3-Mavzu. O’zbek estrada san’ati


Vokal va zamonaviy musiqa ijrochiligi


Download 207.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi207.06 Kb.
#1580223
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-4 Ma\'ruza Word

3.Vokal va zamonaviy musiqa ijrochiligi. 
Mustaqillik yillarida alohida ijrochilik salohiyatiga ega bo’lgan milliy estrada 
musiqasi va qo’shiqchiligiga to’xtalib o’tish joizdir. 
O’tgan 
asrning 
70-yillariga 
kelib 
qo’shiqchiligimizning 
va 
musiqa 
madaniyatimizning yangi yo’nalishi, ya’ni estrada janri tarkib topdi. Bu esa 
san’atimizda yangilik deb qabul qilindi. Taniqli kompozitorlar M. Burxonov, I. 
Akbarov, M. Leviev, A. Berlin, X. Izomov, E. Solixov, F. Qodirov, A. 
Muxamedovlar ommaviy estrada yo’nalishida xam muvaffaqiyatli ijod qildilar. 
O’zbek estradasining dastlabki qaldirg’ochlari yetishib chiqdi. B.Zokirov, 
L.Zokirova, K.Jalilova, B.Mavlonov, N.Zokirov, R.Sharipova, Yu.To’raev, 
S.Raximov, A.Ioshpe singari estrada xonandalari shular jumlasidandir. 
Yuqorida tilga olingan kompozitor va xonandalar o’zbek estradasining maktabini 
yaratdilar. Estrada qo’shiqlari teleradio dasturlari, kino va sahnaviy asarlar, 
kontsertlar orqali ommalashdi va o’zining muxlislariga ega bo’ldi. Xatto xalqaro 


sahnalarda ham o’rnini topib oldi. 
Mashhur estrada qo’shiqchisi, o’zbek estradasining so’nmas yulduzi Botir 
Zokirovning jahon sahnalaridagi muvaffaqiyati o’zbek estrada san’atini jahonga 
tanitdi. Uning o’z ona tili bilan bir qatorda turli tillarda aytgan qo’shiqlari 
estradamiz jahon sahnasiga chiqib olishida ko’prik bo’lib xizmat qildi. 
Istiqlol yillarida estrada ijrochilik san’atimiz yangi bosqichga ko’tarildi. SHu 
yillarda 
―O’zbeknavo‖ gastrol-kontsert birlashmasining tashkil etilishi
―O’zbekiston-Vatanim 
manim‖ 
qo’shiqlar 
bayramining 
o’tkazilishi, 
―O’zbekistonda estrada san’atini yanada rivojlantirish to’g’risida‖gi Prezident 
farmonlari bu borada yuksalish yulini belgilab berdi. 
«Ofarin», «Ona zamin yulduzlari», «Nixol» sovrinlari taxsis etildi. Yangi-yangi 
ijrochilar kashf etildi. Estrada kollektivlari, guruhlari, alohida ijrochi yoshlar 
xalqaro festivallarda, tanlov va kontsertlarda muvaffaqiyatga erisha boshladilar. 
Uzbek estradasining Farrux Zokirov va ―Yalla‖ vokal - cholgu ansambli, Mansur 
Toshmatov, Fulomjon Yoqubov, Nasiba Abdullaeva singari ustoz ijrochilari 
ketidan yangi avlod estrada vakillari barakali ijod qilmoqdalar. Yulduz Usmonova, 
Kozim Qayumov, Kumush Razzoqova, Nuriddin Haydarov, Ravshan Nomozov, 
Azim Mullaxonov, Fiyos Boytoev, Mavluda Asalxujayeva, Yulduz Abdullaeva, 
Mardon Mavlonov, Sofiya Saftarova, Salohiddin Azizboyev, Moxira Asadova, 
Ozoda 
Nursaidova 
Gulbahor 
Sulaymonova 
singari 
xonandalar 
shular 
jumlasidandir. 
Hozirgi zamonaviy o’zbek estrada san’atining yorqin yulduzi bulmish Yulduz 
Usmo- novaning ijodi taxsinga sazovordir. Uning ijrosidagi unlab qo’shiqlar 
xalkimizning, ayniksa, yoshlarning sevimli qo’shiqlariga aylanib ketdi. Ayniksa, 
―Xalqim‖, ―Xalq bo’l, elim‖, ―Xech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston!‖, 
―Dunyo‖ singari qo’shiqlari mustakillik yillarining eng yaxshi qo’shiqlari deb tan 
olindi. Uning xorijiy davlatlardagi gastrol-kontsert chikishlari natijasida chet 
ellarda xam muxlislarining ortib borayotganligi fikrimiz dalilidir. 
Xozirda faoliyat kursatayotgan yosh estrada guruxlari va xonandalarining ijodlari 
xam barakali bulmokda. Rashid Xolikov, Nilufar Raxmatova, Ilxom Farmonov, 
Sevara Nazarxon, Shaxlo Rustamova, Doston Ubaydullaev, Anvar Sanaev, 
Abdulaziz Karim, Toxir Sodikov, Dilfuza Raximova, Anvar Faniev, Abdulla 
Kurbonov, Nodir Lutfullaev singa- ri unlab yosh umidli estrada xonandalari ijodi 
bunga misol bula oladi. 
Mustakillik yillarida bolalar musikiy estrada janri xam yangicha kuzgu bilan 
namoyon buldi. Bu soxada Nadim Norxujaev, Avaz Mansurov, Dilorom 
Omonullaeva, Alisher Rasulov singari kompozitorlar faol ijodiy mexnat 
kilmokdalar. 
―Turkiston farzandimiz‖, ―Soglom avlod‖, ―Xumo qushim‖, ―Ramazon‖, ―Ok 


terak - mi, ko’k terak‖, ―Istiklolim‖, ―O’zim aylanay‖ singari qo’shiklar misol bula 
oladi. 
Bugungi kunda Sarvar Koziev va ―Kars‖ guruxi, ―Toshkent‖, ―Manzur‖, 
Muxammadjon Ruzimuxammedov va ―SHofayz‖, Doniyor Mamedov va 
―Bayram‖, Abdulla Shomagrupov va ―Nola‖, Rashid Xolikov va ―SHaxzod‖, 
Sevara Nazarxon va ―Sideriz‖, Abdulaziz Karim va ―Asr‖, Toxir Sodikov va 
―Bolalar‖, ―Xuja‖, ―Toj‖, ―Setora‖ singari guruxlar xozirgi davr yoshlar estrada 
musikasining asosiy buginini tashkil etadi. 
Albatta, bugungi kundagi estradamiz yutuklari bilan bir katorda kamchiliklarini 
aytib utish joizdir. CHunki bu xakda juda kup fikrlar bildirilmokda. Televidenieda 
debatlar uyushtirilmokda, matbuotda chikishlar kilinmokda. Avvalo, «Milliy 
estrada» atamasining mazmuni va moxiyatini yaxshi tushunmok darkor. Nima 
uchun ―Milliy estrada‖ atamasi kullanilmokda? Baxshi bir yosh estrada 
qo’shiqchilari – ―Estradaning millati bulmaydi, jahon estradasiga omuxta bo’lishi 
kerak‖, degan fikrni bildirishmokda. Bu albatta, bir tomondan jaxon estradasiga 
chikish yulida ma’lum nuqtai nazar bulishi mumkin, lekin jaxon estrada saxnasiga 
o’zbek milliy estradasi nomi bilan, xalkimizning juda boy musikiy merosiga 
suyagan xolda qo’shiqlar yaratib ijro etgan xolda chiqilsa, maqsadga muvofiq 
bo’lsa kerak. 
Bu borada o’ttiz yildan oshiq davrdan buyon barakali ijod kilib kelayotgan Farrux 
Zokirov raxbarligidagi xizmat kursatgan ―Yalla‖ ansamblini misol kilish mumkin. 
Bu ansambl o’zining xalqona ijrosi bilan bugungi kunda xam estafetani kullarida 
maxkam ushlab turibdi, bugungi kunning talabiga javob bermokda. 
Xozirda turk, eron, arab, frantsuz, ingliz, nemis estrada musikasidan foydalanib, 
o’zbekcha so’z qo’yib aytilayotgan qo’shiqlar ko’payib bormoqda. Bu albatta, 
achinarli xoldir. Yana bir tomoni, disket musiqasidagi ohanglar usuliga o’lchab, 
sayoz so’zlardan tashkil topgan, muallifi noma’lum she’rlardan ham 
foydalanilmoqda. 
Bu albatta, qo’shiq saviyasiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Natijada yuzlab esda 
qolmaydigan bir martalik yoki mavsumiy qo’shiklar ko’payib bormoqda. Yana 
shuni aytib o’tish lozimki, milliy estrada ruhidagi qo’shiqlar ijrosiga qo’l urishda 
an’anaviy 
qo’shiqlarni 
va 
xalqimizning 
sevimli 
qo’shiqlarini, 
xalq 
bastakorligining, mashhur qo’shiqlarini estrada yo’liga solib, buzilgan xolda ijro 
etishlar xam uchramoqda. Agar xalqona ijro uslublariga tayanib, xar bir ijroni 
yaxshi uzlashtirib, ana shu ijrodan leytmotiv singari foydalanilsa, maksadga 
muvofiq bo’lur edi. Ushbu fikrlarni amalga oshirishni estrada xonandalarining 
uzlariga xavola etamiz. 
Bugungi kunda Milliy estrada musikasini ravnak topishi uchun barcha 
imkoniyatlar mavjud bulib, uni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga 


kutarilganligi bois, xar bir ijodkordan samarali ijod kilishni, xalkimizga manzur 
buladigan qo’shiqlar va kuylar yaratishlikni talab etadi. San’atsevar xalkimiz 
uzining xakikiy ijodkori, fidoyi san’atkorlarini xamisha ardoklab kelgan. Zero, 
xozirgi zamon uzbek estrada san’ati fi- doyi, iktidorli yosh san’atkorlarga boy va 
xalkimiz ishonchini oklashdek saloxiyatga ega. 
Umuman olganda, milliy istiklol tufayli musika madaniyatimizning barcha 
jabxalari shaxdam kadamlar bilan yuksalish sari intilmokda. 
Tayanch iboralar: Zamonaviy musiqa, orkestr, xalqaro festeval, ansanbil, 
sinfonik musiqa, kompozitorlik ijodi, alla, faxir unvon, baxshi, jirov, kissaxon, 
guruh, ―sug’diyona‖.
Mustaqil ta’lim uchun savollar 
 
1. Musiqa madaniyatining taraqqiyotida mustaqilikning o’rni? 
2. Folklor jonrida ijod qilayotgan qanday ansambllarni bilasiz? 
3. Sinfonik janr xaqida nimalarni bilasiz? 
4. Sug’diyona o’zbek halq cholg’ulari kamer orkestri qachon tashkil topgan? 
5. Mustaqiligimiz sharofati bilan qanday davlat mukofatlari tasis etilgan?

Download 207.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling