3-mavzu: Pedagogik riskologiyaning psixologiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik bilan bog‘liqligi


-rasm. Kompaniyalarda risklarni boshqarishning rivojlanishi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1403117
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu Pedagogik riskologiyaning 2 soat

 
1-rasm. Kompaniyalarda risklarni boshqarishning rivojlanishi 
XX asr 90-yillarining boshida jahon tajribasida risklarni boshqarish sohasida 
standartlarini shakllanishi kuzatildi. (2-rasm)
2-rasm. Risklarni boshqarish standartlarining rivojlanish tarixi
Standartlarning yoyilishi davlatlarda, xalqaro darajada va hattoki, tarmoq
darajasida (bank, sug‗urta tashkilotlari) amalga oshirildi. Buning isboti
boʻlib, risklarni boshqarishning anglosakson huquqli davlatlar (Avstraliya, 
Yangi Zelandiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, JAR, Kanada) milliy standardlari
shuningdek, Homiylik tashkilotlari, Treadvay komissiya komiteti (KOSO, AQSH) 
ishlab chiqqan standart, risk-menejerlar yevropa assosiyasiya federatsiyasi standarti 
(FERMA) va risklarni boshqarish standarti ISO 31000:2009 hisoblanadi.
Tarmoq risklarini boshqarish standartlari orasida sug‗urta tash- kilotlari 
(Solvenky, Solvenky II) va bank (Basel, Basel II, Basel III) faoliyati bilan 
bog‗liq boʻlgan standartlar mashhurdir.
Risk-menejment sohasidagi standartlar quyidagi unifikatsiyani koʻzlaydi: 
Bu sohada ishlatilayotgan terminologiya;
Risk boshqarish jaroyoni tarkibi;
Risklarni intuitiv
boshqarish
Risklarni 
boshqarishning 
kompleks tizimi
Risklarni qismli
boshqarish


Risk-menejmentining tashkilotlardagi tizimini tuzish yoʻllari.
Shunga koʻra, xar bir yuqorida keltirilgan standartlar turlicha va hammasini
birday qoʻllash koʻpgina chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun, biz 
faqatgina ayrim standartlarni koʻrib chiqamiz.
Misol uchun, Homiylik tashkilotlari, Treadvay komissiya komiteti
(Kommittee of Sponsoring Organizations of ze Treadvay Kommission, KOSO) 
tomonidan ishlab chiqilgan “Tashkilotlar riskini boshqarishning integratsiyalashgan 
modeli”. Bu modelni kompaniya 2001 yilda “Prisevaterhouse Koopers” 
kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Bu hujjat tashkilotlar doirasida 
risklarni boshqarish asoslari va tashkil etish yoʻllari haqida batafsil ma‘lumot
beradi. Bunda risklarni boshqarish jarayoni bir-biri bilan bog‗liq 8 ta tarkibiy
qismdan iborat deyiladi, ular: ichki muhitni aniqlash; Maqsadlarni aniqlash; 
Riskli voqealarini aniqlash; Riskni baholash; Risk ta‘siriga javob berish; Nazorat 
vositasi; Axborot va aloqa; Monitoring.
Jahon tajribasida ―KOSO kubi‖ nomini olgan bu standart tash- kilotlar 
maqsadlari (strategik, operatsion, hisobotga tayyorgarlik va qonunlarga rioya 
qilish), kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi va risk boshqaruv jarayoni tarkibiy 
qismlari oʻrtasida bog‗liqlikni ifodalaydi (3-rasm).

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling