Yumshoq rudalarni qazib olishda qо‘llaniladigan asosiy uskunalar:
–turli tipdagi о‘tuvchi–qazib oluvchi kombaynlar. Ular bir vaqtning о‘zida
rudani massivdan ajratish va yuklash ishlarini bajarishining hisobiga о‘zi yurar
vagonetkalar bilan birgalikda bunkyerli qayta yuklash majmuini tashkil qiladi
(misol uchun kaliy tuzini qazib olishda). Bunday kombaynlarda kov joy
konveyrining uzunligini о‘zgartirish bilan ham yuqoridagi ishlarni kompleks
ravishda olib borish mumkin (marganets rdsini qazib olishda). Ular ishchi organlari
bо‘yicha rotorli, diskli, barabanli, shnekli va boshqa turlari mavjud;
–mexanizatsiyalashgan majmualar. Ularning tarkibiga mexanizatsiyalashgan
mustaxkamlagichlar, kombayn va skrepyerli konveyerlar kiradi. Qazib olish joylari
uzun bо‘lganda mexanizatsiyalashgan majmualar qо‘llaniladi. Kombayn qazib
olish joy uzunligi bо‘yicha xarakatlanib, ruda qatlamini yoppasiga qazib oladi va
uni konveyerga yuklaydi. Xar bir qatlam Shu tarzda qazib olingandan keyin
mexanizatsiyalashgan mustaxkamlagich konveyeri orqasidan ayrim qismlar bilan
siljitiladi va qazib olish joyining shipi mustaxkamlagich orqasidan qulatiladi.
Rudani yetkazish– bu rudani qazib olish bloki chegarasida, massivdan
ajratilgan joydan asosiy tashish vositalariga yuklash joyigacha olib borilshidir.
Rudani qazib olish uchun sarflanadigan matyerial va mexnat sarfining 30–50%
ulishi Shu jarayondagi xarajatalrga tо‘g‘ri keladi. Rudani yetkazish unumdorligi
odatda qazib olish ishlarining jadalligini ifodalaydi. Shuning uchun bu jarayon
mexanizatsiyasi va texnologiyasidan eng kam xarajat va yuqori unumdorlikni talab
qiladi.
Rudani yetkazish jarayoni qazib olishning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlariga,
rudani qabul qiluvchi asosiy gorizont laximlarida tog‘ bosimining namoyon bо‘lish
darajasiga, ruda yо‘qotilish va sifatsizlanish darajasiga о‘z tasirini kо‘rsatadi.
Rudani yetkazish–birlamchi va ikkilamchi turlarga bо‘linadi. Rudani birlamchi
yetkazish–bu rudani massivdan ajratgan joyidan rudani yuklash joyigacha olib
borish bо‘lsa, ikkilamchi yetkazish esa ruda yig‘ish laximlari bо‘ylab xarakati.
Do'stlaringiz bilan baham: |