Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
I BOB XALQARO TALABNOMA VA XALQARO IZLASh
Download 194.36 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-modda Ariza
I BOB
XALQARO TALABNOMA VA XALQARO IZLASh 3-modda Xalqaro talabnoma (1) Ixtirolarni muhofaza qilish uchun talabnomalar Ahdlashuvchi davlatlarning istalgan birida ushbu Shartnomaga muvofiq xalqaro talabnomalar sifatida berilishi mumkin. (2) Xalqaro talabnoma ushbu Shartnomada va Yo‘riqnomada belgilanganidek ariza, ixtiro tavsifi, ixtiro formulasining bitta bandi yoki bir necha bandi, bitta yoki bir nechta chizma (agar bu zarur bo‘lsa) va referatni ichiga olishi kerak. (3) Referat faqat texnik axborot maqsadlari uchun xizmat qiladi va boshqa maqsadlarda, xususan so‘ralayotgan muhofaza hajmini talqin qilish uchun e’tiborga olinishi mumkin emas. (4) Xalqaro talabnoma: (i) belgilangan tilda tuzilgan bo‘lishi kerak; (ii) xalqaro talabnomani rasmiylashtirish uchun belgilangan talablarga javob berishi kerak; (iii) ixtironing birligiga doir belgilangan talabga javob berishi kerak; (iv) belgilangan bojlar to‘lanishi bilan birga yuritilishi kerak. 4-modda Ariza (1) Ariza quyidagilarni ichiga oladi: (i) xalqaro talabnoma ushbu Shartnomaga ko‘ra ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida iltimosnoma; (ii) Ahdlashuvchi davlatni yoki xalqaro talabnoma asosida ixtiro muhofazasi so‘ralayotgan davlatlarni ko‘rsatilishi (“ko‘rsatilgan davlatlar”); agar biror-bir ko‘rsatilgan davlatga nisbatan mintaqaviy patent so‘rash mumkin bo‘lsa va talabnoma beruvchi milliy patent emas, balki mintaqaviy patent olishni istasa, arizada bu bayon qilinishi kerak: agar mintaqaviy patent to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq talabnoma beruvchi o‘z talabnomasini ushbu shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan alohida davlatlar bilan cheklash imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ushbu davlatlardan bittasini ko‘rsatilishi va mintaqaviy patentni olish haqidagi iltimos ushbu shartnoma ishtirokchilari bo‘lgan barcha davlatlarni ko‘rsatilishi sifatida ko‘rilishi kerak; agar ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq ushbu davlatni ko‘rsatilishi mintaqaviy patent uchun talabnoma kuchiga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatma mintaqaviy patentni olish niyati sifatida ko‘rib chiqilishi kerak; (iii) talabnoma beruvchi va agent (agar u mavjud bo‘lsa) nomi hamda u haqida aniqlangan boshqa ma’lumotlar; (iv) ixtironing nomi; (v) ixtirochi nomi va u haqida aniqlangan boshqa ma’lumotlar, agar ko‘rsatilgan davlatlardan eng kamida bittasining milliy qonunchiligi ushbu ma’lumotlar milliy talabnoma berish bilan bir vaqtda taqdim etilishini talab qilsa. Aks holda mazkur ma’lumotlar milliy qonunchiligi ularni taqdim etishni talab qiladigan, ammo ularni milliy talabnoma berilganidan keyin taqdim etishga ruxsat beradigan davlatning har bir ko‘rsatilgan idorasiga yo‘llangan arizada yoki alohida xatlarda taqdim etilishi mumkin. (2) Ahdlashuvchi davlatlardan har birini ko‘rsatganlik uchun belgilangan boj belgilangan muddatda to‘lanadi. (3) Agar talabnoma beruvchi 43-moddada sanab o‘tilgan muhofaza turlaridan birortasini so‘ramasa, davlatni ko‘rsatilishi so‘ralayotgan muhofaza ko‘rsatilgan davlat tomonidan yoki ushbu davlatga nisbatan patent berilishidan iboratligini anglatadi. Ushbu band maqsadlari uchun 2(ii)- moddasi qoidalari qo‘llanilmaydi. (4) Arizada ixtirochi nomi va u haqida aniqlangan boshqa ma’lumotlarning yo‘qligi milliy qonunchiligi ushbu ma’lumotlar taqdim etilishini talab qiladigan, ammo ularni milliy talabnoma berilganidan keyin taqdim etishga ruxsat beradigan har qanday ko‘rsatilgan davlatda hech qanday oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Mazkur ma’lumotlarni alohida xatda taqdim etilmasligi milliy qonunchiligi ushbu ma’lumotlar taqdim etilishini talab qiladigan har qanday ko‘rsatilgan davlatda hech qanday oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Download 194.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling