3-mavzu: psixologik xizmat mahsuldorligining shart sharoitlari reja
Download 322.21 Kb. Pdf ko'rish
|
5 Mavzu
2.Bola uchun qulay iqlim yaratish Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday iqlim yaratishda bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqati muhim hisoblanadi. О„smirlarning tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Muloqotdagi muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, о„zini yomon his qilishga olib keladi-ki, uning о„rnini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday kо„rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot о„smirlar tomonidan muhim jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga e‟tibor berishni, kattalar va tengdoshlari bilan о„zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ularni tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. О„smirda xuddi shu tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoiy yetukligining muhim kо„rsatkichi bо„lmish qadriyatlar shakllana boshlaydi. Ularda asosan muloqot – qadriyatlar mazmunini belgilaydi. Bu yosh tengdoshlari orasida о„zini kо„rsatishga intilish, о„zini va suhbatdoshini yaxshiroq bilishga intilish, atrof- muhitni bilish kabi muloqot motivlari jamoa tomonidan tan olinishi, о„ziga ishonish, xatti- harakatlarining mustahkamligi va yuksak umumiy madaniyat, о„z fikriga ega bо„lish, mustahkam iroda, о„z-о„zini nazorat qilish, halollik, kо„ngilchanlik kabi qadriyatlar sistemasining yuzaga kelishiga sabab bо„ladi. U yoki bu sababga kо„ra tengdoshlari bilan muloqot shakllanmagan о„smirda yoshiga nisbatan shaxsning taraqqiyotida orqada qolish kuzatiladi. О„smir shaxsining shakllanishida tengdoshlari bilan muloqotning rolini kamaytirmagan holda, ba‟zan bu muloqotga katta ahamiyat berilishini ta‟kidlash joiz. Tengdoshlari bilan muloqot–ontogenezning barcha bosqichlarida bolaning shaxsiy va psixik rivojlanishida muhim hisoblanadi, lekin bola «normal» (axloqan tarbiyalangan) katta kishilar bilan muloqotda bо„lgandagina, u о„z funksiyasini bajaradi. Xuddi shu kattalar bilan muloqotda tengdoshlari orasida shakllangan qadriyatlarni tushunish va nazorat qilish rо„y beradi. Xuddi shu kattalar bilan muloqotda jamiyat uchun xos bо„lgan axloqiy fazilatlarni va qadriyatlarni о„zlashtiradi. Psixologik tadqiqotlardan ma‟lum bо„lishicha, о„smirlik va о„spirinlik davrida kattalar bilan norasmiy ishonchga asoslangan muloqotga ehtiyoj bu davrda paydo bо„lgan yangi psixologik tuzilmalardan biridir. Hozirgi maktablarda о„quvchilarning kattalar, tengdoshlari bilan tо„liq muomala muloqotini ta‟minlaydigan psixologik sharoitlar yaratilmagan. Shu sababli о„quvchilarda maktabga, о„qishga salbiy munosabat, о„ziga, atrofdagi kishilarga nisbatan notо„g„ri munosabat shakllanadi. Bunday sharoitda shaxsning rivojlanishi va unga mahsuldor ta‟lim berish mumkin bо„lmay qoladi. Shuning uchun ham qulay psixologik iqlim yaratish, о„quvchilar va kattalar о„rtasida qiziqarli muloqot uchun imkoniyat yaratishga amaliyotchi psixologlar, sinf rahbarlari, о„qituvchilar, ota-onalar intilishlari lozim. Psixologik xizmat faoliyati о„quvchilar aqliy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini diagnostika qilishga, ta‟lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlashga qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yо„qotish va oldini olishga qaratiladi. Bunday psixologning aniqlangan chetlashishlarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi. Mazkur ishlar о„quvchilarni maktabda, kollejda va litseylarda о„qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq о„rganishga yо„naltirilgan bо„lib, ularning individual xususiyatlarini, ta‟lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mо„ljallangandir. Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, о„quvchilar, maxsus maktab, о„quvchilarini, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy о„quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan о„tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi. О„quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg„ulari, о„z-о„zini boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi. Maslahat berish ishlari - amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari о„qituvchilar, о„quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bо„lishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni kо„rsatadiki, о‘qituvchilar kо‘pincha psixologga quyidagi muammolar Download 322.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling