3-Mavzu. O’zbek estrada san’ati
Download 207.06 Kb. Pdf ko'rish
|
3-4 Ma\'ruza Word
4. Musiqiy ta’lim orqali o’quvchilarga estetik tarbiya berish Qadimdan Sharq va G’arb madaniyati bir-biriga qarama-qarshi holda kurashib, rivojlanib kelmoqda. Sharqning G’arbdan ustunlik tomoni shundaki, SHarqda ta’lim va tarbiya masalasiga birdek e’tibor qaratib kelinadi. G’arbda asosan barcha diqqat e’tibor ta’limga qaratilgan. ―XXI asr vabosi ―deb nom olgan va butun dunyoga katta xavf solib turgan ommaviy madaniyat o’zining ―girdobi‖ga asosan millati, madaniyati, urf-odati, san’ati, milliy estetik tarbiyasidan yiroqroqda bo’lgan tajribasiz, o’quvsiz yoshlarni tortib bormoqda. Dunyoning shiddat bilan rivojlanib, axborot uzatish jadallashi, uyali telefon orqali internet tarmoqlariga ulanish, yaroqsiz va keraksiz ma’lumotlarni olish va jo’natish o’sib kelayotgan yoshlarning ongiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmasdan qolmayapti. Bugungi zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanib borishi jarayonida yoshlarni ommaviy madaniyatga ko’r-ko’rona taqlit qilib borishi, ta’lim va tarbiya masalasiga har qachongidan ham jiddiyroq e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. Ustida chet el bayroqlari yoki turli yarim-yalong’och qizlar sura’ti tushirilgan kiyimlarni kiyib, qulog’ida naushnik taqib, shovqinli tovushlardan iborat bo’lgan ritmlarni ―kuy-ohang‖ sifatida qabul qilayotgan yoshlarimizni ko’rib, ko’rmaslikka olish nohaqlikdir. Bunday yengil, shovqinli ritmik tovushlar yoshlar ongi va tafakkurini sayozlashtirib, kichik qolibga solib qo’yadi. Bu esa ertaga ularni turli xalqimiz madaniyati va ma’naviyatiga xos bo’lmagan oqimlar ta’siriga oson tushib qolishiga olib kelishi mumkin. Maktabda musiqa o’qituvchisi sifatida faoliyat yuritayotgan har bir o’qituvchi o’quvchilarni musiqa san’ati orqali tarbiyalash jarayonida milliy musiqaga alohida e’tibor qaratishi lozim. Chunki milliy musiqa san’atimizning mazmunan rang-barangligi: allayu-qo’shiq, yalla, termayu- lapar, yor-yoru-o’lan, katta ashulayu-maqom qaysi bir janrni u o’zining dilbar ogangi, sho’x usullari nolayu serjilo qochirmalari bilan o’zbekning tabiatini, o’zgaga o’xshamas udum va urf-odatlarini musiqiy ohanglar orqali tarannum etadi va har bir o’quvchi yosh uni tushunadi, his hayajon bilan idrok etish va undan qalb to’la zavq-shavq olishi tabiiy holdir. O’qituvchi boshlang’ich sinflarda ta’lim va tarbiya birligiga erishmoqchi ekan, shuni alohida nazarda tutmog’i lozimki bu tarbiyaning muvaffaqiyati quyidagi pedagogik shart-sharoitlarni ta’limoti orqali amalga oshirib borishi mumkin. Ular quyidagilardir: - har bir darsning estetik nuqtai nazardan aniq maqsadga qaratilgan bo’lishi; - dars uchun musiqiy materiallarni, o’rgatish metodlarini, uslub va vositalarni to’g’ri tanlay olish; - o’qituvchi tomonidan har bir sinf, har bir o’quvchining o’ziga xos xususiyatlarini, musiqiy qobiliyatlarini, ijro va idrok imkoniyatlarini hisobga olishi; - o’quvchilarda musiqiy estetik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan mantiqiy, maqsadga muvofiqlik uzluksizlikning ta’minlangan bo’lishligi; - musiqiy estetik tarbiya jarayonida o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning hissiy, ijodiy va ahloqiy faoliyatlarining mutanosibligi ta’minlangan bo’lishligi. Musiqiy tarbiyada ta’lim bilan tarbiyani mushtarak bo’lishligi ta’limning ilmiy ongli, ko’rgazmali, tushunarli, o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkam bo’lishi kabi tamoyillarga jiddiy amal qilgan holda olib borilishiga erishish lozim. Musiqa darslarida o’qituvchi o’z oldiga o’quvchilarni musiqiy estetik madaniyatlarini shakllantirishni maqsad qilib qo’ysa u holda quyidagi asosiy ko’rsatkichlar provard natija ekanligini yodda tutmog’i lozim: 1.O’quvchilarda musiqa darsilariga nisbatan qiziqish va havas tobora orta borishi. 2.Sinf va sinfdan tashqari musiqa mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarnining ijodiy faolligini va tashabbusi orta borishi. 3. Qo’shiqlarni xushohang, musiqani diqqat va ishtiyoq bilan tinglash, asarlardan xushsozlik, xushovozlik va undan go’zallikni anglay olishni, unga o’z munosabatini bildira olish malakalarini shakllantirib borishi. 4. Musiqiy estetik faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirgan bo’lishi. 5.O’quvchilarda musiqa san’ati ta’sirida go’zallikka intilish, rostgo’ylik, do’stlikni qadrlash kabi axloqiy estetik tushunchalarni tarkib topa borishi. Darsda o’zini tuta bilishi, muomala, kiyinish kabi estetik madaniyatning bir qator sifatlarini shakllantirib borishi. Gap musiqada, ta’lim va tarbiya haqida ketar ekan o’quvchi yoshlarda eng avvalo sog’lom didni shakllantirib borish e’tiborda bo’lishi kerak. Yuksak badiiy didni tarbiyalashda san’atning hamma turlari muhim va ularning har biri o’z xususiyati va imkoniyatiga ega. Mamlakatimiz maktablarida estetik tarbiyani amalga oshirish, o’quvchilarda yuksak estetik badiiy didni voyaga etkazish uchun zaruriy zamin xozirlab berishning, yoshlarga san’at asarlarining estetik mohiyatini singdirishning muhim tarmog’idir.Shu munoasabat bilan maktabda musiqa tarbiyasini amalga oshirishda o’quvchilarning musiqaviy ma’lumotlariga alohida e’tibor berish, ularni dastur talablariga muvofiq musiqaviy bilim bilan qurollantirish. Musiqa haqida bilim – ma’lumotlarini chuqur, puxta o’zlashtirishga erishish eng muhim vazifalardandir. Badiiy did tarbiyasining asosi ham maktabda, dars jarayoni, o’quv mashg’ulotlari vaqtida vujudga keladi.Xo’sh hozirgi maktablarimizda o’quvchilarning badiiy didlari biz hohlagandek shakllanayotganmikan? Savol tariqasida shularni aniqlash mumkinki ko’pchilik o’quvchilarimizda g’arb musiqasiga bo’lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, ularni maktab dasturidagi kuy va qo’shiqlar borgan sari qiziqtirmay qo’ymoqda, hatto ulardan qanday kuy va qo’shiqlarni yoqtirasizlar deb so’ralsa, albatta g’arb davlatlaridagi hozirgi mashhur qo’shiqlarni misol tariqasida keltiradilar. Hatto qo’shiqlarni ijro etib berishni iltimos qilishadi. Ularning bu darajada g’arb davlatlari madaniyatiga ixlos qo’yishlari natijasida ularning badiiy didlari ham shunga moslashib rivojlanmoqda. Buni ba’zi o’quvchilarning tashqi ko’rinishlari ham isbotlab turibdi. Biz maktablarimizni qat’iy suratda, faqat ta’lim maktabi emas, balki estetik maktab bo’lishiga intilamiz. O’quvchilarda estetik didni tarbiyalashda maktabning butun hayoti barobar qatnashsada, musiqa darsining alohida ahamiyati bor. Ya’ni musiqa darsi badiiy didni tarbiyalashda ta’sirchan vositadir. Bu borada eng ma’suliyatli vazifa musiqa o’qituvchilariga topshiriladi. Badiiy did tarbiyasini birinchi sinf musiqa darslaridanoq boshlash har bir musiqa o’qituvchisining vazifasidir. Birinchi sinfdagi dastlabki darslardanoq o’qituvchi o’quvchilarning har bir o’rganilayotgan asarni diqqat va e’tibor bilan tinglashiga, uning ifoda vositalari va mazmunini to’la idrok etishiga o’rgatishi zarurki, bu shunchalik odat tusiga kirib boradi va badiiy didni o’stirishda muhim rol o’naydi. Bundan tashqari o’qituvchi darsni badiiy did tarbiyasining quyidagi asosiy vositalaridan foydalangan holda olib borishi kerak. - qiziqarli repertuar to’play bilish; - ijrochilik malakalarini tarbiyalash; - ashulachilik malakalarini o’stirish; - musiqa tinglash va tahlil qila bilish; - darsdan olgan bilimlarini turli musiqa to’garaklarida takomillashtirish. Bu borada ayrim taniqli san’atkorlarimizning fikrlarini keltiramiz: - Musiqaning hayotimizda tutgan o’rni beqiyos. Ona allasi bilan mehr-muhabbat, ezgulik, muruvvat tuyg’ulari qalbimizga joylanadi. Ayniqsa, milliy qadriyatlarimiz bo’lgan raqs, folьklor, estrada san’atida ma’naviy me’rosni asrab-avaylab kelmoqda. Download 207.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling