Xalqaro birliklar tizimi – si
Uzunlik va Masofa birligi - Metr
Download 136.22 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza. SIning asosiy birliklari (metr, kilogramm, soniya, amper).
- Bu sahifa navigatsiya:
- Massa birligi - Kilogramm.
Uzunlik va Masofa birligi - Metr.
1889 yildan boshlab metr ta’rifi Platina-Irridiy asosidagi xalqaro etalonga asoslangan edi. Lekin uni, 1960 yilda 11 - O'TXK(O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi), Kripton-86 atomining vakuumdagi nurlanishining to'lqin uzunligiga muvofiq keluvchi ta’rifi bilan almashtirdi. Bu o'zgarish metrni aniqlashni takomillashtirish, natijaning aniqligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan bo'lib, u Kripton-86 atomining 2Р 10 va 5d 5 sathlariaro o'tishiga muvofiq keladigan vakuumdagi nurlanishning 1650763,73 to'lqin uzunligiga teng ekanligi belgilangan edi. Bu ta’rif ham O’TXK(O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi)ning 17- Bosh konferensiyasida, (1983, Rezolyutsiya 1, CR-97 va Metrologia, 1984, 20, 25) quyidagi yangisi bilan almashtirildi: Metr- yorug'likning vakuumda soniyaning 1/299792458 qismida bosib o'tadigan masofasiga teng. Bundan ma’lum bo'ladiki, yorug'lik vakuumda soniyasiga 299792458 metr/soniya tezlik bilan harakatlanar ekan. Metrning 1889 yilda 1-O‘TXQ (O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi) (CR, 34-38) tomonidan rasman tasdiqlangan asl etaloni hali hamon O‘TXQ (O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi) idorasida, 1889 yilda belgilangan sharoitlarda saqlanmoqda. Massa birligi - Kilogramm. Platina-Irridiy qotishmasidan tayyorlangan tarixiy artefakt - Xalqaro Kilogramm etaloni, 1889 yildagi 1-O‘TXK(O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi) (CR, 34-38) orqali bunday e’lon qilingan: Ushbu namuna etalon, bundan buyon massa birligining asosi boladi. 3-O‘TXK(O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi) (1901 yil, CR, 70) deklaratsiya orqali «vazn» so'zining ikki ma’noli talqin qilinishiga chek qo'yish maqsadida quyidagi tasdiqni qabul qildi: Kilogramm - massa birligi; u Xalqaro kilogramm etaloni massasiga teng. Bundan kelib chiqadiki, xalqaro kilogramm etalonining massasi doimo aniq 1 kilogrammga teng: m(K)=1 kg. Lekin, doimiy muqarrar bo'lgan hodisa - yuza qismida chang to'planishi natijasida, Xalqaro kilogramm etaloni oldini olib bo'lmaydigan sirt ifloslanishi tufayli yiliga 1 µg vazn ortishiga uchramoqda. Shu sababli O‘TXI(O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi), xalqaro etalon massasining keyingi tadqiqotlar uchun qiymatini, tasdiqlangan usulda (PV, 1989, 57, 104-105 va PV, 1990, 58, 95-97) yuvib tozalangandan so'ng, Platina-Irridiy qotishmasi etalon namunasining aniqlangan yangi qiymati bilan Milliy standartlarni muvofiqlashtirishni (kalibrovka qilishni) amalga oshiradi. (Metrologia, 1994, 31, 317-336) Download 136.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling