3-mavzu: psixologik xizmat mahsuldorligining shart sharoitlari reja
Download 322.21 Kb. Pdf ko'rish
|
5 Mavzu
bо‘yicha murojaat qiladilar: turli fanlar bо„yicha о„quvchilarning о„zlashtirishdagi
qiyinchiliklar, bolalarning о„qiy olmasligi va istamasligi, guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta‟sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari oila muloqati va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yо„llari, о„quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yо„llari, о„quvchilar bilan kasbga yо„naltirish ishlarini olib borish. 3. Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish ham psixologik xizmat mahsuldorligi sharoitlaridan biridir. Biz ota-onalar farzandimiz ulgurmayotgan “joyni tо„ldirishga” harakat qilamiz, ya‟ni ximiya, yoki matematikadan ulgurmayotgan bо„lsa unga repititor yollab ximiyani yoki matematikani о„rgatishga harakat qilamiz. Biz bolaning “bо„sh joyini tо„ldirish” emas, balki bolaning qiziqishini, qobiliyatini rivojlantirsak, psixologik xizmat mahsuldor bо„ladi. Agar farzandimiz shaxmatga qiziqsa, uni shaxmat tо„garagiga berishimiz zarur, balki undan kelajakda Rustam Qosimjonovday jahon chempioni chiqar. Amaliy psixolog bolalar, о„quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotdagi, xulq - atvor muomalasidagi nuqsonlar va kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish dasturini ishlab chiqaradi va amaliyotga uni tatbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg„ulotlar о„tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni о„stirish maqsadida treninglar olib boradi. Shaxsning barcha individual psixologik xususiyatlari kabi qobiliyatlar unga qandaydir tabiat tomonidan tug„ma ravishda, tayyor holda berilmaydi, balki hayot va faoliyat jarayonida tarkib topadi. Kishi dunyoga hech qanday psixik xususiyatlarsiz, faqat ularni orttirishga qaratilgan umumiy imkoniyatlar bilan keladi, xolos. Hozirgi paytda iste‟dod nishonalarini miyaning va sezgi organlarining mikrostrukturasi bilan bog„laydigan nazariya eng mahsuldor hisoblanadi. Shuningdek, iste‟dod nishonalarini nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari bilan (nerv kuchi, muvozanatlashuvi va harakatchanligi о„rtasidagi farqlarga qarab) va shu bilan oliy nerv faoliyati turlari bilan bog„lovchi gipoteza ham haqiqatga yaqinroqdir. Bulardan tashqari, qobiliyatlarning tabiiy asoslarini nerv sistemasining xususiy xususiyatlari deb atalgan xususiyatlar bilan bog„laydigan, ya‟ni ayrim odamlarda kо„rish, boshqa odamlarda eshitish, uchinchi bir xilida esa harakat sohasida namoyon bо„ladigan о„ziga xos tipologik xususiyatlar bilan bog„laydigan gipotezalar yana ham haqiqatga yaqinroqdir. Jiddiy statistika qobiliyatlar va iste‟dodlarning irsiyat yо„li bilan о„tishini isbotlaydigan hech qanday dalillar bermaydi. Qobiliyatlarning irsiyat yо„li bilan о„tishi haqidagi ilmiy nazariyaga ham qarama- qarshidir. Garchi qobiliyatlarning rivoji har turli odamlarda mutloqo bir xil bо„lmagan tabiiy shart- sharoitlarga bog„liq bо„lsa ham, yuqorida kо„rib о„tilgan iste‟dod nishonalari va qobiliyatlar о„rtasidagi nisbat, qobiliyatlar shunchaki tabiat in‟omi emas, balki kishilik tarixining mahsuli ekanligini kо„rsatadi. Agar hayvonlarda oldingi avlod yutuqlarining keyingi avlodga о„tkazib berilishi asosan organizmning irsiy morfologik о„zgarishlari orqali amalga oshsa, insonda bu ijtimoiy-tarixiy yо„l bilan, ya‟ni mehnat quroli, til, san‟at asarlari va shu kabilar bilan amalga oshadi. Qobiliyatlar va iste‟dodlarni shakllantirish muammosi katta ijtimoiy va davlat ahamiyatiga ega bо„lgan masaladir. Inson qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim omillari – barqaror maxsus qiziqishlardan iborat. Maxsus qiziqishlar – bu insoniyat faoliyatining qandaydir soha mazmuniga bо„lgan qiziqishlari bо„lib, bu qiziqishlar ana shu turdagi faoliyat bilan kasb tariqasida shug„ullanish moyilligiga о„sib kо„tariladi. Bilishga doir qiziqish bu о„rinda faoliyat usullari va uslublarini amaliy ravishda egallab olishni rag„batlantiradi. Biror mehnat yoki о„quv faoliyatida qiziqishning paydo bо„lishi bu faoliyatga nisbatan qobiliyatlarning uyg„onishi bilan chambarchas bog„liqligi va qobiliyatlarning rivojlanishi uchun dastlabki zamin sifatida xizmat qilishi qayd etilgan. Shaxs qobiliyatlarini rivojlantirishda barqaror, turg„un, kasbiy maxsus qiziqishlar muhim omillar, vositalar tariqasida xizmat qiladi. Maxsus qiziqishlari inson faoliyatidagi u yoki bu sohaning (tarmoqning) mazmuniga nisbatan intilishidan iborat shaxsiy fazilat, ichki turtki, harakatlantiruvchi kuchdir. Bunday maxsus qiziqishlar turlicha faoliyat bilan kasbiy tayyorgarlik sifatida shug„ullanish moyilligiga о„sib о„tadi. Bilishga oid qiziqish (fan asoslarini egallashga yо„naltirilgan ichki turtki) faoliyat usullarini amaliy jihatdan о„zlashtirib olishni va yangi vaziyat, sharoitga kо„chirishni taqozo qiladi, rag„batlantiradi hamda shaxsda о„zini о„zi boshqarishni ta‟minlashga yordam beradi. Qobiliyatning rivojlanishi shaxsning tarkib topishi bilan uzviy uyg„unlikka ega bо„lib, inson kamoloti har ikkala omilning birikuvini talab qiladi. Iste‟dodli о„quvchilar va talabalar shakllanishi ijtimoiy muhit, ijtimoiy institutlar, ma‟naviyat asoslari hamda о„zini о„zi namoyon etish, о„zini о„zi kashf qilish, о„zini о„zi rivojlantirish asosida amalga oshishi odatiy ijtimoiy psixologik qonuniyat tariqasida xizmat qiladi. Qobiliyat har bir bolada har xil sohaga yо„nalgan bо„ladi. Lekin buni bolalar ochiqdan- ochiq namoyon qilavermaydilar. Ba‟zida esa kattalarning ota-onalar va hattoki о„qituvchi- murabbiylarning e‟tiborsizligi, sharoit va imkoniyatlarning noqulayligi tufayli bolalarning qiziqishlari rivojlanmay qolib ketadi. Bunday qobiliyat hammada ham bо„lavermaydi. Iste‟dod- talant, nihoyatda zо„r qobiliyat, biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya о„sganligida, voqea-hodisalarning yangi qirralarini, ularning zamiridagi murakkab aloqadorlikni kashf etishda kо„rinadi. Kishi bilimlarni о„zlashtirishini, nazariy va amaliy masalalarni hal etilishi, ijodi, о„z bilim va malakalarni turmushga tatbiq qila bilishidan uning iste‟dodini bilish mumkin. Rivojlantiruvchi о„yin didaktik material bilan istalgan harakatlar emas, u majburiy о„quv mashg„uloti usuli ham emas. Bu о„ziga xos, tо„laqonli va bolalar uchun yetarlicha mazmunli faoliyat bо„lib, о„z ta‟sir motivlari va harakat usullariga ega. Bugungi kunda rivojlantiruvchi о„yinlarga oid adabiyotlar talaygina, biroq bolalar bilan mashg„ulotlarning muayyan dasturini tuzishda ayrim о„ziga xos jihatlarni e‟tiborga olish maqsadga muvofiq: Bu jihatlar: - bolada kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyatga ehtiyoj mavjuddigi;. - mazkur yosh davrining ma‟lum psixik funksiyalar va shaxsiy sifatlar rivojlanishi uchun senzitivligi; - eng yaqin rivojlanish zonasi. Bolalar bog„chasi turli yosh guruhlari bolalari bilan rivojlantiruvchi mashg„ulotlar maqsad va vazifalari an‟anaviy, bolalar qandaydir yangi bilim va malakalarni egallaydigan mashg„ulotlardagi kabi emas. Rivojlantiruvchi о„yin va mashg„ulotlarning mazmuni bolaning psixik rivojlanishini oldinga surish, uning idroki, diqqati, xotirasi, tafakkuri, nutqi, harakat sohasi, ixtiyoriy xulq, atvori, ya‟ni bola tomonidan asl о„quv dasturini muvaffaqiyatli о„zlashtirish asosini tashkil etadigan psixik funksiyalar va shaxsiy sifatlarni takomillashtirishdir. Ota - onalar va bolalar bog„chasi personali ongiga yetkazish muhimki, psixolog ishi bolani о„qitish emas, balki uni rivojlantirishga qaratilgan. Bu ish esa anchagina sekin kechadi va ijobiy natijaga birdaniga erishilmaydi, balki atrofdagilar uchun sezilmasdan, yashirin namoyon bо„lishi ham mumkin. Psixolog ishi natijalari zohiriy namoyon bо„ladi, masalan, atrofdagilar xulq-atvoridagi ayrim noxush shakllar yо„qolgani, bola ilgari bajara olmagan faoliyat turlarini bajarish uchun qobiliyatlar paydo bо„lganini sezmaydi. Maxsus о„tkazilgan tadqiqotlardan ma‟lum bо„lishicha, boshlang„ich sinf о„quvchilarida yorqin individual farqlarni kо„rish mumkin. Bu ular о„quv faoliyatida kо„zga tashlanadi. О„quv faoliyatida boshlang„ich sinf о„quvchilarining umumiy va maxsus qobiliyatlari birinchi о„rinda turadi. Tajriba о„tkazilgan bolalarning 80 %ida qandaydir muvaffaqiyatga erishilgan. Shunday qilib, maxsus qobiliyatlarni о„quvchilar individual farqlarining asosi sifatida qarab, о„quv-tarbiya ishlarida ularni hisobga olish zarur. О„quvchilarning shaxsiy va psixik rivojlanishida umumiy maxsus qobiliyatlar muhim omil hisoblanadi. О„quvchi qiziqishlari va qobiliyatlarini anglashi, ularning qanchalik rivojlanganligidan qat‟iy nazar umuman shaxsning shakllanishiga katta ta‟sir kо„rsatadi. Download 322.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling