3-Mavzu. O’zbek estrada san’ati
Download 207.06 Kb. Pdf ko'rish
|
3-4 Ma\'ruza Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-Mavzu. Milliy istiqlol va zamonaviy musiqa taraqqiyoti Reja
Tayanch iboralar: Estrada, pop-muzik, lapar, yalla, qo’shiq, yakaxon,
o’zbek navo, rep, ommaviy madaniyat, rok, pop, repertuar Mustaqil ta’lim uchun savollar 1.Estrada nima va u hayotimizga qanday kirib keldi. 2.O’zbekistonda estrada san’atini rivojlantirish jarayonlari haqida gapirib bering. 3.Ommaviy madaniyat nima, uning paydo bo’lish sabablari. 4.Ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlari. 5.O’zbekistonda estrada janri bo’yicha kadrlar tayyorlash musalalar. 6.Estrada qo’shiqlari va uning milliy ohanglari bilan uyg’unlashuvi xususida nima bilasiz. 4-Mavzu. Milliy istiqlol va zamonaviy musiqa taraqqiyoti Reja 1.Miliy istiqlol musiqa taraqqiyotining garovi 2.Simfonik musiqa janri va kompozitorlik ijodiyoti 3.Vokal va zamonaviy musiqa ijrochiligi 1.Miliy istiqlol musiqa taraqqiyotining garovi. Istiqlol sharofati bilan o’tgan davrlar mobaynida musiqiy san’atimiz yangi bosqichlarga ko’tarildi. Jahon musiqiy madaniyati bilan xamkorlik rishtalari yangidan bog’landi. O’zbek xalqining boy musiqa merosini, sharq musiqa madaniyati bilan mushtarakligini nazarda tutgan muxtaram Prezidentimiz Islom Karimovning ―SHarq musiqasining jahon madaniy merosida tutgan o’rni buyuk. Bu musiqa ming-ming yillardan beri odamlar dilini poklab, ularni ruhan yuksaltirib kelmoqda» 3 degan so’zlari buning yorqin dalilidir. Darxaqiqat, bugungi kunda o’zbek musiqa san’atining jahon musiqiy san’atiga qo’shayotgan hissasi beqiyosdir. Turg’un Alimatov, Abduhoshim Ismoilov, Munojot Yo’lchieva, Yulduz Usmonova, Nasiba Abdullaeva singari xalq sevgan mashxur san’atkorlarni, ―Yalla‖, ―Sug’diyona‖, Milliy simfonik orkestr singari jamoalarni jahon sahnalaridagi muvaffaqiyatlari taxsinga sazovordir. Shuningdek, o’tgan o’n ikki yil davomida qator isteьdodli yoshlar nufuzli xalqaro tanlov va festivallarning sovrindorlari bo’lishdi. Pianino ijrochilari Ulug’bek Polvonov, Gulnora Alimova, Nargiza Alimova, Irina Gulrzarova, Rustam Abdullaev, yosh xonandalar - Anna Guzairova, Saida Mamadalieva, Sevara Nazarxonova, kamonli torli cholg’u ijrochilari - Dilshod Nazarov, Sunnat Ibroximov, Marina Sarkisova, Anastasiya Yudenich, Ali Izmaylov shular jumlasidandir. Istiqlol yillarida musiqiy madaniyatimizni rivojlantirish sohasida Prezidentimizning qator farmonlari va qarorlari eьlon qilindi. Bular orasida ―O’zbeknavo‖ gastrol - kontsert birlashmasini tashkil etish to’g’risida (1996), ―O’zbekiston - Vatanim manim‖ qo’shiqlar bayramini o’tkazish to’g’risida (1996), ―Respublikada musiqiy ta’limni, madaniyat va san’at o’quv yurtlari faoliyatini yaxshilash to’g’risida‖ (1996), ―O’zbekistonda estrada san’atini yanada rivojlantirish to’g’risida‖ (1998, 2001) singari farmon va qarorlar respublikamizda musiqiy san’atni yanada yuksaltirish borasida qo’yilgan qadamdir. Ayniqsa, 1997 yildan buyon har ikki yilda Samarqand shahrida o’tkazilayotgan ―Sharq taronalari‖ xalqaro musiqa festivali xalqaro maydonda yurtimiz nufuzini yanada oshirib yubordi. Ushbu nufuzli anjumanda dunyoning 40 dan ortiq davlatlari vakillari ishtirok etmoqda. Bu festivalda o’zbek xonanda va 3 И.А. Каримов. Асарлар. 6- жилд, 322- бет. ijrochilarining sovrinli o’rinlarni egallashi tahsinga sazovor bo’lmoqda. Bundan tashqari, Toshkent shahrida 1998 yildan boshlab xalqaro simfonik musiqa festivalining o’tkazilishi, unda jahonning ko’zga ko’ringan dirijyorlari va ijrochilarining qatnashishi, 1995 yildan boshlab ―Ilxom – XX‖ Xalqaro zamonaviy kamer musiqasi festivalining o’tkazilishi xam musiqiy san’atimiz nufuzini oshirmoqda. Mustaqillikning birinchi yilidan boshlab zo’r ko’tarinkilik ruxi bilan o’tkazilayotgan Mustaqillik va Navro’z bayramlari shodiyonalari, musiqamiz rivojiga salmoqli hissa qo’shmoqda. Xalq fol’klor ijodiyoti, an’anaviy kasbiy musiqa, harbiy vatanparvarlik ruhidagi musiqiy yo’nalish, xar bir viloyatning o’ziga xos musiqiy qirralarini o’zida mujassamlashtirgan ijrolar yuksak professionallik darajasiga ko’tarildi. Ayniqsa, milliy estrada ruhidagi qo’shiqlar, yangi-yangi estradamiz yulduzlarini kashf etdi. Shuningdek, Buxoro, Xiva, Termiz, Nukus shaharlarining yubiley tantanalariga tayyorlangan kontsert dasturlari, «Avesto»ning 2700 yilligi, «Alpomish» dostonining 1000 yiligi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Al-Farg’oniy kabi buyuk ajdodlarimizning qutlug’ sanalariga bag’ishlangan kontsert dasturlari xam musiqiy ijrochiligimizning yuksalib borayotganligidan dalolat bermoqda. Ushbu barcha katta tadbirlarda yangi musiqiy dasturlar rejissurasi shakllandi. Mazkur kontsert dasturlarini jaxonning 50 dan ortiq davlatlari televidenielari to’g’ridan - to’g’ri efirga uzatdilar. Mustaqillik yillarida o’zbek xalqining asrlar davomida go’zal ma’naviy boyligiga aylanib kelgan milliy musiqasiga katta e’tibor berildi. Xalq folьklor musiqasi ijrochiligi yuqori darajaga ko’tarildi. O’tgan davrlar mobaynida ushbu yunalishga bag’ishlangan qator ko’rik tanlovlarning o’tkazilishi fikrimizning dalilidir. Katta ashula ijrochiligi va oilaviy ansambllar (Qo’qon, 1991, Shaxrisabz, 1994), ―Alla‖ ijrochilari (Toshkent, 1992, 1994, 1998, 2000; Marg’ilon, 1996), tuy-marosim qo’shiqlari ijrochilari (Toshkent, 1993), folьklor-etnografik jamoalari «Chashma» tanlovi (Toshkent, 1994), «Istexdod» nomli yosh xonandalar (Toshkent, 1995), baxshi - shoirlar (Denov, 1991, Narpay, 1993, Toshkent, 1995, 1997, Termiz, 1999), maqom ijrochilari va xalq cholg’ulari ansambllari(Shaxrisabz, 1996) ―Barxayot siymolar‖ (Toshkent, 1996, 1997, 1998), oilaviy ansambllari (Jizzax, 1998), folьklor- etnografik ansambllari (Toshkent, 1999), M. Uzoqov va J. Sultonov nomidagi yosh xonandalar (Marg’ilon, 1997, 1999, 2001), Xoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi yosh xonandalar (Samarqand, 1997), Komiljon Otaniyozov nomidagi yosh xonandalar (Urganch, 2001), Yu. Rajabiy nomidagi IV Xalqaro va V Respublika Maqom ijrochilari (Toshkent, 1995, 1999), oilaviy ansambllar (1995) va folьklor- etnografik jamoalari (1996) telefestivallari shular jumlasidandir. Istiqlolning o’tgan davrlari mobaynida xalq musiqa ijodiyoti yo’nalishi yangi bosqichga ko’tarildi. Musiqiy fol’klorni xalqimizning etnik joylanishi sharoitidan, barcha vohalarning urf-odatlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tabiiy ijroviy ko’rinishi, kiyimlari va o’ziga xos musiqa sozlaridagi musiqiy kurinishi saqlanib qolmoqda.Yangilik sifatida xalq fol’klor ijrochiligining milliy estrada yo’nalishiga uygunlashgan holda yangi ijroviy namunalari ham namoyon bo’lmoqda. Bu ko’rinishlar xalq musiqiy fol’klor ijodiyotini yangilanish bosqichiga ko’tarilganidan dalolatdir. Respublikamizda ushbu janrda ijod kilayotgan ―Besh qarsaq‖, ―Boysun‖, ―Gulyor‖, ―Omonyor‖, ―Gulchehralar‖, ―Doston‖, ―Besperde‖, ―Orzu‖, ―Yor-yor‖, ―CHavgi‖, ―Moxi Sitora‖ singari ko’plab ansambllar o’zlarining yorqin ijodlari bilan namuna bo’lmoqdalar. Yana bir xalqona musiqiy yo’nalish mumtoz an’anaviy musiqiy ijrochiligi soxasida xam e’tiborli ishlar amalga oshirildi. Asrlar qaxridan ajdodlarimizdan bizga meros bo’lib kelgan xalq an’anaviy kasbiy musiqamiz yangi-yangi boy an’analarni davom ettirmoqda. Bu borada Turg’un Alimatov, Orifxon Xotamov (marxum), Fattoxxon Mamadaliev (marxum), G’ulomjon Xojiqulov, Abduxoshim Ismoilov, O’lmas Rasulov, Temur Maxmudov, Mamasiddiq Madaliev singari mashxur bastakorlar, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari yorqin misol bo’la oladi. Ushbu maqom va an’anaviy yo’llarni xalqqa yetkazishda xofiz va xonandalarning xam xizmatlari bekiyosdir. Xofizlik ijrochiligining yangi-yangi avlodlari yetishib chikmoqda.Musiqiy merosimizning yetakchi yo’nalishlaridan bo’lmish xalq baxshichilik va dostonchilik san’ati xam jadal suratlar bilan rivojlanmoqda. ―Alpomish‖ dostonining 1000 yilligini bayram qilinishi bu soxada yangi qo’yilgan qadam bo’ldi. Istiqlol yillarida xalq mumtoz qo’shiqchiligini, xalq baxshichilik san’atini rivojlantirish borasida talay ishlar qilindi. Bu borada Prezidentimiznig farmoni bilan ―O’zbekiston Respublikasi xalq xofizi‖, ―O’zbekiston Respublikasi xalq baxshisi‖ faxriy unvonlarini taьsis etilishi ushbu soxaga bo’lgan e’tibordan dalolatdir. Xalq musiqa ijodiyotini ilmiy taxlil qilish, musiqa ilmini amaliyot bilan bog’lash borasida o’zbek musiqashunos olimlarining xizmatlari xam bekiyos bo’lmoqda. Natijada qator o’quv uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar chop etilmoqda. Ilmiy izlanish natijasida yangi-yangi ilmiy-tadkiqot ishlari yuzaga kelmokda. Bularning barchasi xalq musiqiy ijodiyotining mumtoz kasbiy musikasini ilmiy asoslangan yunalishda o’rganish va ijro etishda muxim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Download 207.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling