№3 Mavzu: Ruda konlarida asosiy ishlab chiqarish jarayonlari. Rudani ikkilamchi maydalash, blokdan tushurish va tashish gorizontiga yetkazib berish Reja
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
3-maruza
Rudani yetkazish usullari
Foydali qazilmalarni massivdan mexanik usulda ajratish deb xar xil mexanizmlar va mexanik asboblar yordamida foydali qazilmalarni massivdan ajratishga aytiladi. Ajratishning bu usuli mashinalar va kichik hajmda ajratuvchi bolg‘alar bilan bajariladi. Yumshoq (chegaraviy maxkamligi <60 MPa) foydali qazilmalarni qazib olishda mexanik ajratish keng tarqalgan. Bu usul bilan marganets rudalari, kaliy va tosh tuzlari, xamda barcha tabiiy arralangan toshlar qazib olinadi. Zamonaviy kombayn va majmualar qiyaligi 15 gradusgacha bо‘lgan qiyalikda ishlay oladi. Agarda bu mashinalar ishchi barabanining qazish balandligi qatlam qalinligidan kichik bо‘lsa ikki-uch qatlamlab qazish tartibi (agar qatlam qalinligi 6 m bо‘lsa 3 m dan 2 ta qatlamga ajratib qazib olish) amalga oshiriladi (3.2-rasm). 3.2- rasm. Dexqonobod kaliy Shaxtasida kaliy yotqizig‘iini qatlamlab qazib olish tartibi. Rudani mexanik usulda ajratishning tasnifi quyidagicha: –rudani kon kombaynlari va majmualari bilan massivdan ajratish; –rudani о‘yib oluvchi mashinalar bilan massivdan ajratish; –rudani arralash yо‘li bilan massivdan ajratish; –rudani portlatmasdan burg‘ilab buzish yо‘li bilan massivdan ajratish. Foydali qazilmalarni mexanik usulda massivdan ajratishda kon kombaynlari va majmualarining xissasi yuqori bо‘lib, asosan marganets va kaliy qazib oluvchi Shaxtalarda qо‘llaniladi. О‘yib oluvchi mashinalar kamdan-kam holatlarda ishlatilib, asosan yordamchi jarayonlar uchun foydalaniladi. Rudani arralash va arralab yemirish о‘ziga hos sharoitlarda qо‘llanilsa, burg‘ilab yemirishdan esa faqat juda yupqa ruda tanalarini qazib olish uchun foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling