Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
-modda Xalqaro izlash organi
Download 194.36 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
16-modda
Xalqaro izlash organi (1) Xalqaro izlash Xalqaro izlash organi tomonidan o‘tkaziladi, mazkur organ sifatida milliy idora yoki hukumatlararo tashkilot, masalan Xalqaro patent instituti bo‘lishi mumkin, uning vazifalari qatoriga bayon qilingan ixtirolarga nisbatan texnika darajasini aniqlash bo‘yicha izlash haqidagi hujjatlashtirilgan hisobotlarni tayyorlash kiradi. (2) Agar yagona Xalqaro izlash organi ta’sis qilinishiga qadar bo‘lgan davrda bir nechta xalqaro izlash organi mavjud bo‘lsa, har bir qabul qiluvchi idora (3)(b)-bandida qayd etib o‘tilgan kelishuv shartlariga muvofiq Xalqaro izlash organini yoki ushbu idoraga beriladigan xalqaro talabnomalar bo‘yicha izlashni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan organlarni ko‘rsatadi. (3) (a) Xalqaro izlash organlari Assambleya tomonidan tayinlanadi. (s) kichik bandida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan har qanday milliy idora yoki har qanday hukumatlararo tashkilot xalqaro izlash organi sifatida tayinlanishi mumkin. (b) Tayinlash bunday Organ sifatida tayinlanadigan milliy idora yoki hukumatlararo tashkilotning roziligi bilan hamda ushbu idora yoki tashkilot va Xalqaro byuro o‘rtasida Assambleya tomonidan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan kelishuv tuzilganligi sharti bilan amalga oshiriladi. Kelishuvda tomonlarning huquq va majburiyatlari, xususan bunday idora yoki tashkilotning xalqaro izlashning barcha umumiy qoidalarini qo‘llash va ularga rioya qilish yuzasidan rasmiy majburiyati belgilanishi kerak. (s) Yo‘riqnoma, xususan tayinlanishi mumkin bo‘lishidan oldin har qanday idora yoki tashkilot javob berishi kerak bo‘lgan va ularni tayinlashning jami muddati davomida ular javob berishi kerak bo‘lgan xodimlar va hujjatlarga nisbatan eng kam talablarni nazarda tutadi. (d) Tayinlash ma’lum bir muddatga amalga oshiriladi, mazkur muddat uzaytirilishi mumkin. (e) Biror-bir milliy idorani yoki hukumatlararo tashkilotni tayinlash, shuningdek bunday tayinlash muddatini uzaytirish yoki tugatish haqida qaror qabul qilishdan avval Assambleya manfaatdor idorani yoki tashkilotni eshitadi va 56-moddada qayd etib o‘tilgan Texnik hamkorlik qo‘mitasining fikrini ushbu Qo‘mita tuzilganidan keyin so‘raydi. Download 194.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling