Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Talabnoma beruvchi


Download 194.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/36
Sana17.06.2023
Hajmi194.36 Kb.
#1550642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

9-modda
Talabnoma beruvchi
(1) Ahdlashuvchi davlatning har qanday fuqarosi yoki ushbu davlatda yashayotgan shaxs
xalqaro talabnomani berishi mumkin.
(2) Assambleya Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasining ishtirokchisi
bo‘lgan, ushbu Shartnomada ishtirok etmaydigan har qanday davlatning fuqarolariga, shuningdek
ushbu mamlakatda yashayotgan shaxslarga xalqaro talabnomalarni berishga imkon beradigan
qaror qabul qilishi mumkin.
(3) Fuqarolik va yashash joyi tushunchalari, shuningdek ushbu tushunchalarni bir nechta
talabnoma beruvchilar mavjud bo‘lgan yoki talabnoma beruvchilar barcha ko‘rsatilgan davlatlar
uchun aynan bir xil bo‘lmagan hollarda qo‘llash Yo‘riqnomada aniqlanadi.
10-modda
Qabul qiluvchi idora
Xalqaro talabnoma belgilangan qabul qiluvchi idoraga beriladi, u mazkur talabnomani ushbu
Shartnomada va Yo‘riqnomada nazarda tutilgan tartibda tekshiradi va ko‘rib chiqadi.
11-modda
Xalqaro talabnomani berish sanasi va oqibatlari
(1) Qabul qiluvchi idora, agar xalqaro talabnomani olish chog‘ida idora quyidagi xulosaga
kelsa, xalqaro berilgan sana sifatida xalqaro talabnoma olingan sanani belgilaydi:
(i) talabnoma beruvchi fuqarolik yoki yashash joyi sabablari tufayli mazkur qabul qiluvchi
idoraga xalqaro talabnomani berish huquqidan mutlaq aniqlik bilan mahrum qilinmagan bo‘lsa;
(ii) xalqaro talabnoma belgilangan tilda tuzilgan bo‘lsa;


(iii) xalqaro talabnoma eng kamida quyidagilarni ichiga olsa:
(a) u xalqaro talabnoma sifatida berilayotganligi haqida mulohaza;
(b) eng kamida bitta Ahdlashuvchi davlat ko‘rsatilganligi;
(c) belgilanganidek talabnoma beruvchining nomi;
(d) sirtdan qaralganda ixtiro tavsifi sifatida taqdim etilayotgan qism;
(e) sirtdan qaralganda ixtiro formulasi bandi yoki bandlari sifatida taqdim etilayotgan qism.
(2) (a) Agar qabul qiluvchi idora xalqaro talabnoma uni olish sanasida (1)-bandda sanab
o‘tilgan talablarni qanoatlantirmasligini aniqlasa, mazkur idora talabnoma beruvchiga
Yo‘riqnomada nazarda tutilgani kabi zarur tuzatishlar kiritishni taklif qiladi.
(b) Agar talabnoma beruvchi ushbu talabni Yo‘riqnomaga muvofiq bajarsa, qabul qiluvchi
idora xalqaro berilgan sana sifatida talab qilingan tuzatishlar olingan sanani belgilaydi.
(3) 64(4)-moddada nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olgan holda, (1)-bandning (i) — (iii)
kichik bandlarida sanab o‘tilgan talablarga javob beradigan va o‘ziga nisbatan xalqaro berilgan
sana belgilangan har qanday xalqaro talabnoma har bir ko‘rsatilgan davlatda xalqaro berilgan
sanadan e’tiboran to‘g‘ri rasmiylashtirilgan milliy talabnoma kuchiga ega bo‘ladi, mazkur sana har
bir ko‘rsatilgan davlatda amal qiladigan berilgan sana deb hisoblanadi.
(4) (1)-bandning (i) — (iii) kichik bandlarida sanab o‘tilgan talablarga javob beradigan xalqaro
talabnoma Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasi nuqtai nazaridan to‘g‘ri
rasmiylashtirilgan milliy talabnoma berishga tenglashtiriladi.

Download 194.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling