Z undoshi o‘rxun-yenisey yozuvida maxsus belgi orqali ifodalangan. Jarangli, sirg‘aluvchi tovush turkiy so‘zlarning o‘rtasi va oxirida mavjud: üzä “yuqorida” (KT), qïz oğlum “qiz bolam” (E), yazï “dasht, tekislik” (To‘n), qaz “g‘oz” (Oltun yorug‘).
Ğ undoshi undoshi o‘rxun-yenisey hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda g‘ayn غ bilan berilgan. Bu jarangli, chuqur til orqa, sirg‘aluvchi tovush sonor, jarangli, jarangsiz undoshlar hamda orqa qator unlilar bilan yonma-yon keladi: qağan “xoqon” (KT), yadağ “yayov”(To‘n), sïğta “yig‘la” (Oltun yorug‘), oğuz bodun “o‘g‘uz xalqi” (To‘n).
Jarangsiz undoshlar
P undoshi o‘rxun hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda peپ harfi orqali ifodalangan. Bu jarangsiz, portlovchi lab-lab tovush hamma holatlarda uchraydi: apa “opa” (Ungin), alp “alp, pahlavon” (To‘n), push- “achchiqlan” (Oltun yorug‘).
T undoshi o‘rxun-yenisey manbalarida qattiq va yumsshoq aytiluvchi so‘zlarda alohida-alohida belgilar bilan berilgan, uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi asarlarda esa teت ayrim hollarda itqi ط orqali ifodalangan. Ushbu jarangsiz portlovchi tovush so‘z boshi, o‘rtasi, oxirida uchraydi, jarangli tovushlar hamda sonorlar bilan yondosh kelishi xarakterlidir: lt, nt, rt, mt, td, tl, tm kabi. Tört “to‘rt” (KT), kün toğsuq “Sharq” (O‘ngin), kün batsïq “G‘arb” (O‘ngin), türk “turk, etnos oti” (KT).
S undoshi til oldi-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema bo‘lib, o‘rxun-yenisey manbalarida qalin (velyar) va ingichka (palatal), uyg‘ur yozuvida maxsus harflar orqali ifodalangan, arab yozuvidagi asarlarda esa sin سharfi yordamida yozilgan: asra “pastda, quyida” (KT), tabïsğan “tovushqon, quyon” (To‘n), sü “qo‘shin” (KT), säkiz “sakkiz” (E).
Do'stlaringiz bilan baham: |