3-Mavzu. O’zbek estrada san’ati
Estradada – “ommaviy madaniyat”ning suqilib kelishi
Download 207.06 Kb. Pdf ko'rish
|
3-4 Ma\'ruza Word
3.Estradada – “ommaviy madaniyat”ning suqilib kelishi
2 “Театр” журнали 2010 йил 4-сон. O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining dastlabki kunlaridan barcha sohalarda bo’lgani kabi o’zbek milliy musiqa madaniyatiga har qachongidan ham jiddiy e’tibor qaratildi. Mamlakat Prezidenti I.Karimovning say’-haraktlari va shaxsiy tashabbuslari bilan 21 mart umumxalq Navro’z bayrami sifatida keng nishonlandi. ―Ramazon hayiti‖, ―Qurbon hayiti‖ kabi diniy qadriyatlarmiz qayta tiklandi va ularning Respublikamizning barcha xududlarida Prezident Farmoni asosida keng nishonlanishi tashkil etildi. Bu jarayondan ilhomlangan san’atshunos, musiqashunos, folьklorshunos, madaniyatshunos olimlarimiz o’z oldilariga katta vazifalarni qo’ydi. Respublikamiz bo’ylab musiqiy folьklor ekspeditsiyalari tashkil etildi. Aholi orasida sho’rolar mafkurasi tufayli qatog’on ostiga olingan taqib qilingan musiqiy meros qayta o’rganildi. Natijada boy musiqiy meros yig’ildi. Xalqning turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan mazkur musiqa ijodiyotini maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktab dasturlarida kiritib o’qitish tashkil etildi.Xalq ta’limi tizimi umumta’lim maktablarida musiqa darslarini haftasiga keng o’qitish ishlari jadal olib borildi. O’quv dasturlarida esa xalq qo’shiqlarini o’rganish keng yo’lga qo’yildi. Natijada o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida milliy musiqa sadolari o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Frantsuz musiqashunos olimi, doktor Frederik Leotar 1997-2012 yillar davomida O’zbekistonda musiqiy fol’klor ekspeditsiyasi uyushtirib, o’zbek milliy musiqa madaniyati xususida fikr bildirib, shunday degan edi - ―O’zbek xalq musiqa madaniyati nihoyatda boy va rang-barang, eng muhimi u o’zining sofligi va asl holatini yo’qotmaganligi tarixiy mo’jiza. Biz frantsuzlar san’atimiz va madaniyatimizni sofligini va aslligini allaqachon unutib bo’ldik. Endi uni boshqa xalqalar madaniyatidan qidirmoqdamiz. Fikrim dalili sifatida frantsuz, shvedtsar, nemis, ingliz, belgiyalik va boshqa Yevropa xalqini bir joyga jamlab qo’ysak uni faqat tilidan bo’lsamasa, yuz tuzilishi yoki kiyinishidan umuman farqlab bo’lmaydi. O’zbek xalqining Buxoro-Samarqand, Xorazm, Surxondaryo- Qashqadaryo va Toshkent-Farg’ona lokal (mahalliy) uslubidagi kuy-ohang, hatto o’ziga xos kiyinish odobi, gapirish shevasi orqali bir-biridan ajratish mumkin. Bu xalqning tarixan o’zligini yo’qotmaganligidan, boy ma’naviy merosini saqlab qolganligidan va hatto o’z madaniy merosiga naqadar sadoqatli ekanligidan dalolatdir‖ degan edi. O’zbek xalqi musiqa madaniyati tarixan boy va rang-barang merosga egaligi ayni haqiqat. Qilingan ishlar tahsinga loyiq, biroq, ommaviy madaniyat xuruji o’z- o’zidan yo’q bo’lib ketgan emas. Aksincha u o’z ko’rinishini o’zgartirib yoshlarimiz hayotiga suqilib kirishga harakat qilmoqda. Xo’sh ommaviy madaniyatga berilayotganlar yoshlarimizning qaysi qatlamini tashkil qilmoqda?. Bu kabi zaharli ―virusdan‖ qutilish uchun qanday qo’shimcha tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq?. Nazarimizda, ommaviy madaniyatga taqlid qilayotganlar asosan umumta’lim maktab o’quvchilaridir.Shubhasiz ushbu yoshda taqlidga beriladigan, qiziquvchan, balog’at yoshda bo’ladilar. Biz ularni bu davrda erkin, o’z xoliga qo’yib, turli taqlitlar ta’siriga tushib qolishini tomoshabin sifatida kutib turmasligimiz lozim. Bu o’rinda umumta’lim maktablarda musiqa, tasviriy san’at va sport to’garaklarini muntazam maxsus dasturlar asosida tashkil etish, umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida musiqa va rasm darslarini salmog’ini oshirish lozim. Natijada, birinchidan, o’quvchilarni aqliy va aniq fanlarni oson o’zlashtirishda yengillik tug’iladi. Ikkinchidan, ommaviy madaniyatning bir ko’rinishi shubhasiz bu - shovqinli ritmik tovushlardan uzoqlashadi.Uchinchidan, yoshlarimizni milliy musiqa san’ati ta’sirida tarbiyalanishiga erishiladi.To’rtinchidan, o’quvchi-yoshlar milliy musiqa ta’limi ta’sirida Ona-Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, do’stlariga izzat, ota-onaga mehr, millati va diniga nisbatan sadoqat, milliy g’urur va iftixor ruhida tarbiyalanadi. Shu o’rinda aytish joizki, umumta’lim maktablarida turli musiqiy va badiiy tadbirlar, tanlov va musobaqalarni doimiy tashkil etib borish ham yaxshi natijalar beradi. Ayniqsa, milliy musiqa san’ati xususida yosh ijrochilar tanlovini umumta’lim maktablari miqyosida tashkil etish, o’zbek milliy cholg’u ijrochilik ansambllari faoliyatini yo’lga qo’yish, maktablarda musiqa to’garaklarini tashkil etish va unda xalq qo’shiqchilik namunalarini o’rganish ishlarini keng targ’ib etish, muhokama etilayotgan masalani yanada yaxshilashga yordam beradi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasidagi bir yig’inda millatning taniqli adibi shunday dedi:―Ommaviy madaniyat‖ to’foni dunyo davlatlari sarhadlarini buzib o’tayapti. Bu xavf bizga ham kirib keldi.Ommaviy madaniyatning xavf- xatari, bo’hroniga qarshi turganlar bugun juda ko’pchilikni tashkil qilar, lekin yillar o’tavergach bunday ayanchli hodisalarga kishi ko’nikib qolmaydimi? O’n yildan keyin necha foiz odam unga qarshi bo’ladi, o’n besh yildan keyin-chi? Yigirma, o’ttiz yildan keyin-chi?‖ Ommaviy madaniyat globallashuv ko’lankasi ostida kirib kelayapti. Ezgulik nurini to’sib, yomg’ir olib keladigan ko’lanka bulutining ―saxovati‖ yerning gullab-yashnashi uchun nafi tegmaydi. Yerga nur va toza havo, shamollar ham kerak. Bugun biz uchun xavotir olishimizga asoslar ham, misollar ham bor. Bularni ipidan ignasigacha yozib, izohlab o’tishni ep ko’rmadik. Biroq, dunyo aynib, dunyo buzilib, mafkura poligoni yadro poligonlaridan xavfliroq tusolayotgani haqiqat. Katta adibaytgani kabi insonni ezgulik, oqibat, yaxshilik, mehr-muhabbat, sadoqat, sevgivafogaundovchi, yorug’lik, axloq va adab targ’ibotchisi bo’lgan adabiyotnin gulkan, dunyoviy namoyandalari ham negadir jim turganday... Nobel’ mukofotini olgan yozuvchi-shoirlar ham bugun dunyo buzilib ketayapti, dunyo qo’ldan ketayapti, jim turolmayman, jim turmasligimiz kerak, deb bong urishmayapti. Siz bilan biz esadunyoning bir bo’lagimiz. Kerak bo’lsa, bizning oilamizning o’zi dunyodan kattaroq dunyo bo’lishi mumkin. Hammamiz o’zimizni, bolamizni, uyimizni mafkuraviy ildizimizni asrasak, dunyoni asrayotgan bo’lamiz. Musiqiy ta’lim va tarbiyada tizimiylik, izchilllik, davomiylik printsipi har bir darsda o’zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asosda tashkil topishi lozim. Musiqa xaqidagi bilimlar doirasi, musiqa ta’limi va tarbiyasi keng, atroflicha bo’lishiga e’tibor qaratish asosiy omildir. Bunda inson yaratgan musiqaga oid qoidalar, xulosalar, umumlashgan musiqaviy tajribalar o’z aksini topgan. Darsning barcha o’quv faoliyatlari hamda keyingi darslarning o’zaro mantiqiy bog’lanishi tizimlilik asosini tashkil etadi. Xulosa qilib aytganda, pedagogikaning umumdidaktik printsiplari, musiqa madaniyati darslarida muhim ahamiyatga ega bo’lib, musiqa va hayot uyg’unligini, mehnat qobiliyatlarining rivojlanishi, bunyodkorlikka yo’naltirilganligi bilan katta o’rin tutadi. Uzliksiz ta’lim - ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakaviy raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun zarur shart- sharoitlar yaratadi. Demak, musiqa darslari ham raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning barcha turlarini, Davlat Ta’lim Standartlari, kadrlar tayyorlash tizimi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi. Download 207.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling