Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
Download 194.36 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII BOB QAYTA KO‘RIB ChIQISh VA TUZATIShLAR 60-modda Shartnomani qayta ko‘rib chiqish
- 61-modda Shartnomaning ayrim qoidalariga tuzatishlar kiritish
NIZOLARNI HAL QILISh
59-modda Nizolarni hal qilish 64(5)-modda qoidalarini inobatga olgan holda ikkita yoki bir nechta Ahdlashuvchi davlatlar o‘rtasida ushbu Shartnoma yoki Yo‘riqnomani talqin qilishga doir har qanday nizo muzokaralar yo‘li bilan hal qilinmagan taqdirda, agar faqat manfaatdor davlatlar nizoni hal qilishning boshqa usuli haqida kelishib olmasa, har qanday manfaatdor davlat tomonidan Sud Maqomiga muvofiq ariza berilishi yo‘li bilan Xalqaro sudga berilishi mumkin. Ariza berayotgan Ahdlashuvchi davlat Sudda ko‘rib chiqilishi uchun berilgan nizo haqida Xalqaro byuroga xabar berishi kerak; Xalqaro byuro bu haqda qolgan Ahdlashuvchi davlatlarni xabardor qilishi kerak. VII BOB QAYTA KO‘RIB ChIQISh VA TUZATIShLAR 60-modda Shartnomani qayta ko‘rib chiqish (1) Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi davlatlarning maxsus konferensiyalarida vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. (2) Qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyani chaqirish to‘g‘risidagi qaror Assambleya tomonidan qabul qilinadi. (3) Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan tayinlangan har qanday hukumatlararo tashkilot qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiya majlisiga kuzatuvchi sifatida qo‘yiladi. (4) 53(5), (9) va (11), 54, 55(4)-(8), 56 va 57-moddalarga tuzatishlar qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyada yoki 61-modda qoidalariga muvofiq qabul qilinishi mumkin. 61-modda Shartnomaning ayrim qoidalariga tuzatishlar kiritish (1) (a) 53(5), (9) va (11), 54, 55(4)-(8), 56 va 57-moddalarga tuzatishlar kiritish haqidagi takliflar Assambleya a’zosi bo‘lgan har qanday davlat, Ijroiya qo‘mita yoki Bosh direktor tomonidan berilishi mumkin. (b) Bunday takliflar Ahdlashuvchi davlatlarga eng kamida ularni Assambleya tomonidan ko‘rib chiqilishiga qadar olti oy oldin Bosh direktor tomonidan yuboriladi. (2) (a) (1)-bandda nazarda tutilgan moddalarga tuzatishlar Assambleya tomonidan qabul qilinadi. (b) Tuzatishlarni qabul qilish uchun berilgan ovozlarning to‘rtdan uch qismiga teng ko‘pchilik talab qilinadi. (3) (a) (1)-bandda qayd etib o‘tilgan moddalarga har qanday tuzatish har bir davlatning konstitutsiyaviy tartib-taomiliga muvofiq amalga oshirilgan uning qabul qilinganligi haqidagi yozma bildirishnomalar ushbu tuzatish qabul qilinishi vaqtida Assambleya a’zolari bo‘lgan davlatlarning to‘rtdan uch qismidan Bosh direktor tomonidan olinganidan keyin bir oy o‘tgach kuchga kiradi. (b) Mazkur moddalarga bunday tarzda qabul qilingan har qanday tuzatish u kuchga kirgan vaqtda Assambleya a’zosi bo‘lgan barcha davlatlar uchun majburiydir; biroq Ahdlashuvchi davlatlarning moliyaviy majburiyatlarini oshiruvchi har qanday tuzatish faqat bunday tuzatish ular tomonidan qabul qilinganligi haqida xabardor qilgan davlatlar uchun majburiydir. (c) (a) kichik bandi qoidalariga muvofiq qabul qilingan har qanday tuzatish mazkur tuzatish (a) kichik bandi qoidalariga muvofiq kuchga kirgan sanadan keyin Assambleya a’zolari bo‘lgan barcha davlatlar uchun majburiydir. Download 194.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling