Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


II BOB XALQARO DASTLABKI EKSPERTIZA


Download 194.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/36
Sana17.06.2023
Hajmi194.36 Kb.
#1550642
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

II BOB
XALQARO DASTLABKI EKSPERTIZA
31-modda
Xalqaro dastlabki ekspertizani o‘tkazish talabi
(1) Talabnoma beruvchining talabiga ko‘ra, bu keyingi qoidalarda va Yo‘riqnomada
belgilanganidek, uning xalqaro talabnomasi bo‘yicha xalqaro dastlabki ekspertiza o‘tkaziladi.
(2) (a) Yo‘riqnomada belgilanganidek, II bob qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan Ahdlashuvchi
davlatning fuqarosi yoki ushbu davlatda yashaydigan shaxs bo‘lgan hamda xalqaro talabnomasi
bunday davlatning qabul qiluvchi idorasiga yoki bunday davlat nomidan harakat qiladigan qabul
qiluvchi idoraga berilgan har qanday talabnoma beruvchi xalqaro dastlabki ekspertizani o‘tkazish
talabini berish huquqiga ega.


(b) Assambleya xalqaro talabnomalarni berish huquqiga ega shaxslarga, hatto ular ushbu
Shartnomada ishtirok etmaydigan yoki ishtirok etsa-da, ammo II bob qoidalari bilan bog‘liq
bo‘lmagan davlatning fuqarolari yoki unda yashovchi shaxslar bo‘lganida ham, xalqaro dastlabki
ekspertizani o‘tkazish talabini berishga ruxsat etishi mumkin.
(3) Xalqaro dastlabki ekspertizani o‘tkazish talabi xalqaro talabnomadan alohida beriladi.
Ushbu talab belgilangan tilda, belgilangan shakl bo‘yicha tuziladi va belgilangan ma’lumotlarni
ichiga oladi.
(4) (a) Talabda talabnoma beruvchi xalqaro dastlabki ekspertiza natijalaridan foydalanishni
qasd qilgan Ahdlashuvchi davlat yoki davlatlar (“tanlangan davlatlar”) aniqlanishi kerak.
Qo‘shimcha Ahdlashuvchi davlatlar kechroq tanlanishi mumkin. Tanlash 4-moddaga muvofiq
ko‘rsatib bo‘lingan Ahdlashuvchi davlatlar qatoridan amalga oshirilishi mumkin.
(b) (2)(a)-bandida qayd etib o‘tilgan talabnoma beruvchilar II bob qoidalari bilan bog‘liq har
qanday Ahdlashuvchi davlatni tanlashi mumkin. (2)(a)-bandida qayd etib o‘tilgan talabnoma
beruvchilar faqat II bob qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan, ular bunday talabnoma beruvchilar
tomonidan tanlanishga e’tiroz bildirmaydigan Ahdlashuvchi davlatlarni tanlashi mumkin.
(5) Talab belgilangan bojlarni belgilangan muddatda to‘lash bilan birga kechadi.
(6) (a) Talab 32-moddada qayd etib o‘tilgan Xalqaro dastlabki ekspertizaning vakolatli
organiga beriladi.
(b) Har qanday qo‘shimcha tanlash haqidagi iltimos Xalqaro byuroga beriladi.
(7) Har bir tanlangan idora u tanlanganligi haqida xabardor qilinadi.

Download 194.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling