3-mavzu: Pedagogik riskologiyaning psixologiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik bilan bog‘liqligi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu Pedagogik riskologiyaning 2 soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-rasm. AS/NZS 4360 standartiasosidarisklarniboshqarish
5-rasm. AS/NZS 4360 standartiasosidarisklarniboshqarish Keyingi standartlarni rivojiga qadam bu risklarni boshqarish sohasida umumiy ISO standarti boʻldi, bu ISO 31000 ―Risklarni boshqarish – prinsiplari va qoʻllash boʻyicha qoʻllanma‖ (Risk Menejment — Prinsiples and guidelines on implementation) standarti 2009 yilda 26 ta davlatning standartlashtirish boʻyicha milliy tashki- lotlari tomonidan yaratildi. Bu bilan birgalikda ISO/MEK 73:2002 standart qoʻllanmasi yangilanib, ISO/MEK 31010 Risk-menejement – riskni baholash boʻyicha qoʻllanma‖ standarti (ISO/IEK 31010 Risk - Menejement — Risk assessmentguidelines) ishlabchiqildi. Rossiyada esa ―INTEK‖ ilmiy-texnik markaz tomonidan shu standartni toʻlaqonli tarjimasi boʻlgan GOST R ISO 31000:2010 standarti yaratilgan. Standart 2010 yil 21 dekabrda texnik boshqaruv va metrologiya federal agentligi tomonidan amalga kiritildi. GOST R ISO 31000:2010 risklarni boshqarishning prinsiplari, infrastrukturasi va jarayonini tasvirlaydi. U koʻlami, faoliyati va soha- sidan qat‘iy nazar barcha tashkilotlar tomonidan qoʻllanishi mumkin. Standartni qoʻllashdan maqsad tashkilotlar oldiga qoʻygan maqsad- lariga erishishlari ehtimolini oshirish, yuz berishi mumkin boʻlgan ehtimollar va xatarlarni aniqlash, shuningdek, risklarni boshqarish uchun resurslarni samarali taqsimlash va foydalanishda koʻmak berishdan iborat. Yuqorida keltirib oʻtilgan ilmiy fikr va mulohazalarimiz asosida quyidagilarni xulosa sifatida keltirib oʻtamiz: - Risklarni boshqarish xoʻjalik subyektlarida moliyaviy xavfsiz- likni ta‘minlashda hamda bozor sharoitlarida oʻz oʻrniga ega boʻlishda muhim xizmat qiladi; - Mamlakatimizda xoʻjalik subyektlari faoliyatida moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash va moliya va barqarorlikni oshirishga xizmat qiluvchi milliy risklarni boshqarish standartlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir; - Risklarni boshqarish standartini ishlab chiqishda yuqorida kel- tirilgan xalqaro risklarni boshqarish standartlarining muhim element- laridan foydalanish hamda milliy manfaatlarimiz uchun moslashtirish xoʻjalik subyektlari faoliyati samaradorligini oshirish va ularning iqtisodiy farovonligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling