Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Shartnoma va Yo‘riqnomani bosqichma-bosqich qo‘llash


Download 194.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/36
Sana17.06.2023
Hajmi194.36 Kb.
#1550642
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

65-modda
Shartnoma va Yo‘riqnomani bosqichma-bosqich qo‘llash
(1) Agar biror-bir Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi bilan kelishuv
bunday Organ ko‘rib chiqish majburiyatini olgan xalqaro talabnomalar soni yoki turiga vaqtinchalik
cheklashni nazarda tutsa, Assambleya xalqaro talabnomalarning ma’lum toifasiga nisbatan ushbu
Shartnoma va Yo‘riqnomani bosqichma-bosqich qo‘llash uchun zarur bo‘lgan choralarni ko‘radi.
Ushbu qoida 15(5)-moddaga ko‘ra xalqaro turda izlashni o‘tkazish haqidagi iltimoslarga nisbatan
ham tatbiq etiladi.
(2) Assambleya sanalarni belgilaydi, ulardan e’tiboran (1)-band qoidalarini inobatga olgan
holda xalqaro talabnomalar va xalqaro dastlabki ekspertiza o‘tkazilishiga talablar berilishi mumkin.
Ushbu sanalar tegishincha 63(1)-modda qoidalariga ko‘ra ushbu Shartnoma kuchga kirganidan


keyin yoki 63(3)-modda qoidalariga ko‘ra II bob qo‘llanishi boshlanishidan keyin olti oydan kech
bo‘lmasligi kerak.
66-modda
Denonsatsiya
(1) Har qanday Ahdlashuvchi davlat ushbu Shartnomani Bosh direktorga yo‘naltirilgan
bildirishnoma yo‘li bilan denonsatsiya qilishi mumkin.
(2) Denonsatsiya Bosh direktor tomonidan bildirishnoma olingan kundan e’tiboran olti oy
o‘tgach kuchga kiradi. Denonsatsiya, agar ushbu olti oylik muddat tugashiga qadar xalqaro
talabnoma berilgan bo‘lsa va denonsatsiya qiluvchi davlat tanlanganda ushbu tanlash amalga
oshirilgan bo‘lsa, denonsatsiya qilinayotgan davlatda xalqaro talabnomaning amal qilishini
tugatmaydi.
67-modda
Imzolash va tillar
(1) (a) Ushbu Shartnoma ingliz va fransuz tillarida bittadan nusxada imzolanadi, bunda har
ikkala matn to‘laligicha bir-biriga to‘g‘ri.
(b) Rasmiy matnlar manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashuvlardan keyin Bosh direktor
tomonidan ispan, nemis, portugal, rus va yapon tillarida, shuningdek Assambleya aniqlaydigan
boshqa tillarda ishlab chiqiladi.
(2) Ushbu Shartnoma Vashingtonda imzolash uchun 1970-yilning 31-dekabrigacha ochiq.

Download 194.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling