3-mavzu: Qadimgi Rim ideolgiyasi


Download 26.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana28.10.2023
Hajmi26.93 Kb.
#1729786
  1   2   3   4
Bog'liq
3 (2)



3-mavzu: Qadimgi Rim ideolgiyasi. 
Reja:
1. Qadimgi Rim taraqqiyotining g’oyaviy asoslari va mafkuraviy omillari. 
2. Rimning respublika va imperatorlik davri mafkurasi. 
3. Mark Avreliy siyosiy qarashlari 
4. Tsetseronning ijtimoiy-siyosiy qarashlari va uning mafkuraviy pozitsisi 
5. Rim stoiklari qarashlarining umumiy va farqiy jihatlari. 
6. Lukretsey Kar-quldorlik demokratiyasining ideologi 
1- masala. Kadimgi Rim tarakkiyotining goyaviy asoslari va mafkuraviy
asoslari.

 Qadimgi Rim siyosiy-mafkuralar tarixi uzoq tarixga ega hamda o’zining 


tarixiy rivojlanish bosqichida Rimning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-mafkuraviy 
hayotida sodir bo’lgan muhim o’zgarishlarni o’zida aks ettiradi. 
Qadimgi Rim tarixini o’rganishda uni uch davrga bo’lib o’rganiladi: ya’ni 1) 
podshohlik davri (mil.av. 754-510 y.); 2) respublika davri (mil.av. 509-28 y); 3) 
imperatorlik davri (mil.av. 27 yildan eramizning 467 yilgacha). 
Rimda sodir bo’lgan tarixiy jarayon bu erda ijtimoiy-siyosiy qarashlar, 
ta’limotlarning shakllanishiga g’oyaviy asos bo’lib xizmat qildi. 
Aholining turli tabaqalari patritseylar va plebiylar, nobilitetlar (patritsiy va boy 
plebeylar) va kambag’allar, optimatlar (yuqori tabaqa tarafdorlari) va 
populiyarlar (quyi tabaqa erkinligi tarafdorlari), ozod kishilar va qullar o’rtasida 
uzoq davom etgan kurashlar davomida Rimda turli ijtimoiy-siyosiy g’oyalar, 
mafkuralar vujudga keldi. 
Rimda barcha imtiyozlarga ega patritsiylar bilan huquqiy tenglikka intilgan 
plebeylar o’rtasida ayniqsa kurash uzoq davom etdi va og’ir bo’ldi. Patritseylar 
pleybeylarning jamoa erlaridan foydalanishlariga va Rim respublikasini idora 
etishlariga zo’r berib qarshilik ko’rsatar ekan, bunga qarshi plebeylar Rimdan 
butunlay chiqib ketishlarini bildirdilar, oqibatda esa patritsiylar o’z qo’shinlarining 
kuchsizlanib qolishidan qo’rqib, plebeylarga birmuncha yon berishga majbur 
bo’ldilar.
Rimda er.av. 451 yilda 10 nafa patritsiylardan iborat bo’lgan hay’at tuzildi. Er.av. 
449 yilda 12 jadvaldan iborat qonunlar majmui yaratildi. Bu qonunlarda grek 
allomalarining fikrlari ham katta ahamiyatga ega bo’lgan. Er.av. 445 yilda esa bu 
hay’atning tarkibi 5 nafar patritsiy va 5 nafar plebeylardan iborat bo’lgan. Bundan 
shu narsa yaqqol ko’rinib turibdiki, plebeylar uzok davom etgan kurashlar 
natijasida o’z siyosiy huquqlari borasida muayyan yutuqlarga erishganlar. 
200 yildan ortiq davom etgan kurashda plebeylar o’zlarining fuqarolik huquqini 
tiklab oldilar va o’zlarining himoyachisi sifatida xalq yig’inida qatnashaoladigan 
xalq tribunlarini saylash huquqini qo’lga kiritishdi. Mil. av. 367 yilda xalq yig’ini 
tamonidan saylanadigan ikki konsulning biri albatta plebeylardan bo’lishi 
kerakligi haqida qonun qabul qilindi. 


Plebeylar orasidan xalq yig’iniga konsul bo’lib saylangan aka-uka Grakxlar 
qadimgi Rim tarixida alohida iz qoldirgan. Ular konsul sifatida plebeylar 
manfaatini ximoya etgan holda, mamlakatda ijtimoiy tenglik g’oyasini ilgari 
surganlar. Katta-katta erlarni egallab olgan patritsiylardan ortiqcha erlarni tortib 
olish va ularni ersizlarga tarqatish, yo’llar qurish va oziq-ovqat narxini pasaytirish 
aka-uka Tibirey va Gay Grakxlarning asosiy g’oyalari edi. 
Ular tamonidan boshlangan islohatlar yuqori tabaqa vakillarining qattiq 
qarshiligiga duch keldi va oqibatda mamlakatda qurolli to’qnashuvlar sodir 
bo’lishiga olib keldi. Bu kurashda aka-uka Grakxlar xalok bo’lishdi. 
Siyosiy jihatdan Grakxlar harakati davlat ishlarida senat va senatdagi konservativ 
guruhlar ta’sirini kamaytirishga, oddiy xalq ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan 
edi... Bu qonun Rim respublikasi yuqori tabaqalariga qarshi kurashda senatga 
qarshi kuchlarning birlashishiga va demokratik ruhdagi harakatlarning 
kuchayishiga hissa qo’shdi. 
Plebeylar patretseylar bilan barcha sohada birdek huquqlarini tiklab olgan bo’lsa-
da, Qadimgi Rimdagi ijtimoiy tengsizlik hamon davom etar edi.
Eramizdan avvalgi III asrga kelib, plebeylar Rimning to’la huquqli fuqarosi bo’lib 
olgan bo’lsalar-da, biroq lavozimlarni ado etganlik uchun hech qanday haq 
to’lanmas edi. Shuning uchun o’zini va oilasini boqish uchun kun bo’yi mehnat 
qilishga majbur bo’lgan kambag’allar bu mansablarni egallab olmas edilar. 

Download 26.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling