3-Mavzu. O’zbek estrada san’ati


Simfonik musiqa janri va kompozitorlik ijodiyoti


Download 207.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi207.06 Kb.
#1580223
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-4 Ma\'ruza Word

2.Simfonik musiqa janri va kompozitorlik ijodiyoti. 
Istiqlol yillarida musiqiy madaniyatning barcha yunalishlari qatorida zamonaviy 


kompozitorlik yo’nalishi xam o’z so’zini aytmoqda. Bu soxada kontsert - 
ijrochilik, musiqali teatr xayoti, an’anaviy va akademik ijrochilik, musiqa taьlimi, 
kompozitorlik ijodiyotining umumiy yuksalishi bilan bog’lik xolda taqqoslash 
mumkin. Bu davrlarda musiqiy saxnaviy janrlarda ijod etgan kompozitorlarning 
ijodlarini aloxida ta’kidlash o’rinlidir. Mustafo Bafoevning «Buyuk ipak yuli» 
teatrlashgan musiqiy asari (rejissyor Baxodir Yuldoshev) Parijda YuNESKO 
qarorgoxida, Samarqandda 1 xalkaro «SHarq Taronalari» festivalininshg 
ochilishida quyilib, zo’r muvaffaqiyatga erishildi. Yana shu kompozitorning 
―Zardushtiylar marosimi‖ balet oratoriyasi, ―Buxoroi SHarif‖ opera dostoni, I. 
Akbarovning ―Ibtido xatosi‖ opera-oratoriyasi diqqatga sazovordir. Musiqiy 
saxnaviy janrlarda ijod etgan kompozitorlar orasida Farxod Olimov, Xabibullo 
Raximov, Avaz Mansurov, Nurilla Zokirov, Anvar Ergashev, Baxrilla Lutfullaev, 
F. Yanov-Yanovskiy, Mirxalil Maxmudov, To’lqin Qurbonov, Alisher Rasulov 
ijodlarini aloxida ko’rsatish mumkin. Bu borada isteьdodli kompozitor F. Alimov 
undan ortiq asar yaratdi. ―Nodirabegim‖, ―Fotima va Zuxra‖, ―Soyibxuja 
operatsiyasi‖ asarlari muvaffaqiyatli saxnalashtirildi. 
SHuningdek, ―Taqdir‖ (B.Lutfullaev), ―Ibroxim Alayxisallom‖ (T. Qurbonov), 
―Bir soatlik xalifa‖ (A.Mansurov), ―Xar kimki vafo qilsa‖ (A. Ikromov), ―To’ylar 
muborak‖ (M.Maxmudov), ―Bir kam dunyo‖ (A. Rasulov), ―Tilla tuxum‖ 
(A.Ikromov) singari musiqali spektakllar teatrlarimiz repertuarlaridan mustaxkam 
o’rin egalladilar. 
Dramatik spektakllar va kinofilrmlarga musiqa yaratish borasida xam ijodiy 
yutuqlarga erishildi. ―Mehrobdan chayon‖ videofilrmi (F.Alimov musiqasi, 1998), 
―O’tgan kunlar‖ kinofilьmi (M.Maxmudov musiqasi, 1998), ―Amir Temur‖ 
kinofilrmi (F.Yanov-Yanovskiy musiqasi, 1996), ―Quyoshi botmaydigan yurt‖ 
ko’p seriyali telefilьm (A.Ergashev musiqasi, 1999) va boshka qator asarlarni 
ko’rsatish mumkin. 
90-yillarda o’zbek xalqining mumtoz operalari bo’lmish (T. Sodiqov va R. 
Glierning ―Layli va Majnun‖ 1995, M. Ashrafiyning ―Dilorom‖, 2001) qayta 
ishlanib, yangicha talqinda namoyish etildi. A. Ikromovning ―Buyuk Temur‖, M. 
Bafoevning ―Al – Farg’oniy‖ operalari A. Navoiy nomidagi opera va balet teatri 
saxnasida o’z aksini topdi. 
X. Raximovning ―Ona qalbi2 kamer operasi, N. Muxammedinovning ―Qirq qiz‖ 
qorkalpoq operasi va ―Ayjamal‖ baleti xam muvaffaqiyat bilan namoyish etildi. 
Opera qo’shiqchiligida O’zbekiston xalq artisti Muyassar Razzoqova va qator 
yoshlarning ijrolari taxsinga sazovordir. 
Simfonik musiqa janrida xam kompozitorlarimiz ijodi barakali bo’ldi. Ushbu 
janrda I.Akbarov, M.Tojiev,M.Bafoev,R.Abdullayev, X.Raximov, A.Latifzoda, 
F.Yanov-Yanovskiy kabi kompozitorlarimiz simfonik asarlari xorijiy davlatlarda 


o’tkazilgan festivallarda xam munosib baxolandi. Ayniqsa, 1998 yildan buyon 
Toshkentda o’tkazilayotgan Xalqaro simfonik musiqa festivalida respublikamizni 
xamdustlik mam- lakatlari orasida yirik simfonik musiqa markazi darajasiga 
ko’tardi. Mustaqillik yillarida yaratilgan qator simfonik asarlarida g’oyaviy-
mazmun chuqurlashdi, shakl va uslub mukammallashdi, milliy an’analar 
mushtarakligida zamonaviy simfonik tafakkur va uslublar yuzaga keldi. 
Mirsodiq Tojievning g’oyaviy-falsafiy mavzuni eks ettiruvchi uchta katta 
simfoniyadan iborat ―Somon yo’li‖ turkumi aloxida axamiyatga egadir. 
Umumbashariy qadriyatlarni, tarixiy vokea va jarayonlarni, xaqiqat va 
insonparvarlik g’oyalarini o’zida aks ettirgan bu simfonik trilogiya xozirgi zamon 
o’zbek simfonik musiqasining nodir ko’rinishlaridandir. 
M. 
Tojievning 
umrining 
so’nggida 
yaratilgan 
19-simfoniyasi 
(1995) 
―Qaxramonlik‖ deb nom olgan bo’lib, u mustaqil O’zbekistonga bag’ishlanadi. 
Rustam Abdulaevning ―Tay oxanglari‖ kontserti (1993, o’zbek va tay oxanglari 
mutanosibligida yaratilgan bo’lib, 1999 yili Bankokda ushbu kontsertning lazer 
diski nashr etildi), 4- va 5-fortepiano kontsertlari: I.Akbarovning simfonik 
epitafiyasi, M. Bafoevning 4- ―Movarounnaxr‖ (1991, 5-―Xolati Alisher Navoiy2 
(1991), N. Yeiyosovning 11- ―Adashganlar‖ va 12-―Porlamoq‖ simfoniyalari, 
fortepiano va simfonik orkestr uchun 8- kontsert-maqomi, simfonik orkestr uchun 
9-kontsert makomi, Xabibulla Raximovning simfonik asarlari O’zbekiston 
simfonik musiqasining ravnaq topishiga muxim xissa bo’lib qo’shildi. 
Shu asnoda vokal-simfonik va xor musiqasi rivojini xam aytib o’tish lozim. 
O’zbekiston kompozitorlari yurtimizda kechayotgan o’zgarishlar, siyosiy 
jarayonlar aks etgan mavzularga bag’ishlangan syuita, poema, kantata va oratoriya
xor asarlari yaratmoqdalar va jumladan, cholg’u musiqasiga xam e’tiborni 
karatmoqdalar. 
Bu borada 1992 yili ―Sug’diyona‖ o’zbek xalq cholg’ulari kamer orkestrining 
tashkil etilishi (badiiy raxbar va bosh dirijyor F. Abduraximova) jaxonning qator 
davlatlari saxnalaridagi muvaffakiyatli chiqishlari axamiyatga molik vokeadir. 
O’zbekistonda istiqlol yillaridagi kompozitorlik ijodiyotining rivoji va yuksalishi 
kompozitorlar va bastakorlar uyushmasining ijodiy faoliyati bilan chambarchas 
bogliqdir. Uyushma respublikamizda turli tanlovlar va festivallar o’tkazilishiga 
bosh-kosh bulmoqda. 
1996 yildan boshlab respublikamizda ―O’zbekiston - Vatanim manim‖ qo’shiq 
tanlovi va 1997 yildan boshlab qo’shiq bayramlarining o’tkazilishi natijasida 
yangi-yangi qo’shiqlar va ularning ijrochilari kashf etilmoqda. Bu borada R. 
Abdullaev, A. Mansurov, X. Raximov, A. Nazarov, A. Ikromov, A. Rasulov, D. 
Omonullaeva, M. Bafoev, F. Alimov, N. Norxo’jaev singari kompozitorlar 
baraqali ijod qildilar. Ayniqsa, estrada qo’shiqchilik san’ati keng ko’lamda rivoj 


topa boshladi. 
Mustaqillik yillarining o’tgan davrlarida o’zbek musiqa madaniyatining ajralmas 
qismiga aylanib qolgan qardosh qoraqalpoq xalqining san’ati soxasida xam 
sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. Qoraqalpoq musiqasi azaldan o’z milliy 
qadriyatlarini, urf odatlarini, ma’naviy merosini o’zida aks ettirganligi bilan 
diqqatga sazovordir. 
Qoraqalpoq dostonchilari - jirovlar, baxshilar, qissaxonlar san’ati XX asrning 
so’ngi choragiga kelib keng targ’ibot etildi. 
Qoraqalpoq dostonchilik san’atining o’tmishdagi va xozirgi kundagi yirik 
namoyondalari xalq ziyolilari qatorida tilga olinib ularning ijodiy meroslari 
bo’lmish dostonlari, nasixat termalari, tarixiy tulgovlarini yozib olish, ularni nashr 
qilish kabi ishlar jadallashdi. SHuningdek, dostonlarning musiqiy matnlarini 
notaga olish xam yo’lga qo’yildi. (A.Xayratdinov ―Qobuz namalari‖, Nukus, 1986, 
―Jirov namalari‖ notaga oluvchi M. Jiemuratov, Nukus, 1991). Bu boradagi ijobiy 
ishlardan biri Buxoro va Navoiy tumanlarida yashovchi qoraqalpoq jirovlari bilan 
ijodiy aloqalarning qayta tiklanishi diqqatga sazavordir.Og’zaki an’anadagi 
qoraqalpoq xalq musiqasini yosh avlodga o’rgatish, ustoz-shogird an’anasini qayta 
tiklash maqsadida 1992 yili Japak baxshi Shamuratov nomidagi Nukus davlat 
san’at bilim yurtida fol’klor bo’limi ochildi.Ushbu bo’limda taxsil qurgan yosh 
jirov va baxshilar, sozandalar bugungi kunda respublikamizning musiqiy xayotida 
faol katnashmoqdalar. Ularning ayrimlari Frantsiya, Germaniya, Xindiston singari 
qator chet davlatlarda o’z san’atini namoyish qilib keldilar. Yosh jirovlar - 
Baxtiyor Yesemuratov, Bakbergen Serimbetov, baxshi qiz Ziyoda Sharipovalar 
shular jumlasidandir. Bugungi kunda Qoraqalpoq musiqasi barcha yo’nalishlarda 
samarali odimlamoqda. 

Download 207.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling