Xalqaro birliklar tizimi – si


Download 136.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana14.02.2023
Hajmi136.22 Kb.
#1198601
  1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza. SIning asosiy birliklari (metr, kilogramm, soniya, amper).



2-mavzu: SIning asosiy birliklari (metr, kilogramm, soniya, amper). 
 
SI ning barcha asosiy birliklarining ta’riflari O'TXK (O‘lchov va Tarozilar 
Xalqaro Konferensiyasi) tomonidan rasman tasdiqlangan. Dastlabki ikkita ta’rif 1889 
yilda, eng so'nggisi esa 1983 yilda qabul qilingan. Bularning barchasi vaqt o'tishi 
bilan o'zgarib turadi chunki fan doimiy ravishda rivojlanmoqda. 
SI ning barcha asosiy birliklarining rasmiy ta’riflari O‘TXQ (O‘lchov va 
Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi) ning rasmiy axborotnomasi - Copmtes Rendus (CR) 
orqali belgilangan. Ta’rif yaqinidagi kichik o'lchamli shriftli matn, ta’rifning tarkibiy 
qismi hisoblanmaydi, lekin unga izoh berib o'tadi. Qavslar ichidagi matn ham 
ta’rifning o’ziga tegishli emas va u mazkur ta’rifning tarixiy kelib chiqishi va qabul 
qilinishiga oid ma’lumotlarni beradi. Birlikning rasmiy ta’rifi matndan yaqqol 
ajratilgan qalin shriftda keltirilgan. Ta’rifning hamda, o'lchov birligining amaliy 
keltirib chiqarish usullari haqida O‘TXQ (O‘lchov va Tarozilar Xalqaro 
Qo‘mitasi)ning rasmiy saytidagi quyidagi manzildan ma’lumot olishingiz mumkin: 
www.bipm.org/si/sibrochure/appendix2/
  
Kogerent hosilaviy birliklarning o'lchamliklari, SI ning asosiy birliklari orqali 
keltirib chiqarilishiga ko'ra bir-birini takrorlamaydi. Masalan, SI dagi kogerent 
hosilaviy birlik bo'lmish qarshilik birligi Om, elektr qarshilikning fizik kattaligidan 
kelib chiqsak, asosiy birliklarning o'lchamiklariga ko'ra, Ω=m
2
kg*s
-3
A
-2
tenglama 
orqali ifodalanadi. Shunga qaramay, SI ning istalgan birligini amalda keltirib 
chiqarish uchun, fizika qonunlari doirasidagi har qanday usuldan foydalanish 
mumkin. Masalan, qarshilik birligi om uchun, O‘TXI(O‘lchov va Tarozilar Xalqaro 
Idorasi) ning tavsiyasiga ko'ra, 
Hall kavnt
effektini qo'llash va fon Klitsing 
doimiysidan foydalanish orqali yuqori darajadagi aniqlik bilan amaliy keltirib 
chiqarilishi mumkin. 
Shuni doimo e’tiborga olish kerakki, garchi asosiy fizik kattaliklar - uzunlik
massa, vaqt, tok kuchi, harorat, modda miqdori va yorug'lik kuchi, shuningdek, 
ularning o'lchov birliklari - metr, kilogramm, soniya, amper, kelvin, mol, hamda, 
kandelalar - kelishuvga ko'ra, amalda bir-biridan o'zaro mustaqil deb qaralsa hamki, 
aslida ular o'zaro chambarchas bog'liqlikka egadirlar. Xususan, metrning o'lchami 


soniya orqali keltirib chiqariladi; amperning o'lchami metr, kilogramm va soniya 
orqali; mol esa kilogramm orqali; hamda, kandela metr, kilogramm va soniya orqali 
keltirib chiqariladi. 

Download 136.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling