Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


Download 194.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/36
Sana17.06.2023
Hajmi194.36 Kb.
#1550642
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

51-modda
Texnik yordam
(1) Assambleya Texnik yordam qo‘mitasini (ushbu moddada “Qo‘mita” deb nomlanadi) ta’sis
etadi.
(2) (a) Qo‘mita a’zolari rivojlanayotgan mamlakatlarning lozim darajadagi vakilligini inobatga
olgan holda Ahdlashuvchi davlatlar ichidan saylanadi.
(b) Bosh direktor o‘z tashabbusiga yoki Qo‘mitaning iltimosiga ko‘ra rivojlanayotgan
mamlakatlarga texnik yordam masalalari bilan shug‘ullanadigan hukumatlararo tashkilotlarning
vakillarini Qo‘mita ishida ishtirok etishi uchun taklif etadi.
(3) (a) Qo‘mitaning vazifasi rivojlangan mamlakatlar bo‘lgan Ahdlashuvchi davlatlarga
ularning milliy yoki mintaqaviy asosdagi patent tizimlari rivojlanishiga texnik yordamni tashkil qilish
va kuzatishdan iborat.
(b) Texnik yordam barchasidan tashqari, yana mutaxassislarni tayyorlash, ekspertlarni safarga
jo‘natish va namoyish qilish hamda amaliy qo‘llash uchun uskunalarni yetkazib berishni ham ichiga
oladi.
(4) Ushbu moddaga muvofiq, loyihalarni moliyalashtirish uchun Xalqaro byuro bir tarafdan
xalqaro moliyaviy tashkilotlar va hukumatlararo tashkilotlar bilan, xususan Birlashgan Millatlar
Tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining muassasalari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan
bog‘liq va texnik yordam ko‘rsatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar
bilan, ikkinchi tarafdan texnik yordam olayotgan davlatlarning hukumatlari bilan bitimlar tuzishga
intiladi.
(5) Ushbu modda qoidalarini qo‘llashga doir tafsilotlar Assambleya qarorlari bilan va
Assambleya tomonidan, Assambleya ushbu maqsadda tuzishi mumkin bo‘lgan ishchi guruhlari
tomonidan o‘rnatiladigan chegarada belgilanadi.
52-modda
Shartnomaning boshqa qoidalari bilan bog‘liqlik
Ushbu bob Shartnomaning boshqa boblarida mavjud bo‘lgan moliyaviy qoidalarga tegishli
emas. Ushbu qoidalar mazkur bobga yoki uni qo‘llanilishiga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

Download 194.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling