3-Mavzu. O’zbek estrada san’ati
Estradaning turlari va uning tarqalish oqimalari
Download 207.06 Kb. Pdf ko'rish
|
3-4 Ma\'ruza Word
2. Estradaning turlari va uning tarqalish oqimalari. Zamonaviy o’zbek estradasidagi oqimlari.O’zbek tinglovchisi uchun yangi bo’lgan musiqiy estrada oqimi ―rep‖ning ―g’arblashgan‖, paydar-pay so’zlari ummoniga ko’mib borayotgan qalqib yurishi, yoshlar uning kelib chiqishi haqida o’ylashga vaqti yo’q. Aytish lozimki, ―rep‖ning tahlildan yiroq tovush kombinatsiyasi, ma’lum bir tartibga tushirilmagan usullari va ohanglari mazmunini ―yangilik‖ deb, ko’r-ko’rona baholovchilar soni ko’plab kuzatilmoqda. Tanqidchilar repni yo’nalish sifatida biron-bir estetik ta’sir beruvchi badiiy janr sifatida ham qabul qilmayaptilar. ―Rep‖ning ifoda xususiyati, ya’ni ―siniq‖ usullari, noaniq ohang tizimi ―yangilik‖ deb baholanishi yangi oqimning boshlanishi, qolaversa, uning badiiy jihatlarining asosiy belgisi paydar-paylik ekanligi ―repchi‖lar tomonidan o’zlariga ma’qul darajada izohlanib turibdi. Bu masala musiqashunoslik mezonlari bo’yicha ham g’ayritabiy - bepardalikka moslashishi mumkin. ―Rep‖ga jo’rnavozlik qilish nafaqat milliy, balki pop, rok va hokazo ijro uslublarida foydalaniladigan cholg’ularni ham noqulay, to’g’rirog’i, noaniq ifodaga chorlaydi. Bu uslub ijrochidan ovoz kuchi, tembr va diapazon talab qilmaydi. Ohang tizimi ham aytib o’tganimizdek, musiqiy ohang kanonlaridan yiroq, ―ohanglashuvgacha‖ bo’lgan intonatsiyada shakllangan. U qo’shiqchining gavda harakatlari, oyoq va qo’l harakatlari bilan mazmunan bog’lanmagan. Fon sifatida ―raqs‖ ijro qiluvchilar harakatlari va ―rep‖chi harakati orasida sinxronlik yo’q. Ularning harakatlarida yaxlitlik - kompozitsiya kuzatilmaydi. Mavjud harakatlar va ―rep‖chi ijrosi bir maqsadga bo’ysundirilmagan. ―Rep‖chi ham, raqqoslar va raqqosalar ham o’zlarining alohida harakat turi atrofida chegaralanadi. Sof intonatsiya yo’qligi tufayli jo’rnavozlik qiluvchi cholg’ular safida milliylik alomatlarini keltirib chiqaruvchi tovushlar harakati haqida fikr yuritish mumkin ham emas. Sababi, qayd qilganimizdek, bu ijro yo’nalishida sof intonatsiya ―g’alizlik‖ belgisi sifatida tushuniladi. Qo’shiqchi intonatsiyasining ―tozaligi‖ bepardalikka yaqin tovushlar majmuidan tashkil topishi ular uchun muhim omil sanaladi. Xorij ―rep‖ tovush tizimini to’g’ridan-to’g’ri ko’chirib, badiiy ―boyitish‖ maqsadini amalga oshirishda ham, ijroga shaxsiy talqin - ifodasini qo’llashda ham noaniqliklar mavjud. Pop, qisman rok yo’nalishida ijod qiladigan ijrochilar sahnalardan tashqari turli xalq marosimlari (to’ylar, bayramlar va hokazo)da ishtirok etsalar, rep faqat sahnada qolib ketmoqda. Unda mujassam bo’lgan repperona g’oya zamonaviy xorij musiqa psixologiyasidan sharq, xususan, o’zbek tinglovchisi tafakkuriga moslab, tabiiy tarzda singdirilmas ekan, uning faoliyati ommalashmaydi. Uning estetik ma’naviy ta’siri milliy musiqa va uning haqiqiy durdonalari bilan hali tanishib, bahra olib ulgurmagan yoshlar ruhiyatini badiiy jihatdan nomukammal, mavhum mazmun bilan chalg’itmasligi kerak. Sharqona estetik vazifa ular uchun ham ijod mahsuli bo’lishi lozim. ―Rep‖ oqimining dastlabki shakllanishi davridagi omadsiz ―izlanishlar‖ davri o’tdi. Bunday asarlar ijodkorlari yangi topilma qilayotganlar kabi, sharq va g’arb ijodkorlaridan ko’chirma qila boshlashlari bilan birgalikda ana shu ijod printsipini o’zlari darajasidagi fikrlovchi san’atkorlarga ham singdira boshladilar. Chunonchi, ―rep‖ yo’nalishi ijodkorlari yaratayotgan qo’shiqlar shou-biznes talablariga moslashtirilib, xalq badiiy tafakkuri qobig’idan chiqishi oddiy holga aylanib bormoqda.Bu borada ayrim taniqli estrada qo’shiqchilarining fikrlarida ham noaniqliklar mavjud. Xususan, ―...maqomlarni maromiga etkazib ijro etadigan san’atkorlar nega uch-to’rtkun kontsert bera olmayapti-yu, kecha chiqqan ―repper‖ uch kun kontsert berdi? Chiptalar etmay qoldi‖.Shou-biznesni to’g’ri qabul qilish kerak.Qanaqa rep uslubi yoki yo’nalishida ijod qilayotgan yoshlarning yo’li to’silishi yoki ushbu yo’nalishga barham berilishi kerak, degan fikrdan endi ko’plar voz kechdi. Shuning bilan birgalikda ularning niyati faqat chipta sotib, odam yig’ishdan iborat, xalq badiiy tafakkuridan yiroq bo’lgan ―Chet‖ andazasini milliy musiqiy talablarga zid qo’yib, sharm-hayo, ibo, qolaversa, qo’shiq aytish san’atini o’zlashtirmasdan ―kuylash‖dir deganlar ham o’zgardi. Shuningdek, ―rep‖ yo’nalishidagi ―qo’shiq‖, ―raqs‖ va ularga jo’rnavozlik qiluvchi cholg’ular sadosidagi ayrim tovushlar badiiy nuqtai nazardan repning spetsifik xususiyatiga mos kelsada, asar sifatida bajaradigan vazifasi estetik nuqtai nazardan uzoq, mazmunsiz, fikri o’rinli, bular ham falsafiy mulohaza yurita oladi, degan tushuncha egallamoqda. Endi ―rep‖chi qaysi musiqiy janr yo’nalishida tarbiyalanishi jumboq bo’lib turibdi, sababi, nomukammal tovush fonini tuzish, raqssimon gavda harakatlari va ―qo’shiq‖ mazmunini qo’l orqali ifodalash – yaxlit badiiy to’kislikdan uzoqligi bunga sabab bo’lmoqda. Demak, bu yo’nalishda ham sharqona me’yor bo’lishi ushbu oqim mazmuniga oydinlik kiritadi. Tamomila mustaqil janr sifatida mavjud estrada yo’nalishlari qobig’ida, ularga qaram bo’lmasada,―Qo’shiq kuylash‖ printsiplari ―rep‖chilar tomonidan o’zlashtirilishi kerak bo’ladi. Aks holda, uning yaratilishi va ijro printsiplari mavhumligicha qolib ketishi mumkin. Estradada zamonaviylik va milliylik.Bastakor aranjirovkachilar I.Akbarov, Ye.Shiryaev, E.Salixov, E.Jivaev va boshqalar ijodida milliylikka tayanib yaratilgan musiqiy asarlar paydo bo’ldi. XX asr - o’tgan asrning ikkinchi yarmi estrada musiqasi ham alohida janr darajasida san’at turi sifatida shakllana boshladi. Chunki, ularning dastlabki asarlari estrada-simfonik orkestr jo’rligida ijro qilingan bo’lsa, so’ngra elektrlashtirilgan gitaralar, undan keyinroq gitaralar safiga qo’shilgan organlar va boshqa cholg’ular ishtirokidagi ansambllarda amalga oshirila boshlandi. Qayd qilingan cholg’ular o’zbek milliy musiqa ijrochiligida ishtirok etmasa-da, ular orqali milliy ―ifoda‖ berish uchun turli yondashuvlar, izlanishlarga olib borildi. Shunday bo’lsa-da, milliy musiqa tovush vositasi - milliy cholg’ulardan foydalanish keng miqyosda o’z aksini topgani emas edi. Keyingi yillarda milliy cholg’ular ijrosi Madaniyat va sport ishlari vazirligi qoshidagi estrada-simfonik orkestr faoliyatida o’z ifodasini topmoqda. Endilikda estrada qo’shiqlari orasida milliylik kanonlariga tayanib yaratilgan asarlar qatorida qo’yilayotgan ―ko’chirmachilik‖, g’aliz intonatsiya, ―quroqlashgan‖ ohang tizimi va hokazo ijrochilik bilan bog’liq unsurlarni yoritishga urg’u berilmoqda. Estrada xonandasining kasbiy darajasi mumtoz musiqa ijrochilari qatorida millat badiiy g’oyasi va ichki dunyosini anglash bilan birgalikda, xalq tarixi, sotsial o’zgarishlar va ma’naviy talab asosida to’ldirilishi lozim. Bu ma’lum bir musiqiy oqim yoki shaklga intilish bilan belgilanmasdan, davr badiiy g’oyasiga, xalq merosiga bog’liq kechishi maqsadli hisoblanadi. Musiqadagi estrada janri, bu - turli madaniyatlar, xalqlar badiiy g’oyalari aks etgan musiqa turidir. Lekin, uning barcha ko’rinishlariga yengil musiqa - inson ruhiga faqat hayotbaxshlik kayfiyatini olib kiruvchi omil sifatida qaraladi. Bu yo’ldagi izlanishlar ohang o’g’irligi, ya’ni qaroqchilik nokasbiy darajadagi mutaxassislar orasida ―o’zi yozib‖, ―o’zi kuylovchilar‖ safini kengaytirib yubordi.Sun’iy tarzda to’qiladigan jo’rovozlik bilan birga qo’shiqchi ovozidagi nuqsonlarni kompyuter yordamida ―tekislash‖ ham yo’lga qo’yildi. Bu haqiqiy san’atda an’ana bo’lib kelgan uzviylikni, hatto davomiylikni ham inkor qiluvchi ―inkubator‖ ko’rinishni joriy qilishdir. Jahon estradasi yulduzlari orqasidan izlab quvish, ularga ko’r- ko’rona taassub qilish, hatto nazardan qolganlariga ham sajdada bo’lish hozirgi kunda keng avj oldi. Bu o’zbek estradasidagi musiqa janriga nisbatan o’tkinchi janr yoki nomustaqil ijod turi sifatida qarovchilar safini kengaytirdi. Estrada musiqasi boshqa tizimga o’tib ketdi, uning endi xalqchil bo’lishi qiyin yoki mumkin emas qabilida aytilayotgan tezislarning ko’payishiga imkon yaratildi. Natijada ―milliy estrada‖ degan tushuncha hali-hanuz mezonsiz qolmoqda va unga milliy musiqa janrlari qatorida o’z estetik qiymatiga ega san’at turi sifatida jiddiy qaralmay kelinmoqda. Vaholanki, o’zbek milliy estrada qo’shiqchiligi tamal toshini qo’ygan Botir Zokirov va uning izdoshlari, zamondoshlari Yunus To’raev, Staxan Rahimov, Alia Yoshpe va boshqalar o’zbek estradasi sahnasida milliy va nomilliy kuylash uslubini sintezlashtirish natijasida uni shaklan va mazmunan uyg’unlashtirishga erishganlar. Mazkur bog’liqlik turli me’yoriy ko’rinishlarga ega. Pirovardida, o’zbek kasbiy qo’shiqchiligidagi nola, qochirimlaridek bezaklari ko’p xalqlarda mavjud emas. Hatto qator jahon estrada yulduzlari tabiatida ham bizchalik tovush bezaklari mujassamlashmagan.Shunday ekan, nima uchun ayrim yulduzlar uslublari bizda majburan ifoda topishi shart bo’lishi kerak?! Mumkin, ularda mujassam bo’lgan ijro texnikasi ko’p jihatlari bilan bizning kasbiy estrada qo’shiqchilarimiznikidan ustundir. Lekin, ular o’ta qadimiy madaniyati, urf-odatlariyu qadriyatlarini asrlar davomida saqlab, boyitib kelayotgan xalq vakillaridan badiiy-g’oyaviy jihatdan ustun bo’lmasalar kerak. Ana shu milliylik unsurlari mushtarak bo’lgan ijrochilik tizimi hayot qonuniyatlari kesimida dunyoviy tasavvurga ega bo’lgan B.Zokirov, Yu.To’raev,N.Abdullaeva, M.Mavlonov, G’.Yoqubov, O.Nazarbekov, M.Nomozov, G.Mamazoitova, kabi qator ijod sohiblarini etkazib berdi. Ularning ovoz dinamikasi, diapazonlari va tembrlari naqadar rang-barngaldigini ko’rish mumkin. Taniqli munaqqidlardan birining maqola muallifi tilga olgan: ―Axloqi buzuq, ma’nan qashshoq odam sahnadan turib tomoshabinni poklik va olijanoblikka da’vat eta olmaydi‖, degan so’zlari, nazarimizda, nafaqat teatr aktyorlariga, balki sahnaga chiqayotgan har bir ijrochiga (xonanda, raqqosa, qiziqchi va hokazo) ham tegishli. Xalqimizning ma’naviy kamolotida barcha san’atlarning o’ziga xos o’rni bor. Jumladan, qo’shiqchilik san’ati ham bu borada alohida ahamiyat kasb etib borayotgani hammamizga ma’lum. Negaki, qo’shiqni har uni televidenie, radio to’lqinlari, ko’cha-kuyda, bozorlarda, hatto avtotransport vositalarida ham eshitamiz. Quloqqa yoqadimi-yo’qmi eshitishga (tinglashgaemas) majburmiz. Yoshi ulug’lar ham buholatga ko’nikib bo’lishdi. Shuning uchun bugun qaerga bormaylik, kim bilan suhbatlashmaylik, gap aylanib estrada xonandalariga kelib taqalyapti. Haqiqatan, yangi-yangi ovozlar ko’payib boryapti. Yurtimiziste’dodlarga boy. Ana shu yoshlarningemin-erkin ijod qilishi uchun barcha shart-sharoitlarya ratilgan. Ayniqsa, ―O’zbekiston — Vatanim manim‖, ―Yagonasan, muqaddasVatan‖, ―Nihol‖, ―Yangi avlod‖, ―Yangi nomlar‖, ―Kelajak ovozi‖ kabiko’rik-tanlov va festivallar iste’dodlarning yuzaga chiqishida katta omil bo’lyapti. Ammo sholi orasida kurmagi ham bo’lganidek, bu sohaga muayyan tayyorgarliksiz kirib kelayotganlar ham oz emas. Ana shunday chala savod xonandalar tufayli sayoz, tumtaroq matnli qo’shiqlar ko’payib bormoqda. Bu borada ommaviy axborot vositalari orqali tez-tez chiqishlar ham bo’lyapti. Afsuski, bunday chiqishlarni ko’p hollarda aksariyat ziyolilar o’qiydi.Xonandalarning birortasi tanqidiy maqolalarni o’qirmikan, deb o’ylab qolasan kishi. Ochig’inia ytish kerak, bugun qo’shiqchilik san’ati va qo’shiqchilar oldida talay vazifalar turibdi. Professor Sharif Yusupovning ―Hofizning so’nggi xonishi‖ maqolasida 2 ustoz san’atkorlarimiz Shoqosim, Shoolim Shojalilov va ularning ustozi Jo’raxon Sultonov,Komiljon Otaniyozovlarning el oldida o’zini tutishi, bir-birlariga iltifot, san’atkor odobi haqida juda ibratli voqealar tilga olingan. Bularni o’qib, ustoz san’atkorlarning buyukligi nafaqat ularning san’atida, oddiyligiyu kamtarligida bo’lsa kerak, degan o’y xayolimizdan o’tdi. Download 207.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling