Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi


Download 194.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/36
Sana17.06.2023
Hajmi194.36 Kb.
#1550642
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

35-modda
Xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi


(1) Xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasi belgilangan muddatda va belgilangan shakl
bo‘yicha tuziladi.
(2) Xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasi bayon qilingan ixtiro biror-bir milliy
qonunchilikka ko‘ra patentga layoqatli yoki patentga layoqatsiz ekanligi yoki taqdim etilganligi
haqida hech qanday tasdiqni ichiga olmaydi. Xulosada (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda u
yangilik, ixtirochilik darajasi (nomayonligi) va sanoatda qo‘llanilishi mezonlarini 33(1) — (4)-
moddada xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun ular aniqlangani kabi formulaning har bir
bandi bo‘yicha qanoatlantirishi tasdiqlanadi. Ushbu tasdiqlash mazkur aniq holatlarda talab
qilinadigan tushuntirishlar bilan qilingan xulosalarning tasdig‘i deb hisoblangan hujjatlarga
havolalar bilan kechadi. Tasdiqlash shuningdek Yo‘riqnomada nazarda tutilgani kabi boshqa
mulohazalar bilan ham birga kechadi.
(3) (a) Agar Xalqaro dastlabki ekspertiza organi xulosani tuzishda 34(4)(a)-moddada qayd etib
o‘tilgan vaziyatlardan biror-biri mavjud degan xulosaga kelsa, xalqaro dastlabki ekspertiza
xulosasida ushbu xulosa va uning sabablari bayon qilinadi. Mazkur xulosa (2)-bandida qayd etib
o‘tilgan biror-bir tasdiqni ichiga olmasligi kerak.
(b) Agar 34(4)(b)-moddada qayd etib o‘tilgan vaziyat yuzaga kelsa, xalqaro dastlabki
ekspertiza xulosasida ixtiro formulasining bunday bandlari bo‘yicha (a) kichik bandida nazarda
tutilgan xulosalar bayon qilinadi, ayni paytda ixtiro formulasining boshqa bandlari bo‘yicha xulosa
(2)-bandda qayd etib o‘tilgan tasdiqni ichiga oladi.
36-modda
Xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasini yuborish, tarjima qilish va tarqatish
(1) Xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi belgilangan ilovalar bilan birga talabnoma
beruvchiga va Xalqaro byuroga yuboriladi.
(2) (a) Xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasi va unga ilovalar belgilangan tillarga tarjima
qilinadi.
(b) Qayd etib o‘tilgan xulosaning tarjimasi Xalqaro byuro tomonidan yoki uning buyurtmasiga
ko‘ra, ammo uning javobgarligi ostida bajariladi, ayni vaqtda nomi aytib o‘tilgan ilovalarning
tarjimasi talabnoma beruvchi tomonidan bajariladi.
(3) (a) Xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasi tarjimasi (belgilanganidek) va ilovalar
(originali tilida) bilan birga Xalqaro byuro tomonidan har bir tanlangan idoraga yuboriladi.
(b) Ilovalarning belgilangan tarjimasi belgilangan muddatda tanlangan idoralarga
talabnoma beruvchi tomonidan yuboriladi.
(4) 20(3)-modda qoidalari xalqaro dastlabki ekspertizaning xulosasida havola qilingan va
xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobotda havola qilinmagan har qanday hujjatga nisbatan mutatis
mutandis qo‘llaniladi.

Download 194.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling