Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Xalqaro talabnomani Xalqaro byuroga va Xalqaro izlash organiga yuborish


Download 194.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/36
Sana17.06.2023
Hajmi194.36 Kb.
#1550642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

12-modda
Xalqaro talabnomani Xalqaro byuroga va Xalqaro izlash organiga yuborish
(1) Yo‘riqnomada nazarda tutilgan tartib-taomilga muvofiq, xalqaro talabnomaning bir
nusxasi qabul qiluvchi idorada (“qabul qiluvchi idoraning nusxasi”) saqlanadi, bir nusxasi
(“ro‘yxatdan o‘tkaziladigan nusxasi”) Xalqaro byuroga jo‘natiladi va bir nusxasi (“izlash uchun
nusxasi”) 16-moddada qayd etib o‘tilgan vakolatli Xalqaro izlash organiga jo‘natiladi.
(2) Ro‘yxatdan o‘tkaziladigan nusxasi xalqaro talabnomaning asli deb hisoblanadi.
(3) Agar ro‘yxatdan o‘tkaziladigan nusxasi belgilangan muddatda Xalqaro byuro tomonidan
olinmagan bo‘lsa, xalqaro talabnoma olib qo‘yilgan deb hisoblanadi.
13-modda
Ko‘rsatilgan idoralar tomonidan xalqaro talabnoma nusxasini olish imkoniyati
(1) Har qanday ko‘rsatilgan idora Xalqaro byurodan unga xalqaro talabnomaning nusxasini
20-moddada nazarda tutilgan yuborishga qadar jo‘natishni so‘rashi mumkin va Xalqaro byuro
ustuvorlik sanasidan e’tiboran bir yil o‘tgach darhol bunday nusxani ko‘rsatilgan idoraga yuboradi.
(2) (a) Talabnoma beruvchi o‘z xalqaro talabnomasining nusxasini har qanday vaqtda har
qanday ko‘rsatilgan idoraga yuborishi mumkin.
(b) Talabnoma beruvchi Xalqaro byurodan o‘zidagi xalqaro talabnomaning nusxasini har
qanday vaqtda har qanday ko‘rsatilgan idoraga yuborishni so‘rashi mumkin va Xalqaro byuro
nusxani bunday idoraga darhol yuboradi.
(c) Har qanday milliy idora Xalqaro byuroni u (b) kichik bandida nazarda tutilgani kabi
nusxalarni olishni istamasligini xabardor qilishi mumkin; bunday holatda qayd etib o‘tilgan kichik
bandi ushbu idoraga nisbatan qo‘llanilmaydi.
14-modda
Xalqaro talabnomaning ayrim kamchiliklari
(1) (a) Qabul qiluvchi idora xalqaro talabnomada kamchiliklardan biror-biri mavjudligini, aynan
esa quyidagilarni tekshiradi:
(i) Yo‘riqnomada nazarda tutilganidek imzolanmaganligi;
(ii) talabnoma beruvchi to‘g‘risida belgilangan ma’lumotlar mavjud emasligi;
(iii) nomi mavjud emasligi;
(iv) referat mavjud emasligi;


(v) xalqaro talabnomani rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarga Yo‘riqnomada nazarda
tutilgani darajasida qanoatlantirmasligi.
(b) Agar qabul qiluvchi idora qayd etib o‘tilgan kamchiliklardan biror-biri mavjudligini
aniqlasa, u talabnoma beruvchiga xalqaro talabnomani belgilangan muddatda to‘g‘irlashni taklif
qiladi; ushbu talab bajarilmagan taqdirda, talabnoma olib qo‘yilgan deb hisoblanadi va qabul
qiluvchi idora ushbu olib qo‘yish haqida ma’lum qiladi.
(2) Agar xalqaro talabnomada chizmalarga havola qilinsa va ular haqiqatda ham
talabnomaga kiritilmagan bo‘lsa, qabul qiluvchi idora bu haqda talabnoma beruvchini xabardor
qiladi va u belgilangan muddatda chizmalarni taqdim etishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi
buni bajarsa, qabul qiluvchi idora tomonidan chizmalar olingan sana xalqaro berilgan sana deb
hisoblanadi. Aks holda mazkur chizmalarga har qanday havola haqiqiy emas deb hisoblanadi.
(3) (a) Agar qabul qiluvchi idora 3(4)(iv)-moddada nazarda tutilgan bojlar belgilangan
muddatda to‘lanmaganligini yoki 4(2)-moddada nazarda tutilgan boj ko‘rsatilgan davlatlardan
hech biriga to‘lanmaganligini aniqlasa, xalqaro talabnoma olib qo‘yilgan deb hisoblanadi va qabul
qiluvchi idora ushbu olib qo‘yish haqida ma’lum qiladi.
(b) Agar qabul qiluvchi idora 4(2)-moddada nazarda tutilgan boj belgilangan muddatda bitta
yoki undan ortiq davlatga to‘langanligini, ammo barcha ko‘rsatilgan davlatlarga ham
to‘lanmaganligini aniqlasa, belgilangan muddatda boj to‘lanmagan davlatlarni ko‘rsatilganligi olib
qo‘yilgan deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qo‘yish haqida ma’lum qiladi.
(4) Agar qabul qiluvchi idora xalqaro talabnomani xalqaro berish sanasi aniqlanganidan keyin
belgilangan muddatda 11-moddaning (1)-bandi (i) — (iii) kichik bandlarida sanab o‘tilgan
talablardan biror-biri ushbu sanaga bajarilmaganligini aniqlasa, mazkur talabnoma olib qo‘yilgan
deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qo‘yish haqida ma’lum qiladi.

Download 194.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling