Xalqaro birliklar tizimi – si


Download 136.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana14.02.2023
Hajmi136.22 Kb.
#1198601
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza. SIning asosiy birliklari (metr, kilogramm, soniya, amper).

Vaqt birligi - Soniya. 
Vaqt birligi - soniyani avvallari Quyosh sutkasining 1/86400 qismiga teng deb 
qabul qilinar edi. «Quyosh sutkasi»ning aniq ta’rifini astronomlar shakllantirishgan. 
Lekin, o'lchashlarning ko'rsatishicha, yerning aylanish jarayoni nodavriy o'zgarishlar 
bilan kechishi tufayli, yuqoridagi ta’rif qoniqarli bo'lmay qoldi. Vaqt birligini yanada 
aniq belgilash uchun 11 - O'TXK(O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi) 
(1960 yil, 9-rezolyutsiya, CR, 86) Xalqaro Astronomiya Ittifoqining 1900-chi tropik 
yilga asoslanib taklif qilgan ta’rifini qabul qildi. Biroq, tajribalarshuni ko'rsatdiki, 
atom yoki molekulaning ikki energetik sathlararo o'tishiga asoslangan Atom vaqti 
standarti yanada aniqroq va tushunarli amaliy keltirib chiqarilishi mumkin ekan. Fan 
va texnika uchun vaqtning o'ta aniq ta’rifi zarurligini inobatga olib, 13 – 
O’TXK(O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi) (1967/68, 1-Rezolyutsiya, 
CR, 103 va Metrologia, 1968, 4, 43) soniyaning ta’rifini quyidagicha belgiladi: 
Soniya - Seziy-133 atomining ikkita o‘ta nozik sathlari orasidagi bir- biriga 
o'tishiga muvofiq keladigan yorug'lik nurlanishining 9 192 631 770 davriga teng. 
Bundan kelib chiqadiki, Seziy-133 atomining standart holatdagi o‘ta nozik 
parchalanishi aniq 9 192 631 770 Gersga teng. ν(hfs Cs)=9 192 631 770 Gers. 1997 
yildagi O‘TXI (O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi) yig'ilishida quyidagi 
tasdiqlandi: Ushbu ta’rif Seziy-133 atomining tinch holati va 0 K sharoit uchun. 
Bu izoh, SI tizimiga ko'ra, soniyaning ta’rifi, Seziy-133 atomining tinch holati, 
ya’ni tashqi radiatsion ta’sirlarga uchramagan, hamda, mutlaq qora jism tomonidan 
qo'zg'atilmagan va 0 Kelvin termodinamik haroratdagi holatiga asoslanganligini 


ta’kidlash maqsadida qo'shib qo'yildi. Shunga ko'ra, Vaqt va Chastota konsultativ 
qo'mitasining 1999 yildagi bayonotiga asosan, Chastotaga asoslangan barcha asosiy 
chastotaviy standartlar, tashqi radiatsiya ta’sirini inobatga olgan holda o'zaro 
muofiqlashtiriladi. 

Download 136.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling