Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
Download 194.36 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
15-modda
Xalqaro izlash (1) Har bir xalqaro talabnoma bo‘yicha xalqaro izlash o‘tkaziladi. (2) Texnikaning tegishli darajasini aniqlash xalqaro izlashning maqsadidir. (3) Xalqaro izlash ixtiro formulasi asosida ixtiro tavsifi va chizmalarni (agar ular bo‘lsa) lozim darajada hisobga olgan holda o‘tkaziladi. (4) 16-moddada qayd etib o‘tilgan Xalqaro izlash organi o‘zidagi mavjud imkoniyatlar darajasida tegishli texnika darajasini aniqlashga intiladi va har qanday holatda ham Yo‘riqnomada belgilangan hujjatlardan foydalaniladi. (5) (a) Milliy talabnomani Ahdlashuvchi davlatning milliy idorasiga yoki bunday davlat nomidan amal qiluvchi milliy idoraga beradigan talabnoma beruvchi, agar Ahdlashuvchi davlatning milliy qonunchiligi bilan va ushbu qonunchilikda belgilangan shartlarga muvofiq bunga ruxsat berilsa, o‘zining talabnomasi bo‘yicha xalqaro izlashga aynan o‘xshash izlash (“xalqaro turdagi izlash”) o‘tkazilishini so‘rashi mumkin. (b) Ahdlashuvchi davlatning milliy idorasi yoki bunday davlat nomidan amal qiluvchi milliy idora, agar Ahdlashuvchi davlatning milliy qonunchiligi bilan bunga ruxsat berilsa, mazkur idoraga berilgan har qanday milliy talabnoma bo‘yicha xalqaro turdagi izlashni o‘tkazishi mumkin. (c) Xalqaro tardagi izlash 16-moddada qayd etib o‘tilgan,agar ushbu milliy talabnoma xalqaro talabnoma bo‘lganida hamda (a) va (b) kichik bandlarida qayd etib o‘tilgan idoraga berilganida xalqaro izlashni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan Xalqaro izlash organi tomonidan o‘tkaziladi. Agar milliy talabnoma Xalqaro izlash organi talabnomalarni ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘lmagan tilda tuzilgan bo‘lsa, xalqaro turdagi izlash xalqaro talabnomalar uchun belgilangan va mazkur Xalqaro izlash organi xalqaro talabnomalarni qabul qilish majburiyatini olgan tilga talabnoma beruvchi tomonidan tayyorlangan tarjima bo‘yicha o‘tkaziladi. Milliy talabnoma va talab qilinganida uning tarjimasi xalqaro talabnomalar uchun belgilangan shakl bo‘yicha taqdim etiladi. Download 194.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling