№3 Mavzu: Ruda konlarida asosiy ishlab chiqarish jarayonlari. Rudani ikkilamchi maydalash, blokdan tushurish va tashish gorizontiga yetkazib berish Reja


Yumshoq rudalarni qazib olishda qо‘llaniladigan asosiy uskunalar


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana06.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1335951
1   2   3   4
Bog'liq
3-maruza

Yumshoq rudalarni qazib olishda qо‘llaniladigan asosiy uskunalar: 
turli tipdagi о‘tuvchi–qazib oluvchi kombaynlar. Ular bir vaqtning о‘zida 
rudani massivdan ajratish va yuklash ishlarini bajarishining hisobiga о‘zi yurar 
vagonetkalar bilan birgalikda bunkyerli qayta yuklash majmuini tashkil qiladi 
(misol uchun kaliy tuzini qazib olishda). Bunday kombaynlarda kov joy 
konveyrining uzunligini о‘zgartirish bilan ham yuqoridagi ishlarni kompleks 
ravishda olib borish mumkin (marganets rdsini qazib olishda). Ular ishchi organlari 
bо‘yicha rotorli, diskli, barabanli, shnekli va boshqa turlari mavjud; 
–mexanizatsiyalashgan majmualar. Ularning tarkibiga mexanizatsiyalashgan 
mustaxkamlagichlar, kombayn va skrepyerli konveyerlar kiradi. Qazib olish joylari 
uzun bо‘lganda mexanizatsiyalashgan majmualar qо‘llaniladi. Kombayn qazib 
olish joy uzunligi bо‘yicha xarakatlanib, ruda qatlamini yoppasiga qazib oladi va 
uni konveyerga yuklaydi. Xar bir qatlam Shu tarzda qazib olingandan keyin 
mexanizatsiyalashgan mustaxkamlagich konveyeri orqasidan ayrim qismlar bilan 
siljitiladi va qazib olish joyining shipi mustaxkamlagich orqasidan qulatiladi. 
Rudani yetkazish– bu rudani qazib olish bloki chegarasida, massivdan 
ajratilgan joydan asosiy tashish vositalariga yuklash joyigacha olib borilshidir. 
Rudani qazib olish uchun sarflanadigan matyerial va mexnat sarfining 30–50% 
ulishi Shu jarayondagi xarajatalrga tо‘g‘ri keladi. Rudani yetkazish unumdorligi 
odatda qazib olish ishlarining jadalligini ifodalaydi. Shuning uchun bu jarayon 
mexanizatsiyasi va texnologiyasidan eng kam xarajat va yuqori unumdorlikni talab 
qiladi. 
Rudani yetkazish jarayoni qazib olishning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlariga, 
rudani qabul qiluvchi asosiy gorizont laximlarida tog‘ bosimining namoyon bо‘lish 
darajasiga, ruda yо‘qotilish va sifatsizlanish darajasiga о‘z tasirini kо‘rsatadi. 
Rudani yetkazish–birlamchi va ikkilamchi turlarga bо‘linadi. Rudani birlamchi 
yetkazish–bu rudani massivdan ajratgan joyidan rudani yuklash joyigacha olib 
borish bо‘lsa, ikkilamchi yetkazish esa ruda yig‘ish laximlari bо‘ylab xarakati. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling