3-Mavzu. O’zbek estrada san’ati
Simfonik musiqa janri va kompozitorlik ijodiyoti
Download 207.06 Kb. Pdf ko'rish
|
3-4 Ma\'ruza Word
2.Simfonik musiqa janri va kompozitorlik ijodiyoti.
Istiqlol yillarida musiqiy madaniyatning barcha yunalishlari qatorida zamonaviy kompozitorlik yo’nalishi xam o’z so’zini aytmoqda. Bu soxada kontsert - ijrochilik, musiqali teatr xayoti, an’anaviy va akademik ijrochilik, musiqa taьlimi, kompozitorlik ijodiyotining umumiy yuksalishi bilan bog’lik xolda taqqoslash mumkin. Bu davrlarda musiqiy saxnaviy janrlarda ijod etgan kompozitorlarning ijodlarini aloxida ta’kidlash o’rinlidir. Mustafo Bafoevning «Buyuk ipak yuli» teatrlashgan musiqiy asari (rejissyor Baxodir Yuldoshev) Parijda YuNESKO qarorgoxida, Samarqandda 1 xalkaro «SHarq Taronalari» festivalininshg ochilishida quyilib, zo’r muvaffaqiyatga erishildi. Yana shu kompozitorning ―Zardushtiylar marosimi‖ balet oratoriyasi, ―Buxoroi SHarif‖ opera dostoni, I. Akbarovning ―Ibtido xatosi‖ opera-oratoriyasi diqqatga sazovordir. Musiqiy saxnaviy janrlarda ijod etgan kompozitorlar orasida Farxod Olimov, Xabibullo Raximov, Avaz Mansurov, Nurilla Zokirov, Anvar Ergashev, Baxrilla Lutfullaev, F. Yanov-Yanovskiy, Mirxalil Maxmudov, To’lqin Qurbonov, Alisher Rasulov ijodlarini aloxida ko’rsatish mumkin. Bu borada isteьdodli kompozitor F. Alimov undan ortiq asar yaratdi. ―Nodirabegim‖, ―Fotima va Zuxra‖, ―Soyibxuja operatsiyasi‖ asarlari muvaffaqiyatli saxnalashtirildi. SHuningdek, ―Taqdir‖ (B.Lutfullaev), ―Ibroxim Alayxisallom‖ (T. Qurbonov), ―Bir soatlik xalifa‖ (A.Mansurov), ―Xar kimki vafo qilsa‖ (A. Ikromov), ―To’ylar muborak‖ (M.Maxmudov), ―Bir kam dunyo‖ (A. Rasulov), ―Tilla tuxum‖ (A.Ikromov) singari musiqali spektakllar teatrlarimiz repertuarlaridan mustaxkam o’rin egalladilar. Dramatik spektakllar va kinofilrmlarga musiqa yaratish borasida xam ijodiy yutuqlarga erishildi. ―Mehrobdan chayon‖ videofilrmi (F.Alimov musiqasi, 1998), ―O’tgan kunlar‖ kinofilьmi (M.Maxmudov musiqasi, 1998), ―Amir Temur‖ kinofilrmi (F.Yanov-Yanovskiy musiqasi, 1996), ―Quyoshi botmaydigan yurt‖ ko’p seriyali telefilьm (A.Ergashev musiqasi, 1999) va boshka qator asarlarni ko’rsatish mumkin. 90-yillarda o’zbek xalqining mumtoz operalari bo’lmish (T. Sodiqov va R. Glierning ―Layli va Majnun‖ 1995, M. Ashrafiyning ―Dilorom‖, 2001) qayta ishlanib, yangicha talqinda namoyish etildi. A. Ikromovning ―Buyuk Temur‖, M. Bafoevning ―Al – Farg’oniy‖ operalari A. Navoiy nomidagi opera va balet teatri saxnasida o’z aksini topdi. X. Raximovning ―Ona qalbi2 kamer operasi, N. Muxammedinovning ―Qirq qiz‖ qorkalpoq operasi va ―Ayjamal‖ baleti xam muvaffaqiyat bilan namoyish etildi. Opera qo’shiqchiligida O’zbekiston xalq artisti Muyassar Razzoqova va qator yoshlarning ijrolari taxsinga sazovordir. Simfonik musiqa janrida xam kompozitorlarimiz ijodi barakali bo’ldi. Ushbu janrda I.Akbarov, M.Tojiev,M.Bafoev,R.Abdullayev, X.Raximov, A.Latifzoda, F.Yanov-Yanovskiy kabi kompozitorlarimiz simfonik asarlari xorijiy davlatlarda o’tkazilgan festivallarda xam munosib baxolandi. Ayniqsa, 1998 yildan buyon Toshkentda o’tkazilayotgan Xalqaro simfonik musiqa festivalida respublikamizni xamdustlik mam- lakatlari orasida yirik simfonik musiqa markazi darajasiga ko’tardi. Mustaqillik yillarida yaratilgan qator simfonik asarlarida g’oyaviy- mazmun chuqurlashdi, shakl va uslub mukammallashdi, milliy an’analar mushtarakligida zamonaviy simfonik tafakkur va uslublar yuzaga keldi. Mirsodiq Tojievning g’oyaviy-falsafiy mavzuni eks ettiruvchi uchta katta simfoniyadan iborat ―Somon yo’li‖ turkumi aloxida axamiyatga egadir. Umumbashariy qadriyatlarni, tarixiy vokea va jarayonlarni, xaqiqat va insonparvarlik g’oyalarini o’zida aks ettirgan bu simfonik trilogiya xozirgi zamon o’zbek simfonik musiqasining nodir ko’rinishlaridandir. M. Tojievning umrining so’nggida yaratilgan 19-simfoniyasi (1995) ―Qaxramonlik‖ deb nom olgan bo’lib, u mustaqil O’zbekistonga bag’ishlanadi. Rustam Abdulaevning ―Tay oxanglari‖ kontserti (1993, o’zbek va tay oxanglari mutanosibligida yaratilgan bo’lib, 1999 yili Bankokda ushbu kontsertning lazer diski nashr etildi), 4- va 5-fortepiano kontsertlari: I.Akbarovning simfonik epitafiyasi, M. Bafoevning 4- ―Movarounnaxr‖ (1991, 5-―Xolati Alisher Navoiy2 (1991), N. Yeiyosovning 11- ―Adashganlar‖ va 12-―Porlamoq‖ simfoniyalari, fortepiano va simfonik orkestr uchun 8- kontsert-maqomi, simfonik orkestr uchun 9-kontsert makomi, Xabibulla Raximovning simfonik asarlari O’zbekiston simfonik musiqasining ravnaq topishiga muxim xissa bo’lib qo’shildi. Shu asnoda vokal-simfonik va xor musiqasi rivojini xam aytib o’tish lozim. O’zbekiston kompozitorlari yurtimizda kechayotgan o’zgarishlar, siyosiy jarayonlar aks etgan mavzularga bag’ishlangan syuita, poema, kantata va oratoriya, xor asarlari yaratmoqdalar va jumladan, cholg’u musiqasiga xam e’tiborni karatmoqdalar. Bu borada 1992 yili ―Sug’diyona‖ o’zbek xalq cholg’ulari kamer orkestrining tashkil etilishi (badiiy raxbar va bosh dirijyor F. Abduraximova) jaxonning qator davlatlari saxnalaridagi muvaffakiyatli chiqishlari axamiyatga molik vokeadir. O’zbekistonda istiqlol yillaridagi kompozitorlik ijodiyotining rivoji va yuksalishi kompozitorlar va bastakorlar uyushmasining ijodiy faoliyati bilan chambarchas bogliqdir. Uyushma respublikamizda turli tanlovlar va festivallar o’tkazilishiga bosh-kosh bulmoqda. 1996 yildan boshlab respublikamizda ―O’zbekiston - Vatanim manim‖ qo’shiq tanlovi va 1997 yildan boshlab qo’shiq bayramlarining o’tkazilishi natijasida yangi-yangi qo’shiqlar va ularning ijrochilari kashf etilmoqda. Bu borada R. Abdullaev, A. Mansurov, X. Raximov, A. Nazarov, A. Ikromov, A. Rasulov, D. Omonullaeva, M. Bafoev, F. Alimov, N. Norxo’jaev singari kompozitorlar baraqali ijod qildilar. Ayniqsa, estrada qo’shiqchilik san’ati keng ko’lamda rivoj topa boshladi. Mustaqillik yillarining o’tgan davrlarida o’zbek musiqa madaniyatining ajralmas qismiga aylanib qolgan qardosh qoraqalpoq xalqining san’ati soxasida xam sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. Qoraqalpoq musiqasi azaldan o’z milliy qadriyatlarini, urf odatlarini, ma’naviy merosini o’zida aks ettirganligi bilan diqqatga sazovordir. Qoraqalpoq dostonchilari - jirovlar, baxshilar, qissaxonlar san’ati XX asrning so’ngi choragiga kelib keng targ’ibot etildi. Qoraqalpoq dostonchilik san’atining o’tmishdagi va xozirgi kundagi yirik namoyondalari xalq ziyolilari qatorida tilga olinib ularning ijodiy meroslari bo’lmish dostonlari, nasixat termalari, tarixiy tulgovlarini yozib olish, ularni nashr qilish kabi ishlar jadallashdi. SHuningdek, dostonlarning musiqiy matnlarini notaga olish xam yo’lga qo’yildi. (A.Xayratdinov ―Qobuz namalari‖, Nukus, 1986, ―Jirov namalari‖ notaga oluvchi M. Jiemuratov, Nukus, 1991). Bu boradagi ijobiy ishlardan biri Buxoro va Navoiy tumanlarida yashovchi qoraqalpoq jirovlari bilan ijodiy aloqalarning qayta tiklanishi diqqatga sazavordir.Og’zaki an’anadagi qoraqalpoq xalq musiqasini yosh avlodga o’rgatish, ustoz-shogird an’anasini qayta tiklash maqsadida 1992 yili Japak baxshi Shamuratov nomidagi Nukus davlat san’at bilim yurtida fol’klor bo’limi ochildi.Ushbu bo’limda taxsil qurgan yosh jirov va baxshilar, sozandalar bugungi kunda respublikamizning musiqiy xayotida faol katnashmoqdalar. Ularning ayrimlari Frantsiya, Germaniya, Xindiston singari qator chet davlatlarda o’z san’atini namoyish qilib keldilar. Yosh jirovlar - Baxtiyor Yesemuratov, Bakbergen Serimbetov, baxshi qiz Ziyoda Sharipovalar shular jumlasidandir. Bugungi kunda Qoraqalpoq musiqasi barcha yo’nalishlarda samarali odimlamoqda. Download 207.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling