3-Mavzu: qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so‘z va iboralar
Shakar sifatiga qо‘yiladigan talablar
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ma\'ruza (3)
Shakar sifatiga qо‘yiladigan talablar.
Shakar - kristall ko‘rinishdagi saxaroza qisoblanadi. GOST-21 talablariga asosan, shakar oq rangli yaltiroq, shirin ta’mli, begona ta’msiz va hidsiz bo‘lishi, suvda yaxshi erishi, bunda eritma tiniq, kristallari o‘lchamlari 0,2 dan 2,5 mm. gacha bir xil tuzilishli, aniq qirrali, sochiluvchan, yopishmaydigan bo‘lishi kerak. Saxarozada namlik miqdori 0,15 % dan oshmasligi kerak. Shakar quruq moddalarning kamida 99,75 % saxarozadan iborat (sanoat uchun qayta ishlanadigan shakar uchun 99,55 % bo‘lishi ruxsat etiladi). Shakar eritmalarining ranggi maxsus asbobda aniqlanadi va 1 shartli birlikdan oshmasligi kerak. Eng katta o‘lchami 0,33 mm bo‘lgan metall aralashmalar 1 kg shakarda 3 mg. dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Shakar tarkibida saxaroza tutgan ko‘pgina sabzavot, meva va texnik ekinlardan ajratib olinadi. Sanoatda shakar ishlab chiqarishda asosan qand lavlagi va shakarqamishdan xom ashyo sifatida foydalaniladi. Mamlakatimizda qand lavlagidan shakar ishlab chiqariladi. Qand lavlagi (Beta vulgaris) ikki yillik ildizmevali texnik ekin hisoblanadi. Birinchi yili bargli, kuchli tomirlangan yirik ildizpoya beradi. Ikkinchi yili baland bо‘yli gulpoya chiqaradi va gullab, urug beradi. Xom ashyo sifatida uning bio yillik ildizmevalari ishlatiladi. Qand lavlagi ildizmevalarida о‘rta hisobda 14-21 % qand bо‘ladi. Qayta ishlashga soglom va turgor holatdagi mevalar topshiriladi. Ildizmevalardagi nuqsonlar kondisiyali meyorlardan oshib ketmasligi kerak. Respublikamizning bir qator mintaqalarida shakar ishlab chiqarish korxonalarini vujudga keltirish uchun qand lavlagi ekiladigan maydonlar kengaytirilmokda. qand lavlagi tarkibi 75% suv va 25% quruq moddalardan iborat. Ildizmevasida saxarozaning о‘rtacha mikdori 17,5% ni tashkil etadi. Saxarozaning mikdori qand lavlagining naviga, yetishtirish, yig‘ib olish va saqlash sharoitlariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liq bо‘ladi. Qand lavlagi tarkibidagi erimaydigan organik moddalarga: gelisellyuloza - 1,3 %, pektin modsalar - 2,4 % kiradi; azotli organik moddalarga: oqsil - 0,7 %, beatin - 0,2 %, aminokislotalar - 0,2 %, azotsiz organik moddalarga: invert shakari - 0,12 %, organik kislotalar - 0,50 %; mineral moddalarga: K2O-0,20 %, SaO-0,07 %, Na2O-0,04 %, R2O5-0,07 % va boshqalar kiradi. Qand lavlagi shakar ishlab chiqarish korxonaga gidravlik transport yordamida keltiriladi. Yо‘l-yо‘lakay u qisman begona aralashmalardan tozalanadi. Uni batamom tozalash yuvish bо‘limida amalga oshiriladi. Keyin lavlagi mayin qipiq shaklida kesiladi va diffuznoy sharbat olish uchun (qandni suv bilan ajratish) yuboriladi. Diffuzion sharbatga shakar bilan birga kо‘pgina suvda eruvchi moddalar о‘tadi. Shuning uchun diffuznom sharbat qoramtir rangga ega. Sharbat bir necha bosqichda tozalanadi. Defekasiya bosqichida (ohak suti bilan ishlov berish) ko‘pgina moddalar koagulyasiyalanadi va cho‘kmaga tushadi. Saturasiya (karbonat angidrid bilan ishlov berish) bosqichida ortiqcha ohak mayda kristalli kalsiy karbonat kо‘rinishida ajratiladi va sharbat filtrlanadi. Buning natijasida sharbatning qо‘shimcha tozalanishiga erishiladi. Filtrlanishdan keyin sharbatga oltingugurt ikki oksidi bilan ishlov beriladi (sulfitasiya). Bunda sharbat bug‘latiladi, qо‘shimcha tozalanadi va rangsizlanadi. Tozalangan sharbat bug‘latiladi, qо‘shimcha tozalanadi va undan turli о‘lchamlarga ega bо‘lgan shakar kristallari olinadi. Shakar sentrafugada kristallararo suyukdikdan ajratiladi. Bir vaqtning О‘zida kristallar issiq suv bilan yuviladi va kuritiladi. Metall aralashmalardan ohangrabo separatori yordamida tozalangandan sо‘ng shakar joylashga uzatiladi. Ishlab chiqarilgan shakar sifatiga quyidagi talablar kо‘yiladi: * shakar shirin ta’mli, begona ta’mlarsiz bо‘lishi kerak; * shakarda begona hidlar bо‘lishiga ruxsat etilmaydi; * suvda eritilganda tо‘liq erishi kerak; * eritma tiniq va unda hech qanday chо‘kmalar hosil bо‘lmasligi kerak * shakarning rangi oq, yaltiroq boshqa ranglarsiz, rafinad shakarlar bilinar- bilinmas och havo rangda tovlanib turadi; * quruq modda mikdori shakarlarda 99,75 %, rafinadlarda 99,9 % dan kam bо‘lmasligi kerak; * kristallari 0,2-2,5 mm gacha, ammo bir xil kattalikda bо‘lishi kerak; * shakar sochiluvchan, ya’ni kristallari bir-biriga yopishib qolmagan bо‘lishi kerak. Shakar namlikni, begona hid va ta’mlarni о‘ziga tez qabul qilib olish xususiyatiga ega. Shuning uchun uni sakdashda va tashishda bularni hisobga olish zarur. Shakarni saqlashda havoning nisbiy namligi 70 % dan oshmasligi lozim, aks holda shakar donachalari bir-biriga yopishib, uning sochiluvchanligi yо‘qoladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling