3-mavzu: Qadimgi Rim ideolgiyasi
Download 26.93 Kb. Pdf ko'rish
|
3 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- masala. Kadimgi Rim tarakkiyotining goyaviy asoslari va mafkuraviy asoslari.
3-mavzu: Qadimgi Rim ideolgiyasi. Reja: 1. Qadimgi Rim taraqqiyotining g’oyaviy asoslari va mafkuraviy omillari. 2. Rimning respublika va imperatorlik davri mafkurasi. 3. Mark Avreliy siyosiy qarashlari 4. Tsetseronning ijtimoiy-siyosiy qarashlari va uning mafkuraviy pozitsisi 5. Rim stoiklari qarashlarining umumiy va farqiy jihatlari. 6. Lukretsey Kar-quldorlik demokratiyasining ideologi 1- masala. Kadimgi Rim tarakkiyotining goyaviy asoslari va mafkuraviy asoslari. Qadimgi Rim siyosiy-mafkuralar tarixi uzoq tarixga ega hamda o’zining tarixiy rivojlanish bosqichida Rimning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-mafkuraviy hayotida sodir bo’lgan muhim o’zgarishlarni o’zida aks ettiradi. Qadimgi Rim tarixini o’rganishda uni uch davrga bo’lib o’rganiladi: ya’ni 1) podshohlik davri (mil.av. 754-510 y.); 2) respublika davri (mil.av. 509-28 y); 3) imperatorlik davri (mil.av. 27 yildan eramizning 467 yilgacha). Rimda sodir bo’lgan tarixiy jarayon bu erda ijtimoiy-siyosiy qarashlar, ta’limotlarning shakllanishiga g’oyaviy asos bo’lib xizmat qildi. Aholining turli tabaqalari patritseylar va plebiylar, nobilitetlar (patritsiy va boy plebeylar) va kambag’allar, optimatlar (yuqori tabaqa tarafdorlari) va populiyarlar (quyi tabaqa erkinligi tarafdorlari), ozod kishilar va qullar o’rtasida uzoq davom etgan kurashlar davomida Rimda turli ijtimoiy-siyosiy g’oyalar, mafkuralar vujudga keldi. Rimda barcha imtiyozlarga ega patritsiylar bilan huquqiy tenglikka intilgan plebeylar o’rtasida ayniqsa kurash uzoq davom etdi va og’ir bo’ldi. Patritseylar pleybeylarning jamoa erlaridan foydalanishlariga va Rim respublikasini idora etishlariga zo’r berib qarshilik ko’rsatar ekan, bunga qarshi plebeylar Rimdan butunlay chiqib ketishlarini bildirdilar, oqibatda esa patritsiylar o’z qo’shinlarining kuchsizlanib qolishidan qo’rqib, plebeylarga birmuncha yon berishga majbur bo’ldilar. Rimda er.av. 451 yilda 10 nafa patritsiylardan iborat bo’lgan hay’at tuzildi. Er.av. 449 yilda 12 jadvaldan iborat qonunlar majmui yaratildi. Bu qonunlarda grek allomalarining fikrlari ham katta ahamiyatga ega bo’lgan. Er.av. 445 yilda esa bu hay’atning tarkibi 5 nafar patritsiy va 5 nafar plebeylardan iborat bo’lgan. Bundan shu narsa yaqqol ko’rinib turibdiki, plebeylar uzok davom etgan kurashlar natijasida o’z siyosiy huquqlari borasida muayyan yutuqlarga erishganlar. 200 yildan ortiq davom etgan kurashda plebeylar o’zlarining fuqarolik huquqini tiklab oldilar va o’zlarining himoyachisi sifatida xalq yig’inida qatnashaoladigan xalq tribunlarini saylash huquqini qo’lga kiritishdi. Mil. av. 367 yilda xalq yig’ini tamonidan saylanadigan ikki konsulning biri albatta plebeylardan bo’lishi kerakligi haqida qonun qabul qilindi. Plebeylar orasidan xalq yig’iniga konsul bo’lib saylangan aka-uka Grakxlar qadimgi Rim tarixida alohida iz qoldirgan. Ular konsul sifatida plebeylar manfaatini ximoya etgan holda, mamlakatda ijtimoiy tenglik g’oyasini ilgari surganlar. Katta-katta erlarni egallab olgan patritsiylardan ortiqcha erlarni tortib olish va ularni ersizlarga tarqatish, yo’llar qurish va oziq-ovqat narxini pasaytirish aka-uka Tibirey va Gay Grakxlarning asosiy g’oyalari edi. Ular tamonidan boshlangan islohatlar yuqori tabaqa vakillarining qattiq qarshiligiga duch keldi va oqibatda mamlakatda qurolli to’qnashuvlar sodir bo’lishiga olib keldi. Bu kurashda aka-uka Grakxlar xalok bo’lishdi. Siyosiy jihatdan Grakxlar harakati davlat ishlarida senat va senatdagi konservativ guruhlar ta’sirini kamaytirishga, oddiy xalq ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan edi... Bu qonun Rim respublikasi yuqori tabaqalariga qarshi kurashda senatga qarshi kuchlarning birlashishiga va demokratik ruhdagi harakatlarning kuchayishiga hissa qo’shdi. Plebeylar patretseylar bilan barcha sohada birdek huquqlarini tiklab olgan bo’lsa- da, Qadimgi Rimdagi ijtimoiy tengsizlik hamon davom etar edi. Eramizdan avvalgi III asrga kelib, plebeylar Rimning to’la huquqli fuqarosi bo’lib olgan bo’lsalar-da, biroq lavozimlarni ado etganlik uchun hech qanday haq to’lanmas edi. Shuning uchun o’zini va oilasini boqish uchun kun bo’yi mehnat qilishga majbur bo’lgan kambag’allar bu mansablarni egallab olmas edilar. Download 26.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling