Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
-modda Xalqaro e’lon qilish
Download 194.36 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-modda Ko‘rsatilgan idoralar uchun nusxasi, tarjimasi va patent boji
21-modda
Xalqaro e’lon qilish (1) Xalqaro byuro xalqaro talabnomalarni e’lon qiladi. (2) (a) (b) kichik bandida va 64(3)-moddada nazarda tutilgan hollardan tashqari, xalqaro talabnomani xalqaro e’lon qilish ushbu talabnomaning ustuvorlik sanasidan e’tiboran 18 oy o‘tgach darhol amalga oshiriladi. (b) Talabnoma beruvchi Xalqaro byurodan o‘zining xalqaro talabnomasini (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan muddat tugashiga qadar istalgan vaqtda e’lon qilishni so‘rashi mumkin. Xalqaro byuro ushbu iltimosni Yo‘riqnomaga muvofiq bajaradi. (3) Xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobot yoki 17(2)(a)-moddada qayd etib o‘tilgan deklaratsiya Yo‘riqnomada belgilanganidek e’lon qilinadi. (4) Xalqaro e’lon qilish tili va shakli, shuningdek boshqa tafsilotlar Yo‘riqnoma bilan belgilanadi. (5) Agar xalqaro talabnoma uni e’lon qilishga texnik tayyorlash yakunlanishiga qadar olib qo‘yilgan bo‘lsa yoki olib qo‘yilgan deb hisoblansa, xalqaro e’lon qilish amalga oshirilmaydi. (6) Agar xalqaro talabnoma Xalqaro byuroning fikriga ko‘ra axloqqa va jamoat tartibiga zid bo‘lgan iboralar yoki chizmalarni ichiga olsa yoki agar uning fikriga ko‘ra xalqaro talabnoma Yo‘riqnomada belgilanganidek iltifotsiz fikrlarni ichiga olsa, Xalqaro byuro e’lon qilishda bunday iboralar, chizmalar va fikrlarni ularning joyi, tushirib qoldirilgan so‘zlar va chizmalar sonini ko‘rsatgan holda tushirib qoldirish huquqiga ega. Xalqaro byuro so‘rovga ko‘ra matnning tushirib qoldirilgan qismlari yoki chizmalarning alohida nusxalarini taqdim etadi. 22-modda Ko‘rsatilgan idoralar uchun nusxasi, tarjimasi va patent boji (1) Talabnoma beruvchi har bir ko‘rsatilgan idoraga ustuvorlik sanasidan e’tiboran 30 [ 1 ] oydan kechikmay xalqaro talabnomaning nusxasini (yuborish 20-moddaga ko‘ra amalga oshirilgan hollar bundan mustasno) va uning tarjimasini (belgilanganidek) taqdim etadi, shuningdek milliy bojni (agar bu nazarda tutilgan bo‘lsa) to‘laydi. Agar ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi ixtirochi nomini va u to‘g‘risidagi belgilangan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatib o‘tishni talab qilsa, ammo ushbu ma’lumotlarni milliy talabnoma berilganidan keyin taqdim etishga yo‘l qo‘ysa, talabnoma beruvchi mazkur ma’lumotlarni, agar ular arizada mavjud bo‘lmasa, ushbu davlatning milliy idorasiga yoki ushbu davlat nomidan amal qiladigan milliy idoraga ustuvorlik sanasidan e’tiboran 30 ] oydan kechikmay taqdim etadi. [1]Muharrir izohi:2002-yilning 1-aprelidan kuchga kirgan 30 oylik muddat ko‘rsatilgan idoralar tomonidan qo‘llaniladigan milliy qonunchilik bilan mos kelmasligi haqida Xalqaro byuroni xabardor qilgan mazkur idoralarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 2002-yilning 31-martiga qadar amal qilgan 20 oylik muddat o‘zgartirilgan 22(1)-modda qo‘llaniladigan milliy qonunchilik bilan mos kelmasligiga qadar har qanday bunday ko‘rsatilgan idoraga nisbatan ushbu sanadan keyin ham qo‘llash davom ettiriladi. Xalqaro byuro tomonidan olingan bunday mos kelmaslik haqidagi axborot JIMT ning Axborotnomasida va Internetdagi www.wipo.int/pct/ru/texts/reservations/res_incomp.html manzili bo‘yicha saytida e’lon qilinadi. (2) Xalqaro izlash organi 17(2)(a)-moddaga ko‘ra xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobot tayyorlanmasligini deklaratsiyada qayd etgan hollarda, ushbu moddaning (1)-bandida qayd etib o‘tilgan harakatlarni bajarish uchun muddat bu (1)-bandda nazarda tutilganidek kabi bo‘ladi. (3) (1) yoki (2)-bandlarda qayd etib o‘tilgan harakatlarni amalga oshirish uchun har qanday milliy qonunchilik ushbu bandlarda nazarda tutilganiga nisbatan kechroq tugaydigan muddatlarni belgilashi mumkin. Download 194.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling