3-mavzu: Qadimgi Rim ideolgiyasi


o’zining muruvvatliligi, aristokratiya, o’zining donishmandligi, demokratiya


Download 26.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana28.10.2023
Hajmi26.93 Kb.
#1729786
1   2   3   4
Bog'liq
3 (2)

o’zining muruvvatliligi, aristokratiya, o’zining donishmandligi, demokratiya 
esa o’zining erkinligi bilan bizni o’ziga tortadi” deydi. Biroq, u har uchala 
davlat boshqaruvi shakllarining qiyinlashuvi, ya’ni aralash boshqaruv shakli eng 
yaxshi usuldir, degan fikrga kelib, davlat masalalarining bir qismi podshoh 
tamonidan, bir qismi aristokratiya va yana bir qismi xalq tamonidan xal qilinsa 
yaanada yaxshiroq bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi. 


 Tsitseron o’zining bu qarashlarini Rim davlatining evalyutsiyasi, deb izoxlaydi. 
Va unda podshohlik boshqaruvi shaklini Rim kontsullari (magistratlar), 
aristokratlar xokimiyati-Rim senati vakolatlarida, xalq xokimiyati-xalq yig’ini va 
xalq tribunlari vakolatidir, deb hisoblaydi.
Uning fikricha, Rim davlati boshqaruvi shakli qaysi bir qonunlarda belgilandek 
maxsus, ayrim odamlar tamonidan o’ylab topilmagan. Balki, ota-bobolar 
tamonidan qadimdan shakllantirilib kelingan.
Tsitseron mamlakat rivojida, uning barqaror yashashida geografik sharoitni o’rni 
ham beqiyos deb bilgan. Rimni uch tamondan suv bilan tutashganligi uni tashqi 
tamondan bo’ladigan xujumlardan saqlashga muhim ahamiyat kasb etgan. 
Gretsiyada bo’layotgan urushlar uning geografik jihatdan qo’lay sharoitda 
joylashmaganligida, deb hisoblagan. 
Tsitseron yashayotgan paytda Rimda xokimiyatni yo’lga kiritish uchun turli 
kuchlarning o’zaro ayovsiz kurashlari avj olgan edi. Buni esa u ko’rmasligi va u 
haqda o’z fikrini aytmasligi mumkin emas edi. U Rimda senatorlar respublikasi 
boshqaruvini ilgari surdi. Bu bilan mamlakatda bo’layotgan turli ziddiyatlarni 
oldini olish mumkin, deb xisoblar edi. 
Tsitseron qullikni muayyan ma’noda qo’llab-quvvatladi. Uning fikricha, bunday 
ishlar, ya’ni qullik ayrim odamlar uchun foydali. Qaysi kim bir siqim nohaq 
odamlar qonunsizlik ishlarini amalga oshirar ekan, xo’rlangan odamlar qullikda 
yaxshi ahvolda bo’ladilar. U qularga “yollanma” kishilar sifatida munosabatda 
bo’lishni va ularga nima mumkin bo’lsa shuni berishni ilgari suradi. 
Tsitseronga tabiiy huquq masalasida Aflotun, Aristotel va stoiklarning ta’siri 
kuchli bo’lgan. Tabiiy huquq esa o’z-o’zidan adolat so’zini paydo qiladi. Uning 
fikricha adolat boshqalarga zarar etkazmaslik va begonalar mulkiga xilof ish 
tutmaslikni talab qiladi. 

Download 26.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling