3-mavzu: O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy, ma’naviy va madaniy taraqqiyot. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


Mustaqillik yillarida mamlakatda oily ta`limni rivojlantirishga ham katta


Download 162.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana02.01.2022
Hajmi162.55 Kb.
#196744
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-Mavzu maruza

Mustaqillik yillarida mamlakatda oily ta`limni rivojlantirishga ham katta 

e`tabor 

berildi.shu 

Mqsadda 

2006-yili 

26-fevralda 

mamlakatimiz 

Prezidentining  «M.V.  Lomonosov  nomidagi  Moskva  davlat  universitetining 

Toshkent  shahridagi  filiali  faoliyatini  tashkil  etish  to`g`nsida»gi  Farmoni 

qabul qilindi.

Tibbiy  xizmat  sohasida  zamon  talablariga  javob  beradigan  malakali  kadrlar 

tayyorlash  maqsadida  2005-yili  poytaxtimizdagi  ikkita  rneditsina  oliy  o'quv  yurti 

negizida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tashkil etildi.

Ma'lumki, rivojlangan fani bo'lmagan davlat rivojlangan va kuchli davlat bo'la 

olmaydi.  Ayni  ana  shu  nuqtayi  nazar  hozirgi  mu-rakkab  o'tish  davrida  olimlar 

zimmasiga ulkan mas'uliyat yukla-moqda.

Davlatning  ilmiy  salohiyatini  saqlabgina  qolmay,  balki  uni  iloji  boricha 

o'stirish,  mavjud  yirik  muammolarni  yechishga  qayta  moslashtirish,  shuningdek

yangi  samarador  texnikalarni  yaratish  va  amalda  tatbiq  etish  masalasi  g'oyat 

dolzarblik  kasb  eta  boshla-di.  Mustaqillik  olimlarga  ham,  fanga  ham  yangi 

imtiyozlar yaratib berdi. Jumladan, akademik fan o'z tizimi va shaklini o'zi belgilay 

boshladi.  O'zbekiston  Fanlar  akademiyasining  50  yillik  tarixida  birinchi  bor 

akademiyaning  haqiqiy  a'zosi,  I.  Karimov  tashabbusi  bilan  fundamental  ilmiy-

tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash akademiya jamg'armasi tuzildi.

1997-yil  1-yanvardagi  ma'lumotlar  bo'yicha  Fanlar  akademiyasida  8  ta  bo'lim 

bo'lib, 135 akademik, 156 O'zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a'zolari faoliyat 

ko'rsata boshladi.

2006-yili  Ko'hna  Urganchda  Ibn  Sino,  Al-Xorazmiy,  Beru-niy  kabi  buyuk 

allomalar  tashkil  etgan  Xorazm  Ma'mun  akademiyasining  1000  yilligi  keng 

nishonlandi.  Bu  o'z-o'zidan  milliy  fanimiz  o'tmishi  bilan  istiqbolini  bog'laydigan 

mo'tabar voqelikka aylandi.

2006-yilda  FA  tomonidan  180  fundamental,  281  amaliy  va  12  innovatsion 

loyihalar hamda fundamental tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash fondi tomonidan 185 

ta grant, shuningdek, xalqaro fond-larning 106 granti bajarildi.

Shu  bilan  bir  qatorda,  FA  olimlari  tomonidan  2006-yilda  3596  ilmiy  ish,  shu 

jumladan,  3439  ilmiy  maqola  va  tezislar,  157  ta  mo-nografiya,  darslik,  o'quv 

qo'llanmalar va risolalar chop etildi, 30 ta patent va 10 ta dasturiy mahsulotlarga 

guvohnoma olindi, 2 ta litsen-ziya sotildi.



Fanlar  akademiyasi  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  tomonidan  xo-rijiy 

iste'molchilarga  2147,4  ming  AQSH  dollari  miqdorida  ilmiy  mahsulotlar  sotildi, 

bu esa 2005-yilga nisbatan 43 foizga ortiqdir.

Ana  shu  maqsadlardan  kelib  chiqqan  holda,  1997-yili  2009-yilgacha  bo'lgan 

davrga mo'ljallangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingan edi. O'zining 

mazmun-mohiyatiga  ko'ra  noyob  bo'lgan  ushbu  dastur  12  yillik  ta'limga  o'tishni, 

uzluksiz  ta'limning  yaxlit  tizimini  yaratishni  ko'zda  tutadi.  Dastur  umumta'lim 

maktablaridagi  to'qqiz  yillik  o'rta  ta'limni,  akademik  litsey  va  kollejlardagi  uch 

yillik maxsus kasbga tayyorlash tizimini o'z ichiga oladi.

Mamlakatimiz  oliy  o'quv  yurtlari  huzurida  tashkil  etilgan  akademik  litseylar 

yoshlarga  o'zi  tanlagan  mutaxassislik  bo'yicha  oliy  ma'lumot  olish  uchun  yanada 

chuqur bilim egallash, kollejlar esa maxsus fanlarni o'zlashtirish bilan bir qatorda, 

mustaqil hayotga qa-dam qo'yayotgan har bir bitiruvchi yigit-qizga o'z qobiliyatini 

yuza-ga  chiqarish  va  jamiyatda  munosib  o'rin  topish  uchun  2-3  mutaxassislik 

bo'yicha o'rta malakali kasb egallash imkonini beradi.

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  doirasida  2009-yilgacha  bo'lgan  davrga 

mo'ljallangan  Maktab  ta'limini  rivojlantirish  davlat  umummilliy  dasturi  ham 

amalga oshirilmoqda.

Ta'lim sohasida milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish boshlan-ganidan buyon 1 

ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4 ming 680 tadan ziyod 

umumta'lim  maktabi  yangitdan  qu-nldi  va  kapital  ta'mirlandi,  zamonaviy  mebel, 

o'quv-laboratoriya  uskunalari  bilan  jihozlandi,  ularda  kompyuter  sinflari  va 

lingafon xonalari tashkil etildi.

Oliy ta'lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, baka-lavr va magistrlar 

tayyorlashning  Yevropa  tizimiga  o'tildi.  Bugungi  kunda  mamlakatimizning  65  ta 

oliy o'quv yurtida 850 yo'nalish va mutaxassislik bo'yicha 300 mingga yaqin talaba 

bilim olmoqda.

O'tgan  yillar  mobaynida  zamonaviy,  har  tomonlama  jihozlangan  o'quv 

yurtlarini  barpo  etish  uchun  5  milliard  dollardan  ortiq  budjet-dan  tashqari 

mablag'lar yo'naltirildi.

Hozirgi  kunda  yurtimizda  ta'lim  sohasiga  yo'naltirilayotgan  xa-rajatlar  hajmi 

mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsuloti  tarkibida  12  foizdan  ortadi.  Holbuki,  jahon 

tajribasida bu ko'rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi.

Hech  shubhasiz,  bugun  ta'lim-tarbiya  va  ilm-fan  sohasiga  sarf-lanayotgan 

mablag'lar  mamlakatimiz  kelajagining  egasi  bo'lgan  yosh  avlodni,  yuksak 

intellektual salohiyatli jamiyatoi shakllantirish yo'lida mustahkam poydevor bo'lib 

xizmat qiladi.


Download 162.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling