3-mavzu: Qadimgi Rim ideolgiyasi
o’zining muruvvatliligi, aristokratiya, o’zining donishmandligi, demokratiya
Download 26.93 Kb. Pdf ko'rish
|
3 (2)
o’zining muruvvatliligi, aristokratiya, o’zining donishmandligi, demokratiya
esa o’zining erkinligi bilan bizni o’ziga tortadi” deydi. Biroq, u har uchala davlat boshqaruvi shakllarining qiyinlashuvi, ya’ni aralash boshqaruv shakli eng yaxshi usuldir, degan fikrga kelib, davlat masalalarining bir qismi podshoh tamonidan, bir qismi aristokratiya va yana bir qismi xalq tamonidan xal qilinsa yaanada yaxshiroq bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi. Tsitseron o’zining bu qarashlarini Rim davlatining evalyutsiyasi, deb izoxlaydi. Va unda podshohlik boshqaruvi shaklini Rim kontsullari (magistratlar), aristokratlar xokimiyati-Rim senati vakolatlarida, xalq xokimiyati-xalq yig’ini va xalq tribunlari vakolatidir, deb hisoblaydi. Uning fikricha, Rim davlati boshqaruvi shakli qaysi bir qonunlarda belgilandek maxsus, ayrim odamlar tamonidan o’ylab topilmagan. Balki, ota-bobolar tamonidan qadimdan shakllantirilib kelingan. Tsitseron mamlakat rivojida, uning barqaror yashashida geografik sharoitni o’rni ham beqiyos deb bilgan. Rimni uch tamondan suv bilan tutashganligi uni tashqi tamondan bo’ladigan xujumlardan saqlashga muhim ahamiyat kasb etgan. Gretsiyada bo’layotgan urushlar uning geografik jihatdan qo’lay sharoitda joylashmaganligida, deb hisoblagan. Tsitseron yashayotgan paytda Rimda xokimiyatni yo’lga kiritish uchun turli kuchlarning o’zaro ayovsiz kurashlari avj olgan edi. Buni esa u ko’rmasligi va u haqda o’z fikrini aytmasligi mumkin emas edi. U Rimda senatorlar respublikasi boshqaruvini ilgari surdi. Bu bilan mamlakatda bo’layotgan turli ziddiyatlarni oldini olish mumkin, deb xisoblar edi. Tsitseron qullikni muayyan ma’noda qo’llab-quvvatladi. Uning fikricha, bunday ishlar, ya’ni qullik ayrim odamlar uchun foydali. Qaysi kim bir siqim nohaq odamlar qonunsizlik ishlarini amalga oshirar ekan, xo’rlangan odamlar qullikda yaxshi ahvolda bo’ladilar. U qularga “yollanma” kishilar sifatida munosabatda bo’lishni va ularga nima mumkin bo’lsa shuni berishni ilgari suradi. Tsitseronga tabiiy huquq masalasida Aflotun, Aristotel va stoiklarning ta’siri kuchli bo’lgan. Tabiiy huquq esa o’z-o’zidan adolat so’zini paydo qiladi. Uning fikricha adolat boshqalarga zarar etkazmaslik va begonalar mulkiga xilof ish tutmaslikni talab qiladi. Download 26.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling