Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Depozitariy funksiyalari


Download 194.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/36
Sana17.06.2023
Hajmi194.36 Kb.
#1550642
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

68-modda
Depozitariy funksiyalari
(1) Ushbu Shartnomaning asl matni u imzolash uchun yopilganidan keyin Bosh direktorga
saqlash uchun topshiriladi.
(2) Bosh direktor ushbu Shartnoma va unga ilova qilinadigan Yo‘riqnomaning o‘zi tomonidan
lozim darajada tasdiqlangan ikkita nusxasini Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij
konvensiyasiga a’zo barcha davlatlarning hukumatlariga va so‘rov bo‘yicha boshqa har qanday
davlatning hukumatiga yuboradi.
(3) Bosh direktor ushbu Shartnomani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida ro‘yxatdan
o‘tkazadi.
(4) Bosh direktor ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomaga kiritilgan har qanday tuzatishning o‘zi
tomonidan lozim darajada tasdiqlangan ikkita nusxasini barcha Ahdlashuvchi davlatlarning
hukumatlariga va so‘rov bo‘yicha boshqa har qanday davlatning hukumatiga yuboradi.
69-modda
Bildirishnomalar
Bosh direktor Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasiga a’zo barcha
davlatlarni quyidagilar haqida xabardor qiladi:
(i) 62-moddaga muvofiq imzolashlar haqida;
(ii) 62-moddaga muvofiq qo‘shilish to‘g‘risidagi ratifikatsiya yorliqlari yoki hujjatlarini saqlash
uchun topshirish haqida;
(iii) ushbu Shartnomani kuchga kirganligi sanasi va 63(3)-moddaga muvofiq II bob qo‘llanishi
boshlanadigan sana haqida;
(iv) 64(1)-(5)-moddaga muvofiq bayon qilingan har qanday izohlar haqida;
(v) 64(6)(b)-moddaga muvofiq amalga oshirilgan har qanday izohlarni olib qo‘yish haqida;
(vi) 66-moddaga muvofiq olingan denonsatsiyalar haqida, va
(vii) 31(4)-moddaga muvofiq amalga oshirilgan har qanday bayonotlar haqida.
(imzolar)

Download 194.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling