3-Mavzu. O’zbek estrada san’ati


Estradada – “ommaviy madaniyat”ning suqilib kelishi


Download 207.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi207.06 Kb.
#1580223
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-4 Ma\'ruza Word

3.Estradada – “ommaviy madaniyat”ning suqilib kelishi 
2
“Театр” журнали 2010 йил 4-сон. 


O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining dastlabki kunlaridan barcha 
sohalarda bo’lgani kabi o’zbek milliy musiqa madaniyatiga har qachongidan ham 
jiddiy e’tibor qaratildi. Mamlakat Prezidenti I.Karimovning say’-haraktlari va 
shaxsiy tashabbuslari bilan 21 mart umumxalq Navro’z bayrami sifatida keng 
nishonlandi. ―Ramazon hayiti‖, ―Qurbon hayiti‖ kabi diniy qadriyatlarmiz qayta 
tiklandi va ularning Respublikamizning barcha xududlarida Prezident Farmoni 
asosida keng nishonlanishi tashkil etildi. Bu jarayondan ilhomlangan san’atshunos, 
musiqashunos, folьklorshunos, madaniyatshunos olimlarimiz o’z oldilariga katta
vazifalarni qo’ydi. Respublikamiz bo’ylab musiqiy folьklor ekspeditsiyalari tashkil 
etildi. Aholi orasida sho’rolar mafkurasi tufayli qatog’on ostiga olingan taqib 
qilingan musiqiy meros qayta o’rganildi. Natijada boy musiqiy meros yig’ildi. 
Xalqning turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan mazkur musiqa ijodiyotini 
maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktab dasturlarida kiritib o’qitish 
tashkil etildi.Xalq ta’limi tizimi umumta’lim maktablarida musiqa darslarini 
haftasiga keng o’qitish ishlari jadal olib borildi. O’quv dasturlarida esa xalq 
qo’shiqlarini o’rganish keng yo’lga qo’yildi. Natijada o’sib kelayotgan yosh avlod 
tarbiyasida milliy musiqa sadolari o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi.
Frantsuz musiqashunos olimi, doktor Frederik Leotar 1997-2012 yillar 
davomida O’zbekistonda musiqiy fol’klor ekspeditsiyasi uyushtirib, o’zbek milliy 
musiqa madaniyati xususida fikr bildirib, shunday degan edi - ―O’zbek xalq 
musiqa madaniyati nihoyatda boy va rang-barang, eng muhimi u o’zining sofligi 
va asl holatini yo’qotmaganligi tarixiy mo’jiza. Biz frantsuzlar san’atimiz va 
madaniyatimizni sofligini va aslligini allaqachon unutib bo’ldik. Endi uni boshqa 
xalqalar madaniyatidan qidirmoqdamiz. Fikrim dalili sifatida frantsuz, shvedtsar, 
nemis, ingliz, belgiyalik va boshqa Yevropa xalqini bir joyga jamlab qo’ysak uni 
faqat tilidan bo’lsamasa, yuz tuzilishi yoki kiyinishidan umuman farqlab 
bo’lmaydi. O’zbek xalqining Buxoro-Samarqand, Xorazm, Surxondaryo-
Qashqadaryo va Toshkent-Farg’ona lokal (mahalliy) uslubidagi kuy-ohang, hatto 
o’ziga xos kiyinish odobi, gapirish shevasi orqali bir-biridan ajratish mumkin. Bu 
xalqning tarixan o’zligini yo’qotmaganligidan, boy ma’naviy merosini saqlab 
qolganligidan va hatto o’z madaniy merosiga naqadar sadoqatli ekanligidan 
dalolatdir‖ degan edi.
O’zbek xalqi musiqa madaniyati tarixan boy va rang-barang merosga egaligi 
ayni haqiqat. Qilingan ishlar tahsinga loyiq, biroq, ommaviy madaniyat xuruji o’z-
o’zidan yo’q bo’lib ketgan emas. Aksincha u o’z ko’rinishini o’zgartirib 
yoshlarimiz hayotiga suqilib kirishga harakat qilmoqda. Xo’sh ommaviy 
madaniyatga berilayotganlar yoshlarimizning qaysi qatlamini tashkil qilmoqda?. 


Bu kabi zaharli ―virusdan‖ qutilish uchun qanday qo’shimcha tadbirlarni amalga 
oshirish maqsadga muvofiq?.
Nazarimizda, ommaviy madaniyatga taqlid qilayotganlar asosan 
umumta’lim maktab o’quvchilaridir.Shubhasiz ushbu yoshda taqlidga beriladigan, 
qiziquvchan, balog’at yoshda bo’ladilar. Biz ularni bu davrda erkin, o’z xoliga 
qo’yib, turli taqlitlar ta’siriga tushib qolishini tomoshabin sifatida kutib 
turmasligimiz lozim. Bu o’rinda umumta’lim maktablarda musiqa, tasviriy san’at 
va sport to’garaklarini muntazam maxsus dasturlar asosida tashkil etish, 
umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida musiqa va rasm darslarini 
salmog’ini oshirish lozim. Natijada, birinchidan, o’quvchilarni aqliy va aniq 
fanlarni oson o’zlashtirishda yengillik tug’iladi. Ikkinchidan, ommaviy 
madaniyatning bir ko’rinishi shubhasiz bu - shovqinli ritmik tovushlardan 
uzoqlashadi.Uchinchidan, 
yoshlarimizni milliy musiqa san’ati ta’sirida 
tarbiyalanishiga erishiladi.To’rtinchidan, o’quvchi-yoshlar milliy musiqa ta’limi 
ta’sirida Ona-Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, do’stlariga izzat, ota-onaga 
mehr, millati va diniga nisbatan sadoqat, milliy g’urur va iftixor ruhida 
tarbiyalanadi.
Shu o’rinda aytish joizki, umumta’lim maktablarida turli musiqiy va badiiy 
tadbirlar, tanlov va musobaqalarni doimiy tashkil etib borish ham yaxshi natijalar 
beradi. Ayniqsa, milliy musiqa san’ati xususida yosh ijrochilar tanlovini 
umumta’lim maktablari miqyosida tashkil etish, o’zbek milliy cholg’u ijrochilik 
ansambllari faoliyatini yo’lga qo’yish, maktablarda musiqa to’garaklarini tashkil 
etish va unda xalq qo’shiqchilik namunalarini o’rganish ishlarini keng targ’ib etish, 
muhokama etilayotgan masalani yanada yaxshilashga yordam beradi.
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasidagi bir yig’inda millatning taniqli 
adibi shunday dedi:―Ommaviy madaniyat‖ to’foni dunyo davlatlari sarhadlarini 
buzib o’tayapti. Bu xavf bizga ham kirib keldi.Ommaviy madaniyatning xavf-
xatari, bo’hroniga qarshi turganlar bugun juda ko’pchilikni tashkil qilar, lekin 
yillar o’tavergach bunday ayanchli hodisalarga kishi ko’nikib qolmaydimi? O’n 
yildan keyin necha foiz odam unga qarshi bo’ladi, o’n besh yildan keyin-chi? 
Yigirma, o’ttiz yildan keyin-chi?‖ 
Ommaviy madaniyat globallashuv ko’lankasi ostida kirib kelayapti. 
Ezgulik nurini to’sib, yomg’ir olib keladigan ko’lanka bulutining ―saxovati‖ 
yerning gullab-yashnashi uchun nafi tegmaydi. Yerga nur va toza havo, shamollar 
ham kerak. 
Bugun biz uchun xavotir olishimizga asoslar ham, misollar ham bor. 
Bularni ipidan ignasigacha yozib, izohlab o’tishni ep ko’rmadik. Biroq, dunyo 
aynib, dunyo buzilib, mafkura poligoni yadro poligonlaridan xavfliroq 
tusolayotgani haqiqat. Katta adibaytgani kabi insonni ezgulik, oqibat, yaxshilik, 


mehr-muhabbat, sadoqat, sevgivafogaundovchi, yorug’lik, axloq va adab 
targ’ibotchisi bo’lgan adabiyotnin gulkan, dunyoviy namoyandalari ham negadir 
jim turganday... Nobel’ mukofotini olgan yozuvchi-shoirlar ham bugun dunyo 
buzilib ketayapti, dunyo qo’ldan ketayapti, jim turolmayman, jim turmasligimiz 
kerak, deb bong urishmayapti. Siz bilan biz esadunyoning bir bo’lagimiz. Kerak 
bo’lsa, bizning oilamizning o’zi dunyodan kattaroq dunyo bo’lishi mumkin. 
Hammamiz o’zimizni, bolamizni, uyimizni mafkuraviy ildizimizni asrasak
dunyoni asrayotgan bo’lamiz. 
Musiqiy ta’lim va tarbiyada tizimiylik, izchilllik, davomiylik printsipi har 
bir darsda o’zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asosda tashkil topishi lozim. 
Musiqa xaqidagi bilimlar doirasi, musiqa ta’limi va tarbiyasi keng, atroflicha 
bo’lishiga e’tibor qaratish asosiy omildir. Bunda inson yaratgan musiqaga oid 
qoidalar, xulosalar, umumlashgan musiqaviy tajribalar o’z aksini topgan. Darsning 
barcha o’quv faoliyatlari hamda keyingi darslarning o’zaro mantiqiy bog’lanishi 
tizimlilik asosini tashkil etadi. Xulosa qilib aytganda, pedagogikaning 
umumdidaktik printsiplari, musiqa madaniyati darslarida muhim ahamiyatga ega 
bo’lib, musiqa va hayot uyg’unligini, mehnat qobiliyatlarining rivojlanishi
bunyodkorlikka yo’naltirilganligi bilan katta o’rin tutadi. Uzliksiz ta’lim - ijodkor, 
ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakaviy raqobatbardosh 
kadrlarni tayyorlash uchun zarur shart- sharoitlar yaratadi.
Demak, musiqa darslari ham raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning barcha 
turlarini, Davlat Ta’lim Standartlari, kadrlar tayyorlash tizimi va uning faoliyat
ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi. 

Download 207.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling