Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
Download 194.36 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-modda Ixtiro formulasi
- 8-modda Ustuvorlikni da’vo qilish
5-modda
Ixtiro tavsifi Tavsif ixtiro ushbu sohadagi mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lishi uchun ixtironi yetarli darajada aniq va to‘liq ochib berishi kerak. 6-modda Ixtiro formulasi Ixtiro formulasining bandi yoki bandlari muhofaza so‘ralayotgan obyektni aniqlashi kerak. Ixtiro formulasining bandlari ravshan va aniq bo‘lishi kerak. Ular ixtiro tavsifi bilan to‘liq asoslanishi kerak. 7-modda Chizmalar (1) Chizmalar (2)(ii)-bandining qoidalarini inobatga olgan holda, ular ixtironi tushunish uchun zarur bo‘lganda taqdim etiladi. (2) Agar chizmalar ixtironi tushunish uchun zarur bo‘lmasa, ammo ixtiro tabiati chizmalar ko‘rinishidagi rasmlarga yo‘l qo‘ysa: (i) talabnoma beruvchi bunday chizmalarni xalqaro talabnomaga uni berish chog‘ida qo‘shishi mumkin; (ii) har qanday ko‘rsatilgan idora talabnoma beruvchi bunday chizmalarni belgilangan muddatda taqdim etishini talab qilishi mumkin. 8-modda Ustuvorlikni da’vo qilish (1) Xalqaro talabnoma Yo‘riqnomada belgilangan tartibda Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasining ishtirokchisi bo‘lgan har qanday davlatga yoki har qanday bunday davlatga nisbatan berilgan bitta yoki ilgarigi bir nechta talabnomaning ustuvorligi to‘g‘risida arizani ichiga olishi mumkin. (2) (a) (1)-bandiga muvofiq bayon qilingan ustuvorlikka har qanday da’voning shartlari va oqibatlari (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasining Stokgolm Hujjatining 4-moddasida nazarda tutilgani kabi bo‘lishi kerak. (b) Ahdlashuvchi davlatga yoki bunday davlatga nisbatan berilgan bitta yoki ilgarigi bir nechta talabnomaning ustuvorligi so‘ralayotgan xalqaro talabnoma ushbu davlat ko‘rsatilishini ichiga olishi mumkin. Agar xalqaro talabnoma biror-bir ko‘rsatilgan davlatga yoki bunday davlatga nisbatan berilgan bitta yoki bir nechta milliy talabnoma ustuvorligi so‘ralayotgan bo‘lsa yoki faqat bitta davlat ko‘rsatilgan boshqa xalqaro talabnomaning ustuvorligi so‘ralayotgan bo‘lsa, ushbu davlatda ustuvorlikka da’vo shartlari va oqibatlari uning milliy qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Download 194.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling