yoshlarning sevimli qo’shiqlariga aylanib ketdi. Ayniksa, ―Xalqim‖, ―Xalq bo’l, elim‖, ―Xech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston!‖, ―Dunyo‖ singari qo’shiqlari mustakillik yillarining eng yaxshi qo’shiqlari deb tan olindi. Uning xorijiy davlatlardagi gastrol-kontsert chikishlari natijasida chet ellarda xam muxlislarining ortib borayotganligi fikrimiz dalilidir. Xozirda faoliyat kursatayotgan yosh estrada guruxlari va xonandalarining ijodlari xam barakali bulmokda. Rashid Xolikov, Nilufar Raxmatova, Ilxom Farmonov, Sevara Nazarxon, Shaxlo Rustamova, Doston Ubaydullaev, Anvar Sanaev, Abdulaziz Karim, Toxir Sodikov, Dilfuza Raximova, Anvar Faniev, Abdulla Kurbonov, Nodir Lutfullaev singa- ri unlab yosh umidli estrada xonandalari ijodi bunga misol bula oladi. Mustakillik yillarida bolalar musikiy estrada janri xam yangicha kuzgu bilan namoyon buldi. Bu soxada Nadim Norxujaev, Avaz Mansurov, Dilorom Omonullaeva, Alisher Rasulov singari kompozitorlar faol ijodiy mexnat kilmokdalar. ―Turkiston farzandimiz‖, ―Soglom avlod‖, ―Xumo qushim‖, ―Ramazon‖, ―Ok terak - mi, ko’k terak‖, ―Istiklolim‖, ―O’zim aylanay‖ singari qo’shiklar misol bula oladi. Bugungi kunda Sarvar Koziev va ―Kars‖ guruxi, ―Toshkent‖, ―Manzur‖, Muxammadjon Ruzimuxammedov va ―SHofayz‖, Doniyor Mamedov va ―Bayram‖, Abdulla Shomagrupov va ―Nola‖, Rashid Xolikov va ―SHaxzod‖, Sevara Nazarxon va ―Sideriz‖, Abdulaziz Karim va ―Asr‖, Toxir Sodikov va ―Bolalar‖, ―Xuja‖, ―Toj‖, ―Setora‖ singari guruxlar xozirgi davr yoshlar estrada musikasining asosiy buginini tashkil etadi. Albatta, bugungi kundagi estradamiz yutuklari bilan bir katorda kamchiliklarini aytib utish joizdir. CHunki bu xakda juda kup fikrlar bildirilmokda. Televidenieda debatlar uyushtirilmokda, matbuotda chikishlar kilinmokda. Avvalo, «Milliy estrada» atamasining mazmuni va moxiyatini yaxshi tushunmok darkor. Nima uchun ―Milliy estrada‖ atamasi kullanilmokda? Baxshi bir yosh estrada qo’shiqchilari – ―Estradaning millati bulmaydi, jahon estradasiga omuxta bo’lishi kerak‖, degan fikrni bildirishmokda. Bu albatta, bir tomondan jaxon estradasiga chikish yulida ma’lum nuqtai nazar bulishi mumkin, lekin jaxon estrada saxnasiga o’zbek milliy estradasi nomi bilan, xalkimizning juda boy musikiy merosiga suyagan xolda qo’shiqlar yaratib ijro etgan xolda chiqilsa, maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. Bu borada o’ttiz yildan oshiq davrdan buyon barakali ijod kilib kelayotgan Farrux Zokirov raxbarligidagi xizmat kursatgan ―Yalla‖ ansamblini misol kilish mumkin. Bu ansambl o’zining xalqona ijrosi bilan bugungi kunda xam estafetani kullarida maxkam ushlab turibdi, bugungi kunning talabiga javob bermokda. Xozirda turk, eron, arab, frantsuz, ingliz, nemis estrada musikasidan foydalanib, o’zbekcha so’z qo’yib aytilayotgan qo’shiqlar ko’payib bormoqda. Bu albatta, achinarli xoldir. Yana bir tomoni, disket musiqasidagi ohanglar usuliga o’lchab, sayoz so’zlardan tashkil topgan, muallifi noma’lum she’rlardan ham foydalanilmoqda. Bu albatta, qo’shiq saviyasiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Natijada yuzlab esda qolmaydigan bir martalik yoki mavsumiy qo’shiklar ko’payib bormoqda. Yana shuni aytib o’tish lozimki, milliy estrada ruhidagi qo’shiqlar ijrosiga qo’l urishda an’anaviy qo’shiqlarni va xalqimizning sevimli qo’shiqlarini, xalq bastakorligining, mashhur qo’shiqlarini estrada yo’liga solib, buzilgan xolda ijro etishlar xam uchramoqda. Agar xalqona ijro uslublariga tayanib, xar bir ijroni yaxshi uzlashtirib, ana shu ijrodan leytmotiv singari foydalanilsa, maksadga muvofiq bo’lur edi. Ushbu fikrlarni amalga oshirishni estrada xonandalarining uzlariga xavola etamiz. Bugungi kunda Milliy estrada musikasini ravnak topishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud bulib, uni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga kutarilganligi bois, xar bir ijodkordan samarali ijod kilishni, xalkimizga manzur buladigan qo’shiqlar va kuylar yaratishlikni talab etadi. San’atsevar xalkimiz uzining xakikiy ijodkori, fidoyi san’atkorlarini xamisha ardoklab kelgan. Zero, xozirgi zamon uzbek estrada san’ati fi- doyi, iktidorli yosh san’atkorlarga boy va xalkimiz ishonchini oklashdek saloxiyatga ega. Umuman olganda, milliy istiklol tufayli musika madaniyatimizning barcha jabxalari shaxdam kadamlar bilan yuksalish sari intilmokda. Tayanch iboralar: Zamonaviy musiqa, orkestr, xalqaro festeval, ansanbil, sinfonik musiqa, kompozitorlik ijodi, alla, faxir unvon, baxshi, jirov, kissaxon, guruh, ―sug’diyona‖. Mustaqil ta’lim uchun savollar 1. Musiqa madaniyatining taraqqiyotida mustaqilikning o’rni? 2. Folklor jonrida ijod qilayotgan qanday ansambllarni bilasiz? 3. Sinfonik janr xaqida nimalarni bilasiz? 4. Sug’diyona o’zbek halq cholg’ulari kamer orkestri qachon tashkil topgan? 5. Mustaqiligimiz sharofati bilan qanday davlat mukofatlari tasis etilgan? Download 207.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling