ol (u) ö l-(o‘lmoq)
ot (olov) ö t-(o‘tmoq)
oz- (o‘zmoq) ö z (o‘z,jon)
U unlisi lablangan, tor va orqa qator; ü ham lablangan, tor, lekin old qator. Bu unlilarning ham hozirgi holati ö va o unlilariniki singaridir. Qadimgi turkiy tilda ham u va ü alohida fonema hisoblanadi:
tu-(to‘smoq) tü (tuk)
ur-(urmoq) ür-(puflamoq)
uč(uch) ü č(3)
Hozirgi o unlisini qadimgi turkiy tilda a unlisi ifodalagan. Masalan, hozirgi bosh, so‘zi bash, qor so‘zi qar tarzida talaffuz etilgan. E unlisi hozirgidek mustaqil fonema bo‘lmasdan ä ning varianti sifatida talaffuz qilingan: äl – el.
Qadimgi turkiy tilda quyidagi undoshlar amalda bo‘lgan: l, m, n, ŋ, r, b, g, d, z, ğ, y, p, t, s, š, k, q, č
Jarangli: b, (v) g, d, z, ğ
Jarangsizlar: p, t, s, š, k, q, č
Sonorlar: l, m, n, ŋ, r, y
O‘rxun alifbosidagi ayrim harflar tovushlar birikmasini ifodalaydi: nt, nč, lt, mt. Bu birikmalar jarangli va jarangsiz tovushlar birikmasidan iborat: bunday xususiyat uyg‘ur va arab alifbosida uchramaydi. Qadimgi turkiy tilda b, m, p lab undoshlari mavjud. Sirg‘aluvchi lab undoshi f yo‘q. O‘rxun yozuvida v uchun maxsus harf kuzatilmaydi. Uning o‘rnida b ni bildiruvchi harf ishlatiladi. Uyg‘ur yozuvida esa v uchun maxsus harf bor. Qadimgi turkiy tilda bo‘g‘iz undoshi h va til orqa x , sirg‘aluvchi j undoshi mavjud bo‘lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |