Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


Download 194.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/36
Sana17.06.2023
Hajmi194.36 Kb.
#1550642
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida



Norasmiy tarjima
PATENT KOOPERATSIYASI TO‘G‘RISIDA
SHARTNOMA
1970-yil 19-iyun, Vashington
(O‘zbekiston Respublikasi uchun 1991-yil 25-dekabrdan kuchga kirdi)
Ahdlashuvchi davlatlar,
Fan va texnika taraqqiyotiga hissa qo‘shishni istagan holda,
Ixtirolarning huquqiy jihatdan muhofaza qilinishini takomillashtirishga intilgan holda,
Ixtirolarga muhofaza bir nechta mamlakatda so‘ralganda muhofaza olishni soddalashtirishga
va tejamli qilishga intilgan holda,
Yangi ixtirolarni tavsiflovchi hujjatlarda mavjud bo‘lgan texnik axborotdan jamoat foydalana
olishini yengillashtirishga va jadallashtirishga intilgan holda,
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud, milliy yoki mintaqaviy tizimlar bo‘lishidan qat’i nazar,
ularning o‘ziga xos ehtiyojlariga javob beradigan mavjud texnik yechimlar to‘g‘risidagi axborotdan
yanada tezda foydalana olishni ta’minlash hamda doimiy oshib boradigan zamonaviy texnik
yutuqlardan foydalanishni yengillashtirish vositasida ixtirolarni muhofaza qilishning huquqiy
tizimlari samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan choralarni ko‘rish yo‘li bilan mazkur mamlakatlar
iqtisodiy taraqqiyotini rag‘batlantirish va jadallashtirishni istagan holda,
Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik ushbu maqsadlarga erishishda sezilarli darajada yordam
berishiga qat’iy ishonch qilgan holda,
ushbu Shartnomani tuzdilar.
KIRISh QOIDALARI
1-modda
Ittifoqni ta’sis etish
(1) Ushbu Shartnomaning ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar (bundan buyon “Ahdlashuvchi
davlatlar” deb nomlanadi) ixtirolarni muhofaza qilish uchun talabnomalar topshirish sohasida
hamkorlik qilish, ular bo‘yicha izlash va ekspertiza o‘tkazish, shuningdek maxsus texnik xizmatlarni
ko‘rsatish uchun Ittifoq tashkil qiladilar. Ushbu Ittifoq Xalqaro patent kooperatsiyasi ittifoqi deb
nomlanadi.
(2) Ushbu Shartnomaning hech bir qoidalari Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij
konvensiyasida nazarda tutilgan huquqlarni, ushbu Konvensiya ishtirokchisi bo‘lgan davlatning har
qanday fuqarosi yoki ushbu mamlakatda yashayotgan shaxs huquqlarini cheklash sifatida
tushunmasligi kerak.

Download 194.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling