3-mavzu: Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari Reja
Download 493.67 Kb.
|
3-mavzu Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari Reja
Jarangli undoshlar
B undoshi lab-lab, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh bo‘lib, so‘z boshi, o‘rtasi, oxirida uchraydi: bu, yabğu (amir), sab (so‘z). O‘rxun-yenisey manbalarida tanglay uyg‘unligiga asosan qattiq va yumshoq aytiluvchi so‘zlarda alohida-alohida belgilar bilan berilgan. Uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda be ب orqali ifodalangan. Qadimgi b hozirda ba’zi so‘zlarning boshida m ga aylangan: buŋ– muŋ (qayg‘u). Bu jarayon qadimgi turkiy til davridan ilgariroq boshlangan, chunki qadimgi yodnomalarda ikki fonema paralel ishlatiladi: bän - män (men). Qadimgi b bugungi kunda ko‘p so‘zlar o‘rtasi va oxirida v ga aylangan: sub – suv, ab – ov, qaba - qama. V undoshi faqat X asrga oid uyg‘ur yodnomalarida bor. Mazkur jarangli tovush so‘z o‘rtasi va oxirida o‘rxun yodnomalaridagi b o‘rnida uchraydi: sav “so‘z” (Oltun yorug‘) äv “uy” (Turfon matnlari). Uyg‘ur yozuvida maxsus belgi bilan, arab yozuvida vovو orqali beriladi. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, turkiy xalqlarda v undoshining talaffuzi ikki xil bo‘lgan. O‘g‘uzlar uni lab-lab, boshqa turk qabilalari lab-tish tarzida talaffuz qilishgan3. G o‘rxun-yenisey hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda gofگ orqali berilgan. Bu jarangli, sayoz til orqa, sirg‘aluvchi tovush sonor, jarangli, jarangsiz undoshlar hamda orqa qator unlilar bilan birga keladi. Qadimgi turkiy tilda yumshoq talaffuz qilinuvchi so‘zlarning o‘rtasi va oxirida ifodalanadi: ögüz “dayo” (To‘n), körüg “kuzatuvchi” (To‘n), ülüg “hissa, qism” (To‘n), bögü “dono, oqil” (KT). D undoshi o‘rxun-yenisey yozuvida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda dolد yordamida berilgan. Bu jarangli, portlovchi tovush so‘z o‘rtasi va oxirida uchraydi: bodun “xalq” (To‘n), öd “vaqt, zamon” (KT). Download 493.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling