Nazariy va xaqiqiy sikllar orasidagi farqlar.
Termodinamika fanida sikllar yopiq va yoyiq holatlarda sodir bo’ladi deb tasavvur qilinadi. Yopiq nazariy sikllarning real dvigatel silindrlarida sodir bo’layotgan jarayonlardan farqi shuki, ular tasavvur qilinayotgan issiqlik mashinasida bo’lib o’tadi. Ushbu farq quyidagi xususiyatlar bilan ifodalanadi:
Issiqlikni mexanik energiyaga aylantirishi yopiq hajm ichida yagona va o’zgarmas miqdordagi ishchi jism (masalan, havo) orqali amalga oshiriladi, bunda kiritish va chiqarish jarayonlari bo’lmaydi , ya’ni ishchi jism yopiq siklda harakat qiladi. Ishchi jismning tarkibi va issiqlik sig’imi doimiy deb hisoblanadi va temperaturaga bo’g’liq bo’lmaydi.
Issiqlik berish boshqa manbaadan o’zgarmas hajm va o’z garmas bosim orqali amalga oshiriladi.
Siqish va kengayish jarayonlari adiabatik holatda, ya’ni atmosferaga issiqlik uzatilmasdan bir xil va doimiy bo’lgan adiabatik ko’rsatkichlar orqali bo’lib o’tadi.
Nazariy sikllarda issiqlik yo’qotilishi hisobga olinmaydi (qarshilikni yengish, parlanish, gidravlik qarshiliklarni yengish va boshqalar), faqat sovigan manbaaga uzatilayotgan issiqlikdan tashqari. Ushbu issiqlik yo’qotilishi nazariy sikllarning yagona va zaruriy yo’qotilishi deb qabul qilingan.
Har bir nazariy sikl ikki xil asosiy ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi: issiqlikdan foydalanish – issiqlikning termik foydali ish koeffisienti (ɳt); ishchanligi – Pц- siklning nisbiy ishi bilan ifodalanadi.
Issiqlikning termik f.i.k. deb foydali mexanik ishga aylangan issiqlik miqdorining ishchi jismga berilgan umumiy issiqlik miqdoriga bo’lgan nisbatiga aytiladi, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |