Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


Download 194.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/36
Sana17.06.2023
Hajmi194.36 Kb.
#1550642
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

47-modda
Muddatlar
(1) Ushbu Shartnomada nazarda tutiladigan muddatlarni hisoblashga doir tafsilotlar
Yo‘riqnomada belgilanadi.
(2) (a) Ushbu Shartnomaning I va II boblarida belgilangan barcha muddatlar 60-moddaga
muvofiq qayta ko‘rib chiqishdan tashqari, Ahdlashuvchi davlatlarning qarori bilan o‘zgartirilishi
mumkin.


(b) Bunday qarorlar yoki Assambleyada yoki yozishmalar vositasida ovoz berish bilan qabul
qilinadi va bir ovozdan qabul qilingan bo‘lishi kerak.
(c) Mazkur tartib-taomilning tafsilotlari Yo‘riqnomada belgilanadi.
48-modda
Ayrim hollarda muddatlarga rioya qilmaslik
(1) Agar ushbu Shartnoma yoki Yo‘riqnoma bilan belgilangan biror-bir muddatga pochta
xizmatlari ko‘rsatilishidagi uzilishlar yoki muqarrar yo‘qotishlar yoki xat-xabarlar ushlanib qolishi
sababiga ko‘ra rioya qilinmagan bo‘lsa, dalillar taqdim etilgan va Yo‘riqnomada belgilangan boshqa
shartlarga rioya qilingan taqdirda, Yo‘riqnomada nazarda tutilgan hollarda muddatga rioya
qilingan deb hisoblanadi.
(2) (a) Har qanday Ahdlashuvchi davlat o‘ziga taalluqli bo‘lganda, ushbu davlatning milliy
qonunchiligida nazarda tutilgan sabablarga ko‘ra muddatlarga rioya qilishda har qanday
kechikishlarga yo‘l qo‘yadi.
(b) Har qanday Ahdlashuvchi davlat o‘ziga taalluqli bo‘lganda, (a) kichik bandida qayd etib
o‘tilganlardan farqlanadigan boshqa sabablarga ko‘ra muddatlarga rioya qilishda har qanday
kechikishlarga yo‘l qo‘yishi mumkin.
49-modda
Xalqaro organlarda ishlarni yuritish huquqi
Har qanday ishonchli vakil, patent agenti yoki xalqaro talabnoma berilgan milliy idorada
ishlarni yuritish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxs Xalqaro byuroda, vakolatli Xalqaro izlash
organida va vakolatli Xalqaro dastlabki ekspertiza organida mazkur talabnoma bo‘yicha ishlarni
yuritish huquqiga ham ega bo‘ladi.

Download 194.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling